4- amaliy ishi Muhofaza qilinadigan hududlar xaqida tushuncha va uning ahamiyati. Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati va faunasi
Download 138.02 Kb. Pdf ko'rish
|
4 Amaliy ish
4- Amaliy ishi Muhofaza qilinadigan hududlar xaqida tushuncha va uning ahamiyati. Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati va faunasi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar belgilangan maqsadi va rejimiga qarab quyidagi toifalarga bo‘linadi: davlat qo‘riqxonalari; majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari; tabiat bog‘lari; davlat tabiat yodgorliklari; ayrim tabiiy ob’ektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlar; muhofaza etiladigan landshaftlar; ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar SURXON DAVLAT QO‘RIQXONASIDA ANIQLANGAN UMURTQALI HAYVON TURLARI Sut emizuvchilar sinfi – 26 tur; Qushlar sinfi - 136 tur; Sudralib yuruvchilar sinfi - 23 tur; Suvda va quruqlikda yashovchilar sinfi - 2 tur. Baliqlar sinfi - 4 tur. Jami: 191 tur. Noyob hayvon turlari soni: 18 tur. shundan, Sut emizuvchilar sinfi – 3 tur. Qushlar sinfi - 11 tur; Sudralib yuruvchilar sinfi - 3 tur; Baliqlar sinfi – 1 tur Surxon davlat qo‘riqxonasida O‘zbekiston Respublikasi “Qizil Kitobi” ga kiritilgan 18 umurtqali hayvon turi muhofaza ostiga olingan. Ulardan 8 tur hayvon Halqaro TMQI “Qizil kitob” iga kiritilgan Buxoro tog‘ qo‘yi (Ovis vignei Blyth, 1841. ssp. Ovis orientalis bocharensis Nasonov, 1914) Butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur. TMXI Qizil ruyxatiga kiritilgan. YAshash joylari. Asosan tog‘ dashtlari va siyrak archazorli qismlari (d.s.b. 800-2500 m). Uchrash joylari asosan CHulbayir, Tangidevol, Vandob tog‘lari hisoblanadi. 2015 yil bahorgi sanoq davrida 56 bosh, 2019 yilgi bahorgi sanoq davrida 67 bosh uchratilgan. Morxo‘r yoki burama shoxli echki - Capra falconeri (O’agner, 1839), ssp.heptneri Zalkin,1945. Butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur. YAshash joylari asosan tog‘larning tosh-qoyali va siyrak archazorli yonbag‘irlari (d.s.b. 1500-2500 m). Ushbu hayvonning tarqalish hududi shimoliy regionda ko‘proq, markaziy qismda kam va janubda o‘rtacha zichlik bilan tarqalish xususiyatiga ega. Oltikunlikdara, Oroltog‘, Toshliyurt, Olmabuloqsoy, Qurchiq, Kattatog‘, Quldarozsoy kabi daralar hisoblanadi. 2015 yil bahorgi sanoq davrida 381 bosh, 2019 yilgi kuzgi sanoq davrida 428 bosh uchratilgan. Populyasiyalariga salbiy ta’sir qiluvchi omillar: brakonerlik, mol boqish, yovvoyi yirtqich hayvonlar sonining oshishi Surxon davlat qo‘riqxonasida O‘zbekiston Respublikasi “Qizil Kitobi” ga kiritilgan 18 umurtqali hayvon turi muhofaza ostiga olingan. Ulardan 8 tur hayvon Halqaro TMQI “Qizil kitob” iga kiritilgan Buxoro tog‘ qo‘yi (Ovis vignei Blyth, 1841. ssp. Ovis orientalis bocharensis Nasonov, 1914) Butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur. TMXI Qizil ruyxatiga kiritilgan. YAshash joylari. Asosan tog‘ dashtlari va siyrak archazorli qismlari (d.s.b. 800-2500 m). Uchrash joylari asosan CHulbayir, Tangidevol, Vandob tog‘lari hisoblanadi. 2015 yil bahorgi sanoq davrida 56 bosh, 2019 yilgi bahorgi sanoq davrida 67 bosh uchratilgan. Morxo‘r yoki burama shoxli echki - Capra falconeri (O’agner, 1839), ssp.heptneri Zalkin,1945. Butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur. YAshash joylari asosan tog‘larning tosh-qoyali va siyrak archazorli yonbag‘irlari (d.s.b. 1500-2500 m). Ushbu hayvonning tarqalish hududi shimoliy regionda ko‘proq, markaziy qismda kam va janubda o‘rtacha zichlik bilan tarqalish xususiyatiga ega. Oltikunlikdara, Oroltog‘, Toshliyurt, Olmabuloqsoy, Qurchiq, Kattatog‘, Quldarozsoy kabi daralar hisoblanadi. 2015 yil bahorgi sanoq davrida 381 bosh, 2019 yilgi kuzgi sanoq davrida 428 bosh uchratilgan. Populyasiyalariga salbiy ta’sir qiluvchi omillar: brakonerlik, mol boqish, yovvoyi yirtqich hayvonlar sonining oshishi Sut emizuvchilar sinfi – 35 tur; Qushlar sinfi - 200 tur; Sudralib yuruvchilar sinfi - 21 tur; Suvda va quruqlikda yashovchilar sinfi - 3 tur. Baliqlar sinfi - 1 tur; Jami umurtqalilar – 260 tur Umurtqasiz hayvonlar – 864 tur. Noyob hayvon turlari soni: 35 tur. shundan, Sut emizuvchilar sinfi – 4 tur; Qushlar sinfi - 18 tur; Sudralib yuruvchilar sinfi - 3 tur; Umurtqasiz hayvonlar – 10 tur Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2011 yil 26 avgust kungi 243-son qarori asosida tashkil qilingan. Biosfera rezervati Amudaryoning quyi qismida Sulton-Uvays tog‘ tizmasi etaklarida joylashgan. Xudud janubi-sharqtan, shimoli-g‘arbga o‘ynaltirilgan cho‘ziq shaklga ega. Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy va Amudaryo tumanlari xududlarida joylashgan bo‘lib umumiy maydoni 68717,8 gektarni tashkil qiladi. SHundan 11568,3 gektar qo‘riqxona zonasiga, 6731,4 gektar bufer zonasi, 50418,1 gektar oraliq zonaga kiritilgan. Qo‘riqxona zonasi 11568,3 gektardan iborat bo‘lib, u qat’iy rejimdagi muhofazalanadigan zona hisoblanadi. Ushbu zona tabiat ob’ektlari va komplekslarini to‘liq saqlab qolish, ilmiy tadqiqotlar va monitoring olib borish uchun mo‘ljallangan.Qo‘riqxona zonasi hududida, qonun hujjatlariga muvofiq davlat qo‘riqxonalari rejimi o‘rnatilgan va ushbu hududda har qanday turdagi xo‘jalik faoliyati olib borish taqiqlangan. Biosfera rezervatining asosoiy hayvoni – to‘qay yoki Buxoro bug‘usi (Servus hanglu bactrianus) – bu cho‘l sharoitlarida yashash uchun moslashgan bug‘udir. Buxoro bug‘usi biosfera rezervatida sun’iy ravishda qayta tiklangan. Xozirgi vaqtda rezervat hududida 1500 boshdan oshiq bug‘u mavjud. SHu sababdan Buxoro bug‘usining dunyodagi eng katta populyasiyasini saqlovchi maskan bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 mart kungi №PQ-4247 sonli qaroriga asosan Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati O‘rmon ho‘jalig davlat qo‘mitasi tasarrufidan, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazildi. Hozirgi kunda biosfera rezervatida jami bo‘lib 33ta xodim ish olib bormoqda, shundan ilmiy bo‘lim xodimlari 8ta, boshqarish va texnik xodimlar soni 14ta xamda inspektorlar soni 11ta xodimdan iborat bo‘lib qo‘riqxona zonasi muhofaza xodimlari javobgarligiga bekitilgan. Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatida 2020 yil 31-dekabr xolatiga markaziy byudjetidan 622764,7 ming so‘m ajratilgan, xaqiqatda 622432,5 ming so‘m ishlatildi. SHundan 450669,7 ming so‘m ish xaki ajratilgan, xaqiqatda 450669,7 ming so‘m ishlatildi. 25% yagona ijtimoiy to‘lovga 112994,0 ming so‘m ajratilgan, xaqiqatda 112993,7 ming so‘m ishlatildi. Boshqa xarajatlar uchun 59101,0 ming so‘m smeta buyicha belgilangan bo‘lib, shundan 58769,1 ming so‘mga bajarildi. YA’ni safar xarajatiga 2690,0 ming so‘m ajratilgan, xaqiqatda 2689,6 ming so‘m bajarildi. Elektr energiyasi uchun 612,0 ming so‘m ajratilgan, 607,5 ming.sumga xaqiqatda bajarilgan. Telefon aloqasi va internet xizmati uchun 1490,0 ming.so‘m ajratilgan, xaqiqatda 1356,8 ming so‘mga bajarilgan. Biotexnik tadbirlar uchun 25595,0 ming so‘m ajratilgan, xaqiqatda 25595,0 ming so‘mga bajariglan. YOMM uchun 20473,0 so‘m ajratilgan, xaqiqatda 20464,6 ming.so‘mga.bajarilgan. Ixtiyot kism (zapchast),kanselyariya tovarlari va qog‘oz uchun 7526,0 ming so‘m ajratilgan, xaqiqatda 7367,1 ming so‘mga bajarilgan. Orgtexnika xizmati uchun 715,0 ming so‘m ajratilgan, xaqiqatda 688,5 ming so‘mga bajarilgan. Biosfera rezervatiga belgilangan vazifa va topshiriqlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Respublika rahbariyati topshiriqlari asosida, olib borish O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiklangan rejalar asosida ish olib borilmoqda. Download 138.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling