Boshqarmalar moliya boshqarmasi


BIZNES-JARAYONLARNI RIVOJLANTIRISH, YANGI XIZMATLARNI JORIY


Download 120.5 Kb.
bet2/8
Sana03.12.2023
Hajmi120.5 Kb.
#1798895
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Основные функции управлений ЦД узб лотин

BIZNES-JARAYONLARNI RIVOJLANTIRISH, YANGI XIZMATLARNI JORIY ETISH VA XALQARO HAMKORLIK BOSHQARMASI

Boshqarma Markaziy depozitariyning mustaqil tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, ikkita bo‘limdan iborat: - biznes-jarayonlarni rivojlantirish va yangi xizmatlarni joriy etish bo‘limi; xalqaro hamkorlik bo‘limi.


Boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- qimmatli qog‘ozlar bozorida Markaziy depozitariy faoliyatining yangi yo‘nalishlarini, shu jumladan xalqaro tajribani chuqur o‘rganish asosida aniqlash;
- biznes-jarayonlarini takomillashtirish, asosiy ma’muriy va operatsion jarayonlarni optimallashtirish;
- Markaziy depozitariyning xorijiy depozitariylar, moliya institutlari, shuningdek chet el moliya bozorlarida faoliyat yurituvchi boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
- Markaziy depozitariy faoliyati sohasida xorijiy hamkorlar bilan tajriba va axborot almashish.
Belgilangan vazifalarga muvofiq Boshqarma quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- Markaziy depozitariyning dolzarb missiyasini shakllantirish;
- Markaziy depozitariyning missiyasidan kelib chiqqan holda va Markaziy depozitariy faoliyatining asosiy tarkibiy qismlariga ta’sir qiluvchi strategik biznesni rejalashtirish: tashkiliy tuzilma, xizmatlar va mahsulotlar, resurslar, korporativ madaniyat va boshqalar.
- biznesni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni o‘rganish va ularni minimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- tasdiqlangan strategiyaning oraliq natijalarini monitoring qilish va zarur hollarda uni tuzatish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- qimmatli qog‘ozlar bozorida Markaziy depozitariy faoliyatini kengaytirish, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari, shu jumladan, professional ishtirokchilar bilan o‘zaro munosabatlarni kengaytirish predmeti yuzasidan qonunchilikka o‘zgartirish/qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash maqsadida amaldagi qonun hujjatlarini tahlil qilish;
- Markaziy depozitariy faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- xorijiy davlatlar fond bozorini, ularda faoliyat ko‘rsatayotgan depozitariylarning shakllari, tuzilmalari va xususiyatlarini o‘rganish, Markaziy depozitariyning muvaffaqiyatli va samarali faoliyat yuritishi uchun qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani o‘zgartirish yoki to‘ldirish bo‘yicha takliflar kiritish;
- fond bozori faoliyatiga oid xalqaro seminarlar, simpoziumlar, konferensiyalar tashkil etishda ishtirok etish;
- depozitariy faoliyatda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida jahon hamjamiyatini xabardor qilish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni ta’minlash shakllari va usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- xorijiy fond bozorlarida faoliyat yurituvchi tashkilotlar bilan tajriba va axborot almashish, shuningdek Markaziy depozitariy xodimlarini ushbu tashkilotlarda amaliyot o‘tash va malakasini oshirish maqsadida aloqalar o‘rnatish;
- xorijiy fond bozorlarida faoliyat yurituvchi tashkilotlar bilan aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish.



  1. Download 120.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling