3Mavzu: Didaktik prinsiplar. Ko`rsatmalilik prinspining mazmuni va mohiyati
Download 69.01 Kb.
|
3Mavzu1
didaktik maqsad o’yinli vazifa shaklida qo’yiladi;
o’quv faoliyati o’yin qoidalariga bo’ysunadi; o’quv materialidan o’yin vositasi sifatida foydalaniladi; o’quv jarayoniga didaktik vazifa o’yinga aylantirilgan tarzda musobaqalashish unsurlari kiritiladi; didaktik vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi o’yin natijalari bilan bog`lanadi. O’yin–faoliyatning bir turi bo’lib, ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirish va bunyod etishga, o’z xatti-harakatlarini takomillashtirishga qaratilgan bo’ladi. O’yinlarning maqsadi, vazifasi va qo’llanilishi har xil va rang-barangdir. O’yin ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirish va qayta yaratishga yo’nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o’z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi. D.N.Uznadzening ta`rificha, o’yin shaxsga xos bo’lgan ichki psixik (ruhiy) xulqi shaklidir. L.S.Vigodskiy o’yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o’zlashtirish vositasi sifatida ta`riflaydi. A.N.Leontev o’yinga shaxsning xayolotdagi amalga oshirib bo’lmaydigan qiziqishlari (manfaatlari)ni xayolan amalga oshirishdagi erkinligi sifatida qaraydi. Amerikalik faylasuf, psixolog va pedagog Jon Dyui 1885 yil CHikago shahrida amaliy mashg`ulotlar asosiy xususiyatlari hisoblangan “faoliyat orqali o’qitish” kontseptsiyasiga asoslangan eksperimental maktabga asos soldi. Bu tizimning asosiy tamoyillari quyidagilardir: *o’quvchilar qiziqishini e`tiborga olish; *faoliyat orqali o’qish (fikr va harakat ta`limi); *bilish va bilim – qiyinchiliklarini engish natijasida; *erkin ijodiy ish va hamkorlik. SHu asnoda muallif o’quvchini qiziqishi, harakati, erkin ijodiy ish bajarish orqali dars mashg`ulotlarini o’zlashtirishlari mumkinligini e`tiborga olgan. Bu borada o’zbek metodist-olimlaridan professorlar E.Ro’ziev, T.Rixsiboev, dotsentlar I.Rahmonov, M.SH.Isaeva, A.Abdurahmonov, A.Ashirboev, katta o’qituvchilar L.A.Kuzina, Z.Mirzaliev va boshqalar ko’pgina izlanishlar olib borgan bo’lsalar, birinchilardan bo’lib dotsent I.Rahmonov muallifligidagi “CHizmachilikdan didaktik o’yinlar” nomli kitobida ta`lim jarayonida foydalanishga mo’ljallangan bir necha didaktik o’yinlarni keltirib o’tgan. Bu kitob hanuzgacha o’z qimmatini yo’qotmagan va ta`lim muassasalarida ta`lim jarayoniga tadbiq qilinib kelinmoqda. Hozirgi kunda bilim berish texnologiyalarining uzluksiz ortib borishi bilan o’quvchilarda o’qishga nisbatan munosabatlari o’zgarib, bu bilimlarning barchasini o’zlashtirib olish imkoniyatini kamaytirmoqda. O’quvchilarning o’qishga nisbatan qiziqishlarini oshirish uchun ularga mavjud bilimlardan foydalanish, ularni fazoviy tassavurini oshirish uchun mavjud bilimlarni qayta tiklash strategiyasini o’rgatish maqsadga muvofiqdir. Umuman o’yin yosh tanlamaydi, o’yinni go’dak boladan tortib mo’ysafidlargacha o’ynashi mumkin. Lekin odamlar o’z yoshiga mos o’yinlarnigina o’ynaydilar. Psixologlar ta`kidlashicha, o’yinga kirishib ketish qobiliyati kishi yoshiga bog`liq emas, lekin har bir yoshdagi shaxs uchun o’yin o’ziga xos bo’ladi. Masalan, yosh o’quvchilar harakatli, ijodiy xarakterdagi o’yinlarga, katta yoshdagilar esa, ko’proq aqliy faoliyatni talab qiladigan o’yinlarga moyilligi kuchli bo’ladi. Har bir o’yin halq pedagogikasini mahsuli hisoblanib, o’qituvchilar ham dars jarayonida ushbu o’yinlarning ba`zi elementlaridan samarali foydalanishlari mumkindir. Bular, didaktik o’yinlar tarkibiga kiruvchi xarakatli, ijodiy, syujetli-rolli, ishbilarmonlar o’yinlari, konferentsiyalar, o’yin-mashqlar va boshqalardir. Bu nomlari keltirilgan o’yinlar jamoaviy o’yinlar, yakka tartibdagi o’yinlar va shu bilan birga o’quv materialini o’zlashtirishga mo’ljallangan o’yinlar ham bo’ladi. Ularga ta`lim beruvchi o’yinlar, bilimni aniqlashga mo’ljallangan o’yinlar, olgan bilim va malakani mustahkamlashga mo’ljallangan o’yinlar, ijodiy xarakterdagi o’yinlar va boshqalarga bo’linadi. CHizmachilik darslarida ijodiy xarakterdagi o’yinlarni qo’llash va o’tkazish katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Bunday o’yinlarning asosiy maqsadi va vazifasi o’quvchilar fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish va faollashtirishdan iboratdir. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilar chizmachilikning grafika sohasiga jiddiy e`tibor berib, chizmani o’qishga kam e`tibor qaratmoqdalar. SHuning uchun chizmachilik darslarining yarimidan ko’p vaqti grafik ishlarni bajarish bilan o’tmoqda. Psixologik nuqtai nazaridan xadeb bir hil ishni bajarish insonning miyasiga salbiy ta`sir qiladi va charchashni keltirib chiqaradi. Amaliyotda shuni kuzatish mumkinki, o’quvchilar bir darsning dastlabki 10-15 daqiqasida 10ta so’zdan 9tasini eslab qolishini, ya`ni 90% o’zlashtirishini, keyingi 5 daqiqada yangi bilimlar ololmasligi va eski bilimlar bilan ishlashini, navbatdagi 20-25 daqiqasida 10ta so’zdan 6tasini esda saqlashini, ya`ni 60% o’zlashtirishi aniqlangan. Ana shu izlanishlar natijalariga ko’ra chizmachilikdan ijodiy o’yinlarni darsning 15-20 daqiqasidan keyin 5-6 daqiqa o’quvchilarning ishini almashtirish va faollashtirish hamda o’tilayotgan mavzuga e`tiborni qaratish maqsadida o’tkazish mumkin. O’yinlarda sho’xlik qilish, ortiqcha hayajonlanish o’quvchilar uchun tabiiy xoldir. Sababi, o’quvchilar o’yinlarda o’zlarini erkin tutadi va o’zlariga juda yuqori talablarni qo’yadilar, qiyin vaziyatlardan o’zlaricha chiqishga harakat qiladilar. SHunda, o’zicha xarakat qilgan, o’ziga ishongan o’quvchilar har qanday qiyinchilikni, mushkullikni engishga qodir bo’ladi. SHuning uchun ular chizmachilik darslarida ijodiy o’yinlar o’tkazilayotganda chizmalardagi tasvirlar yoki model yaqqol tasvirlarini yuzaki idrok qilib, boshqa kundalik maishiy ro’zg`or buyumlariga o’xshatishlari tabiiydir. O’quvchilarning bu xususiyatlaridan foydalanish maqsadida model yoki detallarni hayotdagi narsalarga taqqoslash orqali ularning mustahkam idrok qilishga erishish kerak. SHundagina ularni fazoviy tasavvurini oshirishga erishish mumkin bo’ladi. Quyida chizmachilik fanining proektsion chizmachilik bo’limiga tegishli mavzularni o’qitish jarayonida qo’llaniladigan ijodiy o’yinlar keltirilgan. Download 69.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling