3–Laboratoriya isHi Qattiq jismlarning issiqlik sig‘imini topish Kerakli asboblar


O’lchashlar va natijalarni qayta ishlash


Download 57.04 Kb.
bet4/4
Sana02.01.2022
Hajmi57.04 Kb.
#190492
1   2   3   4
Bog'liq
3-labaratoriya

O’lchashlar va natijalarni qayta ishlash

Tajriba uchta metall qotishma namunalari alyuminiy, temir va jezda o’tkaziladi. Namuna silindir shakliga ega bo’ladi.



Ishni bajarish tartibi

1.Tekshirilayotgan qattiq jismlar massalari () texnik tarozida tortiladi.

2.Kalorimetr ichki idishga qorgich bilan birgalikda () o`lchanadi.

3.So`ngra idishga suv quyilib suvli idish massasi () o`lchanadi. Bu ikki o`lchashlar orasidagi farq idishga solingan suv maassi m2 ni beradi. 1 va 2 bandlardab keltirilgan o`lchashlar kamida 3 marotabadan amalga oshirilishi kerak.

4.Kalorimetrdagi suvga termometr joylashtirilib suv va kalorimetrning dastlabki (boshlang`ich) temperaturalari o`lchanadi.

5.Bug` isitgich ichiga tekshirilayotgan qattiq jism o`rnatiladi. Bug`latgich elektr manbaga ulanadi. Suv bug`latgichdagi suv qaynagandan so`ng, suv bug`i namuna joylashtirilgan bug` isitgichga yuboriladi va 20 va 25 min davomida kutiladi. Bu vaqt davomida jism temperaturasi temperaturani bug` isitgich ichiga joylashtirilgan termometr yordamida o’lchanadi.

6.Bug` isitgich ust qismiga joylashtirilgan dastakni pastga bosib isitgich quyi qismi ochiladi va qattiq jism kalorimetrga tushiriladi. Bu vaqtda suvning kalorimetrda sachrab ketmasligiga diqqat qilish kerak. Qorgich yordamida kalorimetrdagi suv aralashtiriladi va termometr ko`rsatgichi kuzatiladi. Termometr eng katta ko`rsatgich qiymati yozib olinadi.

7. 2, 3, 4 va 5 bandlarda ko`rsatilgan o’lchashlar har bir metall turi bilan kamida uch martadan amalga oshiriladi. Olingan natijalar 1–jadvalga yoziladi. Bunday jadval har bir tekshirilayotgan qattiq jism uchun alohida tuziladi.

8.Jadval natijalari asosida (20.7) formuladan foydalanib tekshirilayotgan jismlar solishtirma issiqlik sig’imlari va (20.2) formula yordamida molyar issiqlik sig’imlari hisoblab topiladi. Tajriba natijalarini nazariy hisoblashlar bilan mosligi solishtiriladi va tahlil qilinadi. (20.10) ifoda yordamida tizimning bir holatdan ikkinchi holatga o’tishidagi entropiya o’zgarishi tajribadan olingan natijalar yordamida aniqlanadi.

9.Bu usuldagi hisoblashlar xatoliklari quyidagi ifodadan aniqlanadi;



Bu yerda c1 va c2 larning xatoliklari hisobga olingan. Bunga sabab, bu xatoliklar etarli jarajadagi aniqliklar bilan adabiyotlarda keltirilgan deb hisoblash mumkin. Har bir jism uchun solishtirma issiqlik sig’imlari qiymatlari quyidagi ko’rinishda taqdim etiladi:





Laboratoriya ishi bo`yicha savollar

1.Issiqlik sig`imi va solishtirma issiqlik sig`imiga ta`rif bering.

2.Issiqlik sig`imi va solishtirma issiqlik sig`imlari qanday birliklarda o`lchanadi?

3.Qattiq jismlar issiqlik sig`imi temperaturaga qanday bog`langan ?

4.Jismlar issiqlik sig`imiga va lar qiymatlari ta`sir qiladimi?

5.Erkinlik darajasi nima?

6.Tekis taqsimlanish qonunini tushuntiring?

7.Ushbu tizimga kirgan jismlar uchun hisoblangan entropiyalar asosida qanday xulosa



qilish mumkin?
Download 57.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling