Tajriba qurilmasi
Tekshiriluvchi M qattiq jism metall bug’ qizdirgichga joylashtiriladi. Jism bug’latgich dan kelayotgan suv bug’lari hisobiga qizdiriladi. Bug’ isitgich va bug’lagich o’zaro rezina nay orqali tutashtiriladi. Bug’ isitgich ikki o’zaro konsentrik bir-biri ichiga metall silindir idishlaridan iborat (1–rasm).
1–rasm
Tekshirilayotgan jism isitgichning ichki silindriga uning pastki qismida mavjud bo’lgan teshik moslama orqali joylashtiriladi. Ichki silindrning bu pastki qismi dumaloq disk yordamida tashqi atmosferadan ajratilgan bo’lib, u bug’ isitgich yuqori qismga o’rnatilgan prujinali dastak yordamida ochilish imkoniga ega. Kalorimetr ikki jezdan yasalgan silindrsimon idishlardan tashkil topgan. Ichki idish tashqi idish asosiga joylashtirilgan issiqlik o’tkazmaydigan moddadan yasalgan konussimon taglikka o’rnatiladi. Butun o’lchashlar davomida termometr va aralashtirgich (yoki qorgich) ichki idish ichiga joylashgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |