Samarqand davlat universiteti informatika fakulteti
Download 47.64 Kb.
|
Xilola kurs ishi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: ____________________ Tekshirdi: ____________________ SAMARQAND-2023 Mundarija Kirish
- -JDesktopPane tushunchasi -JdesktopPane vazifasi -JdesktopPane misoli Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI INFORMATIKA FAKULTETI Javada grafik dasturlash fanidan KURS ISHI Mavzu: Javada JDesktopPane Bajardi: ____________________ Tekshirdi: ____________________ SAMARQAND-2023 Mundarija Kirish Java dasturlash tili haqida umumiy tushuncha Asosiy qism Javada JDesktopPane -JDesktopPane tushunchasi -JdesktopPane vazifasi -JdesktopPane misoli Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Java dasturlash tilini yaxshiroq o’rganish uchun, uning nima sababdan yaratilganligi, uning asosi, tarixi va rivojlanishini o’rganish muhim hisoblanadi. Java dasturlash tili C dasturlash tilining to’g’ridan-to’g’ri avlodi bo’lgan C++ dasturlash tili bilan chanbarchas bog’liq. Asosan, Java ning ko’pgina hususiyatlari bu ikki tildan takomillashtirilib o’zlashtirilgan. C dasturlash tilidan sintaksislar, ko’pgina obektgayo’naltirilgan xossalari esa C++ tilidan. Eng ko’p yo’l qo’yildigan xatolarga sabab bo’luvchi qismalari olib tashlanib, Java dasturlash tili ancha soddalashtirildi. Masalan: Pointer (ko’rsatkich) lar bilan to’g’ridan to’g’ri ishlash, ya’ni Javada alohida ko’rsatkich tushunchasi yo’q. Operatorlarni qayta yuklash ham olib tashlangan. Yana eng muhimi, ishlatilmaydigan xotira (unreferenced objects) avtomatik tozalanadi. Buni Javada Garbage Collector (GC – chiqindi yig’ishtirgich) amalga oshiradi. C++ da bu destruktorlar orqali qo’lda (manual) qilingan. Bundan tashqari Java har bir yangi versiyada bundan qu lay imkoniyatlarni qo’shib kelmoqda. Aslida Javani yaratish uchun uning yaratuvchilari oldida aniq maqsad bor edi. Bu maqsad: Bir marta dastur yoz va uni hamma joyda ishlat-Write Once Run Anywhere (WORA) edi. O’sha paytgacha mavjud bo’lgan dasturlash tillarida bunday hususiyat yo’q edi. Shu maqsadni amalga oshirish uchun 1990-yillar boshida James Gostling boshchiligidagi Sum Microsystems kompanyasi hodimlari C++ dasturlash tili o’zgartirib platformaga (operetsion tizimga) bog’liq bo’lmagan Oak (Oak manosi: dub daraxti) nomi ostida dastulash tili yaratishga harakat qilishdi, ammo bu urinishlari besamar ketdi, Oak omadsiz chiqdi. Keynchalik kompanya C++ tilidan foydalanish fikridan voz kechib butunlay yangi (fundamental struktura C++ ga o’xshash), platformaga bog’liq bo’lmagan va bu safar endi faqat shaxsiy kompyuterlar uchun dastur (Desktop Application) yozadigan dasturlash tili emas balki internet uchun ham dastur (Applet) yozadigan dasturlash tili yaratish maqsad qilingan edi. Kompanya o’z maqsadiga 1995 yil erishdi. Yangi dasturlash tilini Java deb nomlashdi. Java bu Indoneziyadagi minglab orollardan bir kichchining nomi bo’lib, bu orolda aynan shu nomli kofe yetishtiriladi. Bu kofe qichqil va achchiq bo’lib kompanya hodimlariga juda yoqadi va bu kofe turi yangi yaratilgan dasturlash tilini nomlash uchun sabab bo’lgan. Javaning birinchi vesiyasi (Java 1.0) 1996 yilda e’lon qilingan bo’lsa, bugungi kunda Java 12 oxirgi versia bo’lib turibdi. Javaning yuqoridagi ikkita hususiyati uning juda ham tez ommolashishiga sabab bo’ldi. Oracle kompanyasining statistikasiga ko’ra bugungi kunda 3 milliardan ko’proq qurilma Javadan foydalanadi. Java texnologiyasi o’ta sodda, xavfsizlikni yuqori darajada ta’minlab bera oladigan, kuchli, to’la obyektga yo’naltirilgan dasturlash tili bo’lib, muhit (platforma) ga bog’liq bo’lmagan holda ishlaydi. U bilan xatto eng kichik qurilmalarga ham dasturlar yozish mumkin. Java texnologiyasi to’laligicha Java Virtual Machine (JVM) ga asoslangan. JVM ning vazifasi tarjimonlik ya’ni, dastlab biz yozgan *.java fayl kompilyator yordamida bayt kod ga o’giriladi va JVM yordamida esa mashina tiliga aylantiriladi. Bu degani JVM qaysi platformaga tegishli bo’lsa, kodlarni ham o’sha platformaga moslab beradi. Javadan qayerlarda foydalaniladi, qanday dasturlar tuzladi degan tabiy savollar tug’iladi. Javadan foydalanib ko’plab turdagi dasturlar yaratish mumkin. Ulardan ba’zilari quyidagilar: Shaxsiy kompyuter dasturlarini yaratishda, masalan, acrobat reader, media-player, antiviruslar va hokazolar. Web-dasturlar yaratishda (asosan server tomon dasturlada). Korxona-tashkilotlar uchun dasturlar yaratishda masalan, bank yoki ishlab chiqarishga oid dasturlar. Mobil dasturlar yaratishda. Smart kartalar, Robotlar va O’yinlarda. Bugungi kunga kelib Java quyidagi 5 ta maqsad bo’yicha takomillashtirilgan. Bu maqsadlarga ko’ra u shunday til bo’lishi kerakki: 1. Oddiy, obyektga mo’ljallangan, taqsimlangan va o’rganishga oson bo’lsin; 2. Mustahkam va xavsiz bo’lsin; 3. Qaysidir qurilma platformasidan yoki uning arxitekturasidan mustaqil bo’lsin (ya’ni qaysidir platformaga tobe’ bo’lmasin); 4. Juda samarali bo’lsin; 5. Dasturlash tili uchun tarjimon (interpreter) yozish mumkin bo’lsin. Shuningdek dasturlash tili parallel ishlashni va dinamik tiplashda foydalanishni ta’minlay olsin. Java o’zining imkonyatlari, ya’ni turli xil tipdagi dasturlar yaratish va eng asosiysi yuqoridagi 5 ta konsepsiyasi tufayli qisqa vaqt ichida, dasturlash tillari reytingida eng yuqori o’rinlardan birini egalladi va hozir ha bu o’rnini saqlab kelmoqda. Bundan tashqari eng yaxshi dasturchi bo’lishni maqsad qilgan dasturchilar o’rganishi talab etiladigan dasturlash tillari ro’yxatida ham Java eng yuqori o’rinlardan birini egallagan. Shu munosabatdan boshqa rivojlangan davlatlardagi kabi bizda ham bu tilni o’rganishga talab ortmoqda, ayniqsa yoshlar orasida. Javaning qanchalik ommobop va uni o’rganishga bo’lgan talab qanchalik yuqori bo’lishiga qaramasdan, bu dasturlash tili haqida o’zbek tilida adabyotlar juda ham kam, hattoki boshlang’ich tushunchalar haqida ham. Shu sababdan, bir necha yillardan beri Amaliy matematika va informatika fakulteti talabalariga Java dasturlash tilining fundamental tushunchalarini o’qitish davomida, xar-xil manba’lardan ya’ni, Java dasturlash tilini o’rganishga bag’ishlangan web sahifalar va video darslar hamda horij adabyotlari (rus va ingliz tillarida) dan tarjima qilib to’plangan ma’lumotlarni boyitib, tartibga solib “Java dasturlash tiliga kirish” nomi ostida o’quv qo’llanma tayyorlash muallif tomonidan maqsad qilingan edi. Ayni paytda bu maqsad amalga oshdi, o’quv qo’llanma tayyor bo’ldi. Bu o’quv qo’llanma, maktablar yuqori sinf o’quvchilari, kollej va litseylar o’quvchilari, universitet talabalari va mustaqil o’rganuvchilarga mo’lgallangan. Umuman olganda Java dasturlash tilini o’rganishni hohlavchi har qanday kishilarga Java haqida boshlang’ich bilimlarni egallash uchun ushbu o’quv qo’llanma tavsiya etiladi. Albatta ushbu o’quv qo’llanma kamchiliklardan holi emas. Biz o’quvchilardan xato va kamchiliklar uchun uzur so’raymiz hamda ulardan fikr, mulohaza va takliflarini kutib qolamiz ushbu qo’llanmaning qayta nashrlari uchun. Ushbu o’quv qo’llanma to’rtta bobdan tashkil topgan. Birinchi bob Java dasturlash tili strukturasi va dasturlash muhitlari (JDK, Eclipse) haqida. Ikkinchi bobda, Javada ma’lumotlar turlari, operatorlar va massivlar haqida ma’lumotlar keltirilgan hamda ular misollar yorgamida tushuntirilgan. Uchinchi bobda, Javada obyekt, klass va metod tushunchalari keltirilgan va bu tushunchalar ham misollar orqali yoritilgan. Bundan tashqari bu bobda ko’p ishlatiladigan sonli va matnli metodlar ro’yxati berilgan, ularga ta’rif va misollar keltirilgan. Oxirgi bobda obyektga yo’naltirilgan dasturlashni tashkil etuvchi asosiy tushunchalar ya’ni, meros olish (Inheritance), ko’p formalik (Polymorphizm), mavhumlik (Abstraction) va enkapsulatsiya (Encapsulation) larga ta’riflar berilgan misollar keltirilgan. JAVA DASTURLASH TILI HAQIDA UMUIY TUSHUNCHALAR Java qismlari Java bir necha qismlarni o’z ichiga oladi va ular: 1. Simple (oddiy) 2. Object-Oriented (obyektga yo’naltirilgan) 3. Platform independent (mustaqil platformalar) 4. Secured (himoyalangan) 5. Robust (kuchli) 6. Architecture neutral (neytral arxitektura) 7. Portable (ixcham) 8. Dynamic (dinamik) 9. Interpreted (interpretatsiyalangan) 10. High Performance (yuqori tezlik) 11. Multithreaded (ko’p potokli) 12. Distributed (model bo’yicha taqsimlanish) Download 47.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling