Belgilangan vazifalarga muvofiq bo‘lim quyidagi asosiy funksiyalarni amalga oshiradi:
Markaziy depozitariyning faoliyati to‘g‘risidagi axborot, hisobot, statistika, tahliliy, infografik, yangiliklar, taqdimot, imidj, reklama va boshqa materiallarni tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish;
Markaziy depozitariyning rasmiy veb-saytini yuritish;
Markaziy depozitariyning ijtimoiy tarmoqlardagi (Facebook, Telegram, Instagram, Youtube, LinkedIn, Twitter va boshqalar) rasmiy sahifalarini yuritish;
jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va tashkil etish;
Markaziy depozitariyning axborot-statistik ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash;
deponentlar, mijozlar va vakolatli davlat organlarining so‘rovlari bo‘yicha axborot-statistik materiallarni tayyorlash;
choraklar va yil yakunlari bo‘yicha Markaziy depozitariy faoliyati to‘g‘risidagi axborot-statistik hisobotlarni, shu jumladan Markaziy depozitariyning yillik hisobotini ishlab chiqish va nashr etish;
Markaziy depozitariy faoliyati bilan bog‘liq materiallar bo‘yicha dizaynerlik ishlarini amalga oshirish;
Markaziy depozitariyning axborot-taqdimot materiallarini tayyorlash;
Muqovalash ishlarini bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |