Xo‘jalik mexanizmi tushunchasi va uning moxiyati Savdoning xo‘jalik mexanizmi, uning elementlari Matlubot kooperatsiyasining xususiyatlari va xo‘jalik mexanizmi


Download 14.58 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi14.58 Kb.
#1230100
Bog'liq
Документ DOCX


Reja:

  1. Xo‘jalik mexanizmi tushunchasi va uning moxiyati 2.Savdoning xo‘jalik mexanizmi, uning elementlari 3.Matlubot kooperatsiyasining xususiyatlari va xo‘jalik mexanizmi. 1. Har qanday milliy iqtisdiyot tabiiy resurslari, ishchi kuchi, texnalogiya, zaruriy tadbirkorlik va boshqaruv ko‘nikmalaridan iborat mexanizmdan tashkil topadi. Jamiyatning asosiy maqsadi inson ehtiyojlari kelajagini ko‘ra bilish va qondirishdan iborat. Bu esa tavar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash orqali amalga oshadi. Ushbu vazifalarni maksimal samarali bajarish uchun kapital va menijment zarur bo‘ladi. Iqtisodiyotni iste’molchilar, tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar va davlat harakatga keltiradi. Uning xo‘jalik mexanizmi orqali amalga oshadi. Xo‘jalik iyexanizmi deganda nazariy jixatdan (jamiyat barcha soxalaridagi faoliyatlaridagi faoliyatlarni) amalga oshirish va tartipga solish uchun ishlatiladigan tashkiliy-iqtisidiy shakl va usullar yig‘indisiga tushunamiz. Konkret sharoitda xo‘jalik mexanizm-bu tashkiliy tuzulmalar (tarkib), xo‘jalik yuritish shakllari, boshqaruv usullari, huquqiy normalar majmuasi orqali iqtisodiy qonunlar talablarini jamiyat tomonidan ishlatish. Xo‘jalik mexanizmining elementlariga qo‘yidagilar kiradi: rejalashtirish, boshqaruvni tashkiliy( tarkib) tuzulmasi, baho, huquqiy normalar, vositalar (soliq, kredit, sanksiyalar, to‘lovlar, byudjetga, ish haqi, rag‘batlantirish fondi). Xo‘jalik mexanizmi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimi ichida amal qiladi. Shu sababli, xo‘jalik mexanizmi mohiyatini qo‘yidagicha maqsadga ifodalash muvofiq deb hisoblaymiz. Xo‘jalik mexanizmi moxiyati xo‘jalik subektlarini tavavrlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste’mol qilish jarayondagi iqtisodiy faoliyatlarini yagona aloqalar tizimida keltirishda nomoyon bo‘ladi. Ushbu jarayonda xo‘jalik mexanizmi bir qator funksiyalarini bajaradi. Ularga baxolash tashkiliy-boshqaruv, taqsimlash, ayriboshlash, iste’mol tarkibini shakllantirish, rag‘batlantirish, takror ishlab chiqarish ishtirokchilarini jamiyatdagi ishtimoiy va iqtisodiy javobgarligini taminlash kabilarini kiritish mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqib xo‘jalik mexanizmini ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan o‘zaro bog‘liqligini qo‘yidagicha yoritish zarur. Birinchidan, ishlab chiqarish munosabatlari soxasi bilan aloqasi. Ushbu soxada xo‘jalik mexanizmi ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan barcha iqtisodi munosabatlarni qamrab oladi. Masalan: ¾ ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish bo‘yicha munosabatlar; ¾ ishlab chiqarish korxonalarini tarmoqlar, region, davlat va davlatlararo miqyosida kooperatsiyalashrish munosabatlari; ¾ tabiiy, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan foydalanish munosabatlari; ¾ investitsiyalash munosabatlari; ¾ mahsulotlarni baholash munosabatlari va hakozolar. Ikkinchidan, taqsimot sohasidagi munosabatlar: ¾ tabiiy boyliklar, mehnat, moddiy resurslarni xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida taqsimlash (bu taqsimot pul daromadlarini, ishchi kuchini, moddiy texnik quvvatlarni va tabiiy boyliklarni taqsimlashda o‘z ifodasini topadi); ¾ davlat va xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida daromadlarni taqsimlash; ¾ xo‘jalik sub’ektlariaro, ular ichida, ya’ni xo‘jalik sub’ektlari va ishchi xizmatchilar, aksionerlar o‘rtasida daromad taqsimoti va boshqalar. Uchinchidan, ayriboshlash jarayonidagi munosabatlar. To‘rtinchidan, iste’mol sohasidagi munosabatlar. Ushbu munosabatlar bir-biri bilan tig‘iz bog‘liq bo‘lib, bir biriga qo‘shilib ketadi, biri-biriga aylanadi. Bu to‘rt xil munosabatlar makroiqtisodiy, mezoiqtisodiy va mikroiqtisodiy darajalarda namoyon bo‘ladi. Masalan, makroiqtisodiy darajada xo‘jalik mexanizm jamiyatni boshqarish bilan bog‘liq funksiyalarni bajaradi. Milliy iqtisodiyotni ishlab chiqarish tarkibini (4.1.1-chizmada) va jamiyatning xo‘jalik muxanizmining tuzilishini ifoda qilish mumkin. Ijtimoiy ishlab chiqarish (Milliy iqtisodiyot) Tarmoqlar, sohalar Birlashmalar, korporatsiyalar konsorsiumlar, kompaniyalar Aksioner jamiyatlar Korxonalar Jamiyat (davlat) Shahar x.m. Tuman x.m. Turli xildagi jamiyatlar, boshqarmalar, konserinlar, korporatsiyalar va hokazolar x.m. Korxona xo‘jalik mexanizmi Tarmoqlar va sohalarni 4 xil katta guruhlarga bo‘lish mumkin. Birinchisi - o‘z ichiga tabiiy boyliklarni, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini, daryolar, dengizlar, okeanlar, o‘rmon resurslarini ishlab chiqaruvchi va qayta ishlab chiqarish sanoatlariga yetkazuvchi tarmoqlar. Ikkinchisi - tabiiy boyliklarni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini daryolar, dengizlar, okeanlar, o‘rmon resurslarini qayta ishlab chiqaruvchi tarmoqlar. Uchinchisi - birinchi va ikkinchi guruhdagi tarmoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar (transport, aloqa, kommunal xo‘jalik, savdo-sotiq, tijorat, ta’minot kabilar). To‘rtinchisi - boshqaruv, yurispriditsiya, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa aholiga xizmat ko‘rsatuvchi sohalardan iboratdir. Bu darajada vazirliklar, komitetlar va boshqa tarkibiy tuzilmalar tuziladi, davlat miqqiyosida programmalashtirish, rejalashtirish, davlat mulkidagi korxonalarni boshqarish, jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish, pul muomalasini ta’minlash, kredit, soliq tizimlarini ishga solish, davlat buyurtmalarini bajarish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, mudofani, tashqi aloqalarni ta’minlash va boshqa ishlar amalga oshiriladi. Mezoiqtisodiy darajada tarmoqlararo va sohalararo munosabatlar amalga oshiriladi. Ushbu aloqalar oldi-sotdi shartnomalari asosida alohida tarkibiy tuzilmalar yaratilmasdan amalga oshiriladi. Ayrim hollarda tarmoqlararo birlashmalar yoki korporatsiyalar tuzilishi mumkin. Mikroiqtisodiy darajada – xo‘jalik sub’ektlarni xo‘jalik mexanizmi nazarda tutilmoqda. 2. Savdoning xo’jalik mexanizmi elementlari, Bozor iqtisodiyoti sharoitida savdo korxonalari faoliyatini o‘rganish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, uning muammolarini aniqlash, ularni yechimini topish kabi ishlar murakkab jarayon bo‘lib, ularni hal qilish uchun quyidagilardan kelib chiqish zarur deb hisolaymiz.

Birinchidan, savdoning kelib chiqishi, mohiyatini ilmiy asoslagan holda yoritish.
Ikkinchidan, savdoning jamiyatdagi tutgan o‘rni, ahamiyatini aniqlab olish.
Uchunchidan, savdoda vujudga keladigan iqtisodiy, tashkiliy va boshqarish muammolarini aniqlab olish. Bu esa o‘z vaqtida savdo jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarini, uning xo‘jalik mexanizmini chuqur bilishni taqozo qiladi. To‘rtinchidan, savdoni tashkil qilish jarayoni, savdo korxonalari va shaxobchalari faoliyatining holatini rivojlantirish tendensiyalarni o‘rganish. Beshinchidan, savdoni tashkil qilishni chet el ilg‘or tajribalarini tahlil qilish, ularni ijobiy va Respublikamiz iqtisodiyotiga mos tomonlaridan foydalanish masalalarni yoritish kabilardir. Tashkiliy-tarkibiy tuzilishi nuqtai nazardan jaxon amaliyotida savdo birbiridan farqlanadigan har xil shakllarga va turlarga bo‘linadi. Mulk shaklidan kelib chiqib savdo xususiy, jamoaviy (kooperativ, aksiyador) davlat va aralash shakllarga bo‘linadi. Tovarlarni ishlab chiqarishdan iste’molchilarga qarabsiljish nuqtai nazaridan ulgurji va chakana savdoga turlanadi. Xududiy tashkillanish jihatidan tashqi va ichki savdoga bo‘linadi. Ushbulardan tashqari ulgurji va chakana savdo tashkiliy-huquqiy jihatlari, tovar bo‘yicha ixtisoslashishi, savdo shaxobchalarining tiplanishi, tovarlarni sotishni takomillashtirish usullarga qarab har xil bo‘ladi. Masalan: 1.Ulgurji savdo universal, ixtisoslashgan, ulgurji vositachilar, harid qiluvchi markazlar, birjalar va hakozolardan tashkil topadi. 2. Chakana savdo universal, franshiza, supermarket, gipermarket, market, ixtisoslashgan oziq-ovqat, posilka orqali savdo, magazindan tashqari, ya’ni ko‘chma savdo, savdo uylari, savdo markazlari, o‘z-o‘ziga xizmat qilish savdo shaxobchalari, bozor savdosi, laryoklar, kiosklar, pavilionlar, savdo avtomatlari va hokozolarga turlanadi. Savdoning xo‘jalik mexanizmi, uning jamiyatdagi tutgan o‘rni, xususiyatlari, bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqadi. Savdo bozor iqtisodiyotining tarkibiy ajralmas qismi bo‘lmish «Bozor»ning bir sohasi sifatida iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishdan iste’molchilarga oldisotdi jarayoni orqali yetkazishdek mukammal funksiyani bajaradi
Download 14.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling