4- amaliy mashg’ulot Darsning maqsadi: Ginetsey tiplari va urug‘kurtaklar turlari bilan tanishish. Identiv o’quv maqsadlari


Download 123.72 Kb.
Sana05.10.2023
Hajmi123.72 Kb.
#1692867
Bog'liq
4-amaliy mashg\'ulot


4- amaliy mashg’ulot
Darsning maqsadi: Ginetsey tiplari va urug‘kurtaklar turlari bilan tanishish.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Ginetsey tiplarini biladi.

  2. Urug’chi, uning tuzulishi va xillarini biladi.

Kerakli asbob va materiallar: mikroskop, lupa, ustara, vaqtinchalik preparat, doimiy preparat, atirgul, lola, yong’oq, tut, go’za guli, lupa, igna, pinset.
Umumiy tushunchalar: Gulning markaziy qismida meva bargcha yoki karpellalardan tashkil topgan bir yoki bir nechta urug’chi joylashadi. Guldagi urug’chilar to’plami ginetsey (gyne - ayol, oikos - uy) deb ataladi. Urug’chi 3 qismdan: tumshuqcha, ustuncha va tugunchadan tuzilgan. Urug’chi gulli o’simliklarda uzoq davom etgan evolyutsiya jarayonida mevabargchalardan hosil bo’lgan. Mevabargchalar morfofunksional tuzilishga ko’ra megasporofillarga to’g’ri keladi. Birmuncha soddaroq tuzilgan gulli o’simliklarda (masalan, degeneriyada) mevabargchalarning faqat qirralari birikadi. Mevabargchaning qirralarida yoki yuzasida joylashgan urug’kurtaklar mevabargcha qirralari birikishi natijasida uning ichki tomonida qoladi. Bu, bir tomondan, urug’kurtakni yaxshi himoyalanishini ta’minlasa, ikkinchi tomondan, urug’kurtakda chang kelib tushishini qiyinlashtiradi. Changni ushlash vazifasini esa mevabargchalar birikkan qirrasida joylashgan bezli tukchalar amalga oshiradi. Yuqori rivojlangan gulli o’simliklarda bu vazifani urug’chining tumshuqcha qismi bajaradi. Tumshuqcha qismida joylashgan hujayralar o’zlaridan maxsus suyuqlik shira ajratib chiqaradi. Bu shira changlarni ushlab qolish va uni o’sishini ta’minlaydi. Tumshuqchalar shakli xilma-xildir. Tumshuqcha urug’chi tuguncha qismiga ustuncha orqali birikadi. Gohida ustuncha ancha uzun bo’lib, gulqo’rg’ondan ancha chiqib turadi. Ustuncha tuzilishiga ko’ra ochiq va yopiq tiplarga bo’linadi. Ochiq ustunchada chang nayi o’tishi uchun maxsus kanalcha bo’ladi. Yopiq ustunchada bu kanalcha bo’lmaydi. Chang nayi hujayralararo bo’shliqlar orqali urug’kurtakka o’tadi. Urug’chining asosiy qismi tuguncha bo’lib, uning ichki tomonida bir yoki bir nechta urug’kurtak joylashadi. Urug’kurtakning tuguncha devoriga birikkan joyi platsenta deb nomlanadi.
Ishning bajarish tartibi:

  1. Tirik yoki fiksatsiya qilingan gullardan na’munalar olib, qo’l lupa yordamida genetseyni kuzating.

  2. Gulda genetsey boshqa a’zolarga nisbatan qanaqa tartibda joylashganiga e’tibor bering.

  3. Genetseyning markaziy qismidan ko’ndalangiga kesma o’tqazib ichki tuzilishi bilan tanishing.

  4. Urug’kurtak va uning tuzilishi haqida ma’lumot to’plang.

  5. Urug’kurtak va uning qismlarini ish daftaringizga chizib oling.


Nazorat topshiriqlari:



  1. Gulda urug’chi qanday joylashadi?

  2. Guldagi urug’chi xillari ko’rsating?

  3. Urug’chilarning rivojlanish bosqichlari?

Download 123.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling