Umumiy ovqatlanish korxonalari (restoran, kafe, oshxona, choyxona, to‘yxona, bufet, qaxvaxona va xok.): 0310-14-sonli SanQvaN asosida
t/r
|
O‘rganilishi kerak bo‘lgan talablar
|
1
|
Korxonaning umumiy maydoni, binolar va qavatlari soni, ularning maydoni, atrofi o‘ralgan yoki o‘ralmaganligi, obodonlashtirilganligi;
|
2
|
Korxona loyiha asosida qurilganmi yoki moslashtirilgan, ovqatlanish zali, taom tayyorlash uchun issiq ishlov berish va sovuq ishlov berish xonalari, taom tarqatish, mahsulotlarga birlamchi (go‘sht, sabzavot, xamir, salat) ishlov berish, idishlarni yuvish, omborxona, ishchilar uchun ajratilgan maishiy xonalar, mijozlar va ishchilar uchun xojatxonalarning amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari talablariga mos kelishi yoki mos kelmasligi;
|
3
|
Binoning fasad qismi va xonalarining sanitariya holati, ta’mirlanganligi, shu jumladan ta’mirlanishi zarur bo‘lgan xonalar;
|
4
|
Ob’ektning quvvati, o‘rinlar soni, o‘rinlar soniga nisbatan idish-tovoqlar, choynak-piyolalar, qoshiq-sanchqilar, ryumkalar, ziravor jamlamasi bilan ta’minlanganligi;
|
5
|
Ish stollari, sovutgichlar, taxtakachlar, pichoqlar va boshqa ish qurollarining ishlatilishiga qarab tamg‘alanganligi;
|
6
|
Idish yuvish xonasidagi yuvish vannalarining soni, har birining issiq va sovuq suv ta’minoti bilan ta’minlanganligi;
|
7
|
Suv ta’minoti (markaziy yoki mahalliy), issiq suv bilan ta’minlanganligi, suv kiritilgan xonalari texnologik jarayonga va sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga mosligi, suv tarmoqlarini holati;
|
8
|
Oqava suv tarmog‘i (kanalizatsiya) markaziy tarmoqga ulanganligi, oqava suv tarmog‘ini holati, mahalliy tarmoq tashkil etilgan bo‘lsa, mahalliy xandakning holati, oqava suvlarni olib ketish tartibi;
|
9
|
Binoning isitilishi, markaziy tarmoq orqali, agar mahalliy isitish tarmog‘i orqali bo‘lsa, unda isitish qanday tashkil etilganligi;
|
10
|
Xonalarning yoritilganlik holati, tabiiy yoki suniy, yorituvchi chiroqlarning holati, kuygan chiroqlar bor yoki yo‘qligi, yoritish chiroqlarining himoyalanganligi;
|
11
|
Xonalarning shamollatish tizimi, xonalardagi harorat va namlikning amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga mosligi;
|
12
|
Korxonada olib kelingan oziq-ovqat xomashyosi va tayyor oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini kafolatlovchi hujjatlarning mavjudligi;
|
13
|
Xomashyolar, sabzavotlarning omborxonada saqlash holati, tez buziladigan va sovuqlik talab etadigan mahsulotlar uchun sovutgich va muzlatgichlar bilan ta’minlanganligi, muzlatgich va sovutgichlarda mahsulotlarni saqlash qoidalariga rioya etilganligi;
|
14
|
Yuvuvchi va zararsizlantiruvchi vositalar bilan ta’minlanganligi, zahirasi mavjudligi, ushbu vositalarni xavfsizligini kafolatlovchi hujjatlari mavjudligi;
|
15
|
Idish-tovoqlar va boshqa oshxona jihozlarini yuvish uchun zararsizlantiruvchi vositalarni tayyorlash, ishlatish va saqlash qoidalariga rioya etilganligi;
|
16
|
Ishchi-xodimlar uchun tashkil etilgan maishiy xonalar, yechinib-kiyinish, dam olish, yuvinish va hojatxona holati hamda jihozlanganligi;
|
17
|
Ishchi-xodimlarning maxsus ust-bosh bilan uch siradan ta’minlanganligi, kiyimlarni yuvish va dazmollash uchun sharoitlar yaratilganligi;
|
18
|
Ishchi-xodimlarning umumiy soni, ularning amaldagi buyruq asosida tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi, tibbiy ko‘rikdan o‘tish davriyligiga rioya etilganligi, sanitariya minimum kursida o‘qitilganligi;
|
19
|
Korxonada profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya o‘tkazish uchun tuzilgan shartnoma, shartnomani amal qilish muddati, ushbu tadbirlar o‘tkazilganligi bo‘yicha hujjatlar mavjudligi, o‘tkazilgan tadbirlarning samaradorligi;
|
20
|
Erkak va ayol mijozlar uchun xojatxonalarning tashkil etilganligi, santariya-texnik holati, qo‘l yuvish va quritish uchun sharoit yaratilganligi, xojatxonada tozalash va zarasizlantirish ishlarini muntazam o‘tkazilib turilishi;
|
21
|
Sanitariya tozalash qurollarini yuvish, saqlash uchun aloxida xona yoki joy ajratilganligi;
|
22
|
Ish jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindilarni saqlash, tashish va yo‘qotish tartiblari, chiqindilarni vaqtincha saqlash joylari tashkil etilganligi, uning holati, olib ketish uchun tuzilgan shartnoma va uning amal qilish muddati;
|
23
|
Korxonada ish qurollari, ishchilarning ish kiyimlari, qo‘l va ish stollaridan, oziq-ovqat xom ashyolaridan, tayyor oziq-ovqat mahsulotlaridan tegishli laboratoriya tahlilidan o‘tkazish;
|
24
|
Laboratoriya-instrumental tahlillari natijalari Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari talablari bo‘yicha
sanitariya-epidemiologiya xulosasini berish.
|
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari:
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalariga tegishli amaldagi SanQvaNlar asosida
Do'stlaringiz bilan baham: |