“Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi” davlat korxonasining tashkiliy tuzilmasiga 5 ta boshqarma va 3 ta mustaqil bo‘lim kiradi.
BOSHQARMALAR
MOLIYA BOSHQARMASI
Boshqarma Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining mustaqil bo‘linmasi bo‘lib, ikkita bo‘limdan iborat: - buxgalteriya hisobi va hisobot bo‘limi; iqtisodiy tahlil va mijozlar bilan hisob-kitoblar bo‘limi.
Boshqarmaning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- shartnoma majburiyatlarini yuritish va Markaziy depozitariyning mijozlari bilan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
- Markaziy depozitariyning faoliyatiga taalluqli asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish va iqtisodiy tahlil qilish;
- asosiy depozitar faoliyati uchun amalga oshiriladigan xizmatlarning bajarilishini hisobga olish.
Boshqarma belgilangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- hisob siyosatini shakllantirish;
- buxgalteriya hisobining ichki hujjatlari shakllarini ishlab chiqish;
- xatlovni o‘tkazish tartibini ta’minlash;
- xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishni nazorat qilish;
- Markaziy depozitariyda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etish;
- Markaziy depozitariyning faoliyati, mulkiy holati, daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi to‘liq va ishonchli buxgalteriya ma’lumotlarini shakllantirish;
- mol-mulk, majburiyatlar va xo‘jalik operatsiyalari, asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar va pul mablag‘larining hisobini yuritish;
- moliyaviy hujjatlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish;
- ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar yuritilishini ta’minlash;
- budjetga soliq va yig‘imlarni, budjetdan tashqari davlat ijtimoiy fondlariga sug‘urta badallarini, bank muassasalariga to‘lovlarni hisoblash va o‘tkazish;
- Markaziy depozitariyning xo‘jalik- moliyaviy faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishda ishtirok etish;
- Markaziy depozitariyning daromadlar va xarajatlar smetasi loyihasini ishlab chiqish;
- ko‘rsatilgan xizmatlar uchun mablag‘lar kelib tushishining hisobini yuritish;
- Markaziy depozitariyning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarini nazorat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |