4- amaliy mashg‘ulot gilli tog‘ jinslarning makroskopik o‘rganish

Download 15.33 Kb.
Sana12.11.2023
Hajmi15.33 Kb.
#1768400
Bog'liq
amaliy4(1)

4- AMALIY MASHG‘ULOT

Gilli tog‘ jinslarning makroskopik o‘rganish

Gilli jinslarning granulometrik tarkibi. Gilli jinslar asosan polidispersli, turli o‘lchamdagi zarrachalardan tashkil topgan bo‘ladi. Ularning orasida diametri 0,005 mm dan kichik bo‘lganlari 30-60 % ni tashkil etadi. Odatda gilli jinslar tarkibida alevrit zarralari va qum donalari ham uchraydi. Ammo ular kam miqdorda bo‘ladi.
Gillarning disperslik darajasi, odatda, ularning mineral tarkibi va hosil bo‘lish sharoitlari bilan bog‘liq. Kolloidlarning koagulyatsiyasi tufayli hosil bo‘lgan montmorillonitli gillar yuqori disperslikka ega bo‘ladi. Disperslik darajasi bo‘yicha gillar mayda, yirik va polidispers turlarga bo‘linadi.
Gillar vaqt o‘tishi bilan yuqori harorat va bosim ta’sirida argillitlarga va gilli slanetslarga aylanib ketadi.
Gilli jinslarning tasnifi ularning xossalari, kelib chiqishi va mineral tarkibiga asoslangan. Gilli jinslar mineralogik tarkibiga ko‘ra gidroslyudali, kaolinitli, galluazili, montmorillonitli, nontronitli, paligorskitli, sepiolitli, xloritli hamda ikki va undan ko‘p minerallaridan iborat bo‘lgan murakkab tarkibli turlarga bo‘linadi.

Gidroslyudali gillar (illitlar).

Gidroslyudali gillar gilli jinslar orasida eng keng tarqalgan guruh hisoblanadi. Ularning bunday keng tarqalganligini turli fizik-kimyoviy sharoitlarda bardoshligi bilan tushuntirilishi mumkin. Ular nurashning dastlabki bosqichida hosil bo‘lgan gil minerallari va bo‘lakli minerallari zarralaridan iborat bo‘ladi.
Ko‘pchilik gidroslyudali gillar kelib chiqishi bo‘yicha kaolinitlarga yaqin. Ularning orasida gidroslyuda-kaolinitli, kaolinit-gidroslyudali gillar kabi oraliq turlari ajratiladi.
Gidroslyudali gillar nam iqlim sharoitida silikatli jinslarning nurashi tufayli hosil bo‘ladi va kimyoviy nurashning birinchi bosqichi mahsuloti hisoblanadi. Gidroslyudaga boy bo‘lgan nurash qobig‘i yuvilishi tufayli ikkilamchi gidroslyudali gillar hosil bo‘ladi.
Gidroslyuda minerali o‘lchami 1-20 mkm li chegaralari aniq varaqsimon shaffof va yarimshaffof kristallardan iborat bo‘ladi.
Gidroslyudali gillarda asosiy jins hosil qiluvchi mineral – gidroslyudadir. Ikkinchi darajali minerallar kaolinitdan, ba’zan montmorillonitdan, aralash-qatlamli hosilalardan va boshqa minerallardan iborat bo‘ladi. Gidroslyudali gillar sezilarli darajada terrigen qo‘shimchalarga: kvars, dala shpatlari, slyudalar va boshqalarga ega bo‘ladi. Shuningdek ularda yangidan hosil bo‘lgan autigen minerallar (masalan, karbonatlar, sulfatlar) kuzatiladi. Ba’zan organik moddalar bilan boyigan bo‘ladi.
Kimyoviy tomondan gidroslyudali gillar kaolinitlardan ishqorlar miqdorining yuqoriligi bilan farq qiladi. Makroskopik tomondan gidroslyudali gillar g‘ovak, u yoki-bu darajada zichlashgan kul rangli, to‘q kul rangli, oq, yashil va ola-bula rangli bo‘lgan bir jinsli qatlamli tuzilishga ega. Suvda tezda o‘tkir uchli bo‘laklarga parchalanib ketadi Ularning adsorbsion xossalari (yutilish sig‘imi) kaolinitlarnikiga qaraganda yuqori, ammo montmorillonitlarnikiga qaraganda pastdir.
Gidroslyudali gillar kelib chiqishi bo‘yicha kaolinitli gillarga o‘xshash bo‘lib, odatda aralash tarkibli: gidroslyudali-kaolinitli kaolinit-gidrosyudali, gidroslyuda-montmorillonitli, montmorillonit-gidroslyudali gillar hosil qiladi.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling