3mavzu Ta’lim mazmuni


Download 0.82 Mb.
bet3/3
Sana04.11.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1748046
1   2   3
Bog'liq
3mavzu

3.Davlat ta’lim standartlari.
Ta’limni standartlashtirish-insoniyatning ijtimoiy ongida ro‘y bergan tub o‘zgarishlar tufayli kelib chiqqan zaruratdir. Chunki, axborotlar almashinuvi maksimal chegaraga yetgan davrimizda dunyoning bir burchagida yashayotgan kishi ikkinchi qutbda sodir bo‘layotgan voqealarni bilibgina qolmay, ularning ne boisdan aynan shu tarzda ro‘y berganini anglashi va his qilishi zarurdir. Bir sayyorada bir vaqtda yashab turib, bir-birini tushunmaslik ba’zan insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun ham iqtisodiy axvoli va taraqqiyot darajasi turlicha bo‘lgan davlatlarda yashovchi barcha kishilarning fikrlash darajasini iloji boricha bir xil holatga keltirish extiyoji paydo bo‘ldi. Bu holat ta’lim standartlari deb atalmish tushunchani yuzaga chiqardi. Standart ta’limda yaratilgan me’yoriy reja, dastur, darsliklarni o‘zlashtirish ekvivalenti, ya’ni ta’lim mazmunini o‘zlashtirish darajasidir. Standartni ishlab chiqishda o‘quvchini haddan tashqari zo‘riqtirib yubormaslik talablariga rioya qilish, ya’ni u o‘quvchi yoshiga mos, uni o‘zlashtirishga qurbi etadigan darajada bo‘lishi kerak. Bunda albatta, ta’lim oluvchining qiziqishi, xoxishi, extiyoji hisobga olinishi lozim. Ta’lim standartlarini o‘zlashtirishda shaxsga muhim ahamiyat berilishi, unga yakka tartibda yondashilishi maqsadga muvofiqdir. Standartlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etishdan oldin o‘ta puxtalik bilan tajriba-sinovdan o‘tkaziladi va shu asosda bosqichma-bosqich o‘quv jarayoniga kiritib boriladi. Davlat va jamiyat ta’lim muassasalari oldiga muayyan ijtimoiy buyurtmalar qo‘yayotgan ekan, o‘sha muassasalar tomonidan tayyorlanadigan kadr egallashi lozim bo‘lgan ijtimoiy sifatlarining minimal chegarasini ham ko‘rsatib berishi tabiiydir. Tarbiyalanuvchi yoki ta’lim oluvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka yoxud ma’naviy sifatlarning eng quyi miqdori ilmiy asoslarda belgilab berilgan rasmiy pedagogik xujjat-davlat ta’lim standarti hisoblanadi. Standartlarda belgilangan natijalarga erishilmasa, yo o‘sha ko‘rsatkichlarni egallay olmagan bola, yoxud yoshlarda muayyan miqdordagi bilim, ko‘nikma, malaka va ma’naviy sifatlarni shakllantira olmagan pedagogikani mukammal deb bo‘lmaydi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling