Tikuv-trikotaj sanoatida innovatsion texnologiyalar, ishlab chiqarishdagi muammo, tahlil va sohani rivojlanish istiqbollari
Download 439.5 Kb.
|
AXBOROT XATI Tikuv trikotaj sanoatida innovasion texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tikuv-trikotaj sanoatida innovatsion texnologiyalar, ishlab chiqarishdagi muammo, tahlil va sohani rivojlanish istiqbollari
- Konferensiyaning rasmiy tillari: o’zbek, rus va ingliz .
- Konferensiyaning asosiy tadbirlari
- Maqolalarni tayyorlash talablari
- Maqola matnining tuzilishi va joylanishi
- Aloqa o’rnatish uchun telefonlar
“Tikuv-trikotaj sanoatida innovatsion texnologiyalar, ishlab chiqarishdagi muammo, tahlil va sohani rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya AXBOROT XATI (Namangan, 2022 yil 7-8-oktyabr) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 martdagi 101-F sonli Farmoyishi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «To’qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo’llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo’lmaydigan chora-tadbirlar to’g’risida» gi 2020 yil 5 maydagi PF-5989-son Farmoni va «Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi 2019 yil 16 sentyabrdagi PQ-4453-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, to’qimachilik va tikuv-trikotaj sohasini yanada takomillashtirish maqsadida, 2022 yil 7-8 oktyabr kunlari Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Tikuv-trikotaj sanoatida innovatsion texnologiyalar, ishlab chiqarishdagi muammo, tahlil va sohani rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkaziladi. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish uchun quyidagi yo’nalishlar bo’yicha materiallar taqdim etish mumkin: - Innovatsion texnologiyalarni joriy etish asosida yengil sanoat korxonalari iqtisodiy salohiyatini oshirish chora tadbirlari; - Tikuv-trikotaj sohasida turli assortimentlarni yangi dizayni va texnologiyasini yaratish; - Tikuv-trikotaj sanoatida innovatsion texnologiyalar; - Tikuv-trikotaj sanoatida kadrlar tayyorlashning innovatsion yondashuvlari; - Dizayn va yengil sanoat sohasida yangi assortimentlar yaratish texnologiyalari; - Tikuv-trikotaj sanoatida charm va mo’yna buyumlari dizaynini yaratishda kreativ yondashuvlar; - To’qimachilik va yengil sanoatda innovatsion texnologiyalar; - Paxtani dastlabki ishlash va to’qimachilik sohalarini integratsiyalash hamda ulardagi texnologik jarayonlarga innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish; - Ipakchilik sanoatini rivojlantirish istiqbollari; - Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish istiqbollari; - Paxta, to’qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari sifatini xalqaro standartlar asosida baholash va boshqarishning innovatsion yechimlari. Konferensiyaning rasmiy tillari: o’zbek, rus va ingliz. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish uchun to’liq 3-5 sahifa hajmda va puxta tahrirlangan materiallar to’plamda chop etiladi. Konferensiyaga maqola berish uchun 2022 yil 1-oktyabrgacha mr.bahrom91@mail.ru elektron manziliga yoki telegram orqali +998941573812 (https://t.me/DB_NamMTI), +998932655505 raqamlariga yuborishingiz mumkin. Konferensiyada ZOOM dasturi orqali onlayn ravishda ishtirok etuvchilar uchun telegram guruhga konferensiya boshlanishidan 1 kun oldin havola joylanadi. Telegram guruh havolasi https://t.me/nammtiysmkt Konferensiyaning asosiy tadbirlari: Anjumanga chet mamlakatlar olimlari, korxona, kompaniyalar, klasterlar va vazirlik mutaxassislari, professor-o’qituvchilar, doktorantlar, izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlar va talabalar taklif etiladi. Anjuman materiallari chop etiladi va konferensiyada ishtirok etgan mualliflarga elektron nusxada tarqatiladi. Tadqiqotlar yo’nalishlari bo’yicha eng yaxshi ilmiy ma’ruzalar mualliflari sertifikatlar bilan taqdirlanadilar. Maqolalarni tayyorlash talablari: - Matn formati: Microsoft Word 2007-2010 (*.doc, .docx); - Sahifa formati: A4 (210X297 mm); - Hoshiya (yuqoridan, pastdan, o’ngdan, chapdan); 2,0 x 2,0 x 2,5 x 1,5 sm; - Shrift: Times New Roman, o’lchami (kegl) – 14; - Qator oraliq intervali: 1,5 (bir yarim); Maqola matnining tuzilishi va joylanishi: - maqolaning nomi (katta harflarda, qalin shrift, o’rtadan yoziladi); - muallif(lar)ning F.I.Sh. to’liq (kichik harflarda, qalin shrift, o’rtadan yoziladi); - ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, lavozimi (o’rtadan yoziladi); - ish (o’qish) joyi (o’rtadan yoziladi); - annotasiya (kegl 12 kursivda, hajmi 20 so’zdan kam bo’lmagan, eni bo’yicha yoziladi); - tayanch so’zlar (kegl 12 kursivda, 5 ta so’zdan kam bo’lmagan, eni bo’yicha yoziladi); - bir qator tashlab – maqolaning asosiy matni (kegl 14, qatorlar oraliq intervali; - 1,5, xat boshi – 1,25 sm, eni bo’yicha yoziladi); - foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati (eni bo’yicha yoziladi). To’lov rekvizitlari: Konferensiya materiallari to’plami mualliflar hisobidan nashr etilishini e’tiborga olib, qabul qilingan maqolalarning har bir sahifasi uchun mualliflar 15 000 (o’n besh ming) so’m miqdorda tashkiliy badal mablag’larini to’lashlari lozim. (Maqola va tezislarga to’lovni plastik karta orqali amalga oshirish mumkin: 9860 1901 0541 6241 (HUMO) BAKHROMJON DADAMIRZAEV). To’lov maqsadi-NamMTI, YSMKT kafedrasi xorijiy konferensiyasi deb ko’rsatilishi kerak. To’lovni tasdiqlash uchun to’lov to’g’risidagi ma’lumot (SKRINSHOT olingan holda maqola yuborilgan telegram manziliga) yuborishingiz so’raladi. Konferensiya materiallari to’plami mualliflar matnidan bevosita o’zgartirishsiz chop etiladi. Shuning uchun maqoladagi grammatik va imloviy xatolar uchun mualliflar javobgardir. Aloqa o’rnatish uchun telefonlar : +998943073947 PhD, Maqsudov N.B. +998941573812 Dadamirzayev B.B. +998932655505 Ismatullayev N.A. Tashkiliy qo’mita manzili: 160115. Namangan shahri, Kosonsoy ko’chasi, 7-uy. Download 439.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling