3Mavzu: Didaktik prinsiplar. Ko`rsatmalilik prinspining mazmuni va mohiyati


Download 69.01 Kb.
bet5/5
Sana24.12.2022
Hajmi69.01 Kb.
#1060028
1   2   3   4   5
Bog'liq
3Mavzu1

1-o’yin nomi: Zukko o’quvchi.

O’yin sharti: Berilgan ko’rinishlarga mos yaqqol tasvirni topish orqali yashirin so’zni aniqlash.
Maqsad: O’quvchilarni chizmani o’qish malakasi va fazoviy tasavvurini oshirish, ko’rinishlarni tahlil qilish va yaqqol tasvir bilan qiyoslashga o’rgatish.
Jihozlar: Raqamlangan detal ko’rinishlari tasvirlangan kartochkalar. Detal ko’rinishiga mos texnik rasmlari hamda gap bo’lagi yashiringan kartochkalar.
O’yin tafsiloti: O’qituvchi guruhni ikkiga bo’ladi. Har bir guruhga tartib raqami qo’yilgan detal ko’rinishlari kartochkalari hamda unga mos bo’lgan detal texnik rasmlari va gap bo’lagi alfavit tartibida belgilangan holda tarqatiladi. O’quvchilar belgilangan vaqt ichida detal ko’rinishiga mos yaqqol tasvirlarni to’g`ri aniqlasalar, frantsuz olimi G.Monjning CHizmachilik faniga oid aytgan so’zini bilib olishlari mumkin.
2-o’yin nomi: O’yla, izla, top.
O’yin sharti: Berilgan ko’rinishlarga mos yaqqol tasvirni yasash. 3- chizma.
Maqsad: O’quvchilarni chizmani o’qish malakasi va fazoviy tasavvurini va ijodiy faolligini oshirish.
Jihozlar: Ikkitadan ko’rinishi berilgan (V va H ko’rinish) taxta (doska), namuna, chizmachilik o’quv qurollari.
O’yin tafsiloti: O’qituvchi guruhni ikkiga bo’ladi. Har bir guruhga modelning ikki ko’rinishi (V va H ko’rinish) berilgan taxta (doska) beriladi. Har ikkala guruh belgilangan vaqtda 8 vertikal va 8 gorizontal kataklardagi model ko’rinishlariga mos bo’lgan yaqqol tasvirlarini bajarishlari mumkin bo’ladi.
Maqsad: O’quvchilarni chizmani o’qish malakasi va fazoviy tasavvurini oshirish, ko’rinishlarni tahlil qilish va yaqqol tasvir bilan qiyoslashga o’rgatish.
Jihozlar: Raqamlangan modelning yaqqol tasvirlangan kartochkalari. Modelning yaqqol tasviriga mos uning ko’rinishlari tasvirlangan kartochkalar.
O’yin tafsiloti: O’qituvchi guruhni ikki yoki uchga bo’ladi. Har bir guruhga tartib raqami qo’yilgan modelning yaqqol tasviri ko’rinishlari kartochkalari hamda unga mos bo’lgan model ko’rinishlari tasvirlangan kartochkalar tarqatiladi. O’quvchilar belgilangan vaqt ichida modelning yaqqol tasviriga mos uning ko’rinishlarini belgilashi talab etiladi.
Biz yuqorida aytib o’tgan ijodiy o’yinlarni nafaqat maktab chizmachiligi darslarida, balki kasb-hunar kollejlari chizmachilik darslarida tadbig`i, fanni takomillashuviga, dars samaradorligini oshirishga yordam beribgina qolmay, o’quvchilarning fazoviy tasavvurini va chizmachilik faniga bo’lgan qiziqishini oshiradi. Asosiysi, o’quvchilarning barcha imkoniyatlarini, amaliy ko’nikma va malakalarini rivojlantirishda o’zini ijobiy ta`sirini ko’rsatadi. CHunki, ijodiy o’yinlar boshqa metodlardan shunisi bilan ajralib turadiki, bunda o’quvchi jamoa bilan ishlaydi, guruhda baho uchun raqobat kuchayadi, erkin fikrlashga o’rganadi.



Download 69.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling