3mavzu Ta’lim mazmuni
Download 0.82 Mb.
|
3mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- « concepti o »
3mavzu 1.Ta’lim mazmunini tashkil etish konsepsiyasi. Ta’limning mazmuni deganda, o‘quvchilarning o‘qish jarayonida egallashi lozim bo‘lgan hamda tizimga solingan bilim, ko‘nikma va malakalarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi. Ta’lim mazmuni uchun bir nechta asosiy qoidalar mavjud, jumladan: 1.Ta’lim mazmuni ilmiy asosga yo‘nalgan bo‘ladi 2. Ta’lim mazmuni fanda faqatgina faktlar va nazariy qoidalar tarzida ochib beriladi; 3. O‘quv materiali fanlarning zamonaviy holatiga mos bo‘ladi, hayotiy qarashlarni shakllantirishga imkon beradi; 4. Har bir o‘quv fani bo‘yicha ta’lim mazmuni shu yoki boshqa fanlar tizimiga mantiqan mos bo‘ladi; 5. Ta’lim mazmuni alohida o‘quv fanlari orasidagi o‘zaro aloqadorlikka asoslanadi; 6. Maktab, o‘rta-maxsus kasb hunar ta’limida ta’lim texnik va mehnat ta’limi bilan birga qo‘shib olib boriladi, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishga imkon beradi; 7. Ta’lim bilimlarni egallashda qiyinchiliklarni yengib o‘tishda irodalilikni shakllantirishga o‘rgatadi; 8. Ta’lim mazmuni o‘quvchilarning yosh imkoniyatlariga mos bo‘ladi. Ta’lim mazmuniga nisbatan ikki xil yondoshuv mavjud: 1) bilimga yo‘naltirilgan. 2) shaxsga yo‘naltirilgan yondoshuv. Ta’lim konsepsiyalari (lotin tilidan «conceptio» –tizim) – ta’lim-tarbiya mazmuni, istiqbolini yorituvchi yaxlit qarashlar tizimi; uzluksiz ta’lim tizimining turli bosqichlarida ta’lim muassasalari faoliyati yo‘nalishi, maqsad va vazifalarini belgilashning alohida usuli.37 Ta’lim muassasalaridagi o‘qitish mazmuniga qo‘yilayotgan talab mazkur mamlakatning ishlab chiqqan strategiyasida aniqlanadi. Bu strategiya “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi” da yozilgan bo‘lib, unda taxlim tizimi tubdan isloh qilindi, yuqori darajali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini egallagan mamlakatlardagi kabi yo‘lga qo‘yil ko‘zda tutilgan. Hozirgi davrda bizning respublikamizda ta’lim mazmunini aniqlashda quyidagi g‘oyalarga asoslaniladi: insonparvarlashuv, differensiyallashuv, integratsiyalash hamda axborot texnologiyalaridan keng foydalanish. Ta’lim mazmuni – davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo‘yicha o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati. Davlat ta’lim standartlari Davlat ta’lim standarti O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritilgandan so‘ng yaratildi. DTS O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni asosida yaratilgan. Standart-ta’limda yaratilgan me’yoriy reja, dastur, darsliklarni o‘zlashtirish ekvivalenti, ya’ni ta’lim mazmunini o‘zlashtirish darajasidir. Standartni ishlab chiqishda o‘quvchini haddan tashqari zo‘riqtirib yubormaslik talablariga rioya qilish, ya’ni u o‘quvchi yoshiga mos, uni o‘zlashtirishga qurbi etadigan darajada bo‘lishi kerak. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling