4- amaliy mashg’ulot Mavzu: Avtomatik kalitlar konstruksiyalari va ularni tanlashga doir hisoblar


Download 326.31 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi326.31 Kb.
#1793388
Bog'liq
4- amaliy mashg\'ulot Avtomatik


4- amaliy mashg’ulot
Mavzu: Avtomatik kalitlar konstruksiyalari va ularni tanlashga doir hisoblar


4.1. Avtomatik burg‘ilash kalitlari
Burg‘ilash qurilmasi chig‘irning aniq yuk kо‘taruvchanligi bilan jamlanadi. Burg‘ilash quvurlarini qulfli birikmalarini burab mahkamlash va burab ajratib olish ishlarini mexanizatsiyalash uchun AKB-3M avtomatik burg‘ilash kalitlaridan PKB-1 osma kalitlar, PKR-560 pnevma PKB-1 tik qamrovchi ponalardan, burg‘ilash quvurlarini mexanik qamrashda va bо‘shatishda foydalaniladi. AKB-3M kaliti (8.12-rasm) chig‘ir va rotor poydevori oralig‘iga о‘rnatiladi.
Kalitning asosiy qismlari kalitlar bloki (1), pnevmatik silindrli aravacha (2), ustun (3) va boshqaruv pultlari (4) hisoblanadi.
Burg‘ilash quvurlarini burab mahkamlash va burab ajratib olish jarayonlari aravachaga montaj qilingan kalitlar bloki yordamida amalga oshiriladi. Kalitlar bloki ikkita pnevmatik silindrlar yordamida yо‘nalish bо‘yicha: rotorda о‘rnatilgan burg‘ilash quvuriga yoki undan qaytma yо‘nalishda siljitadi.
Qisuvchi qurilmalar kalitlar blokining harakatlanish mexanizmi kabi, pnevmatik silindrlardan iborat va boshqaruv pulti (4) yordamida qо‘shiladi. Shu maqsadda tizimga resiverdan siqilgan havo beriladi. Sо‘nggi yillarda AKB-3M2 kalitlari konstruksiyasi asosida AKB-3M kalitlari, AKB-3M2 burg‘ilash kaliti bazasida AKB-3M2-E2 kaliti ishlab chiqarilgan.







4.1.-rasm. AKB-3M burg‘ilash kaliti:
1-kalitlar bloki; 2-pnevmatik silindrli aravacha; 3-ustun; 4-boshqaruv pulti.

Kalit tizmaning pastki qismini burg‘ilash asosiga qattiq mahkamlaydi. Kalit ishini boshqaruv pulti oraliq masofadan boshqarilishini ta’minlaydi.




4.2. Burg‘ilash shtroplari (sirg`alari)

Burg‘ilash shtroplari burg‘ilash ilgakini va elevatorlarni birlashtiruvchi zveno hisoblanadi va unga burg‘ilash jihozlari yoki himoyalash quvurlari osiladi. Shtroplar yuk kо‘tarish bо‘yicha 0,25 (25), 0,5 (50), 075 (75), 1,25 (125), 2,0 (200) va 3,0 (300) MN (T). Yuk kо‘tarish imkoniyati 0,25 , 0,5 va 0,75 Mn shtroplar quduqlarni ta’mirlashga mо‘ljallangandir.


Shtroplar konstruksiyasi bо‘yicha ikki xil tipda: bir va ikki torli (8.13-rasm).

4.3. Burg‘ilash jarayonini nazorat qilish va boshqarish rejimlari


Burg‘iga beriladigan о‘qli yuklanmani va aylantirish chastotasini optimal kattaligini tanlashda tayanch-texnologik quduqlarni burg‘ilashdagi tadqiqot natijalaridan foydalaniladi yoki xuddi shunday geologik sharoitlari о‘xshash bо‘lgan maydondagi ma’lumotlardan hamda matematik statistika ma’lumotlarilaridan foydalaniladi.


Agarda burg‘ilash ishlari yangi maydonda olib borilayotgan va tayanch-texnologik quduqlar burg‘ilanmagan bо‘lsa, statik ma’lumotlar yetarli bо‘lmaydi va tog‘ jinslarining xossasi haqida tahliliy ma’lumotlar taqdim qilinadi, о‘qli yuklanma tanlangan burg‘iga nisbatan yaqinroq beriladi, pasport ma’lumotlari va burg‘ilash tajribasi geologik sharoitga о‘xshash bо‘ladi.
Rotorli burg‘ilashni ratsional qо‘llanilish sohasi quyidagicha:
1. Chuqur quduqlarda oraliqlarni sharoshkali burg‘ilar yordamida burg‘ilashda reysli о‘tish tezligining maksimal oshirishda va burg‘ining optimal aylanish chastotasi (3.7 – 10.5) rad/sek yoki (35 – 150) ay/daq chegarasida ushlanadi.
2. Qalin plastik gillarni, zich gilli–slaneslarni va boshqa tog‘ jinslarini burg‘ilashda uch kurakli va uch sharoshkali yirik tishli va katta qadamli burg‘ilardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Burg‘ining sumagidan (nasadkasidan) burg‘ilash eritmasini yuqori tezlikda oqib chiqishini (100-120 m/s) ta’minlashda burg‘ilash nasosidan kuchaytiriladigan katta qismdagi gidravlik quvvat amalga oshiriladi.
3. Ayniqsa, chuqur joylashgan oraliqlarning diametri 190,5 mm- bо‘lgan burg‘ilarda amalga oshirish (faqat tarmoqli – gorizontal quduqlardan tashqari).
4. Elektrobur afzallikka ega bо‘lmaganda yoki foydalanishni imkoniyati bо‘lmaganda og‘irlashtirilgan burg‘ilash eritmalarining zichligini 1,7÷1,8 g/sm3 bо‘lganda talab qilingan sharoitdagi quduqlarni burg‘ilashda qо‘llaniladi.
5. Yuqori haroratga ega bо‘lgan (140-150 oC dan yuqori) va quduqning stvol zonasida yoki burg‘ilash eritmalarini kuchli yutilishi sodir bо‘ladigan murakkabliklarda burg‘ilashda qо‘llaniladi.



Download 326.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling