Umumiy ovqatlanish korxonalari


t/r O‘rganilishi kerak bo‘lgan talablar


Download 25.14 Kb.
bet2/2
Sana01.01.2023
Hajmi25.14 Kb.
#1074357
1   2
Bog'liq
Умумий овқатланиш корхоналари

t/r

O‘rganilishi kerak bo‘lgan talablar

1

Korxonaning umumiy maydoni, binolar va qavatlari soni, ularning maydoni, atrofi o‘ralgan yoki o‘ralmaganligi, obodonlashtirilganligi;

2

Korxona loyiha asosida qurilganmi yoki moslashtirilgan, sanitariya himoya zonasi, ishlab chiqarish xonalari, xomashyo va tayyor mahsulotlarni saqlash omborxonalari, ishchilar uchun ajratilgan maishiy xonalarning amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari talablariga mos kelishi yoki mos kelmasligi;

3

Binolarning fasad qismi va xonalarining sanitariya holati, shu jumladan ta’mirlanishi zarur bo‘lgan xonalar;

4

Ishlab chiqarish quvvati, texnologik jarayonlar ketma-ketligi, ishlab chiqarishning barcha bosqichlari uchun sharoit yaratilganligi;

5

Suv ta’minoti (markaziy yoki mahalliy), issiq suv bilan ta’minlanganligi, suv kiritilgan xonalari texnologik jarayonga va sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga mosligi, suv tarmoqlarini holati;

6

Oqava suv tarmog‘i (kanalizatsiya) markaziy tarmoqga ulanganligi, oqava suv tarmog‘ini holati, mahalliy tarmoq tashkil etilgan bo‘lsa, mahalliy xandakning holati, oqava suvlarni olib ketish tartibi;

7

Korxona binolarining isitilishi holati, agar mahalliy isitish tarmog‘i orqali bo‘lsa, unda isitish qanday tashkil etilganligi;

8

Ishlab chiqarish xonalarining yoritilganlik holati, tabiiy yoki sun’iy, yorituvchi chiroqlarning holati, kuygan chiroqlar bor yoki yo‘qligi, yoritish chiroqlarining himoyalanganligi;

9

Xonalarning shamollatish tizimi, xonalardagi harorat va namlikning amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga mosligi;

10

Ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining me’yoriy hujjatlari mavjudligi, texnologik yo‘riqnomasi, retsepturasi ishlab chiqilganligi va Sanitariya-epidemiologiya xizmati bilan kelishilganligi, mahsulotlarni mazkur hujjatlar asosida ishlab chiqarilayotganligi;

11

Korxonada olib kelingan oziq-ovqat xomashyosi, oziq-ovqat qo‘shimchalari va tayyor oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini kafolatlovchi hujjatlarining mavjudligi;

12

Mahsulotlarga qo‘shiladigan oziq-ovqat qo‘shimchalarini (natriy- nitrat va boshq.) saqlash uchun alohida seyf va ishlatish me’yorini qayd etib borish uchun muhrlangan jurnal tashkil etilganligi hamda javobgar shaxs biriktirilganligi;

13

Xomashyolar, tayyor mahsulotlarning omborxonada saqlash holati, tez buziladigan va sovuqlik talab etadigan oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyolar uchun sovutgich va muzlatgich kameralarining yetarli tashkil etilganligi;

14

Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni amaldagi standart talablari va sanitariya qoida va me’yorlari va gigienik normativlarga muvofiqligini baholovchi ichki laboratoriyalar tashkil etilganligi, bakteriologik laboratoriyalarni hududiy rejim komissiyasidan ruyhatdan o‘tganligi;

15

Sut, go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida profilaktik dezbarerlar tashkil etilganligi va ularga ishlatish uchun dezinfeksion eritmalar tayyorlanish holati va zahirasi yaratilganligi;

16

Ishchi-xodimlar soni, ular uchun tashkil etilgan maishiy xonalar, yechinib-kiyinish, dam olish, yuvinish va hojatxona holati va jixozlanganligi, maishiy xonalarning ishchilar soniga muvofiqligi;

17

Ishchi-xodimlarning maxsus ust-bosh bilan uch siradan ta’minlanganligi, ularni yuvish va dazmollash sharoitlari yaratilganligi;

18

Ishchi-xodimlarning amaldagi buyruq asosida tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi, tibbiy ko‘rikdan o‘tish davriyligiga rioya etilganligi, sanitariya minimum kursida o‘qitilganligi;

19

Ishlab chiqarish korxonasida profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya o‘tkazish uchun tuzilgan shartnoma, shartnomani amal qilish muddati, ushbu tadbirlar o‘tkazilganligi bo‘yicha hujjatlar mavjudligi, tadbirlarni amalda bajarish holati;

20

Kundalik va tubdan tozalash, yuvish ishlarini muntazam tashkil etilganligi, deraza va romlarni hashorat va chivinlar kirishidan saqlanganligi (setkalar o‘rnatilganmi);

21

Sanitariya tozalash qurollarini yuvish, saqlash uchun aloxida xona yoki joy ajratilganligi;

22

Xomashyo va tayyor mahsulotlarni tashish uchun mahsus avtotransportlar ajratilganligi, ularni tozalash va zararsizlantirish tadbirlarini muntazam amalga oshirilishi;

23

Ish jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindilarni saqlash, tashish va yo‘qotish tartiblari, chiqindilarni vaqtincha saqlash joylari tashkil etilganligi, uning holati, olib ketish uchun tuzilgan shartnoma va uning amal qilish muddati.

Download 25.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling