Boshqarmalar moliya boshqarmasi


MARKAZIY DEPOZITARIYNING MIJOZLARIGA VA DAVLAT ORGANLARIGA XIZMAT KO‘RSATISH BOSHQARMASI


Download 120.5 Kb.
bet3/8
Sana03.12.2023
Hajmi120.5 Kb.
#1798895
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Основные функции управлений ЦД узб лотин

MARKAZIY DEPOZITARIYNING MIJOZLARIGA VA DAVLAT ORGANLARIGA XIZMAT KO‘RSATISH BOSHQARMASI

Boshqarma Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining mustaqil bo‘linmasi bo‘lib, ikkita bo‘limdan iborat: - emitentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi; deponentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi.


Boshqarmaning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
emitentlar bilan emissiyaviy depozitar shartnomalarni tuzish;
emitentlarga depozitar xizmatlar ko‘rsatish;
emitentlarning majburiy korporativ harakatlariga xizmat ko‘rsatish;
emitentlarning korporativ harakatlari davomida savdo tashkilotchilari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va bekor qilish jarayonida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan hamkorlik qilish, shuningdek ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar parametrlariga o‘zgartishlar kiritish;
qimmatli qog‘ozlar va emitentlarning ma’lumotlar bankini shakllantirish va xizmat ko‘rsatish;
emitentning yoki qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining topshiriqnomasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda aksiyadorlarning yozma so‘rovi asosida reyestrlarni shakllantirish;
emitentlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida transfer-agentlar bilan o‘zaro hamkorlik yuritish;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarga xalqaro kodlarni berish;
qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish parametrlariga o‘zgartishlar kiritish, qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini bekor qilish (so‘ndirish);
investitsiya vositachisi va uning mijozlariga tegishli qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlar hisobini yuritish, depozitar operatsiyalarni amalga oshirish, investitsiya vositachilarining hisobvaraqlaridagi qimmatli qog‘ozlar qoldiqlarini solishtirish;
deponentlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va tranfer-agentlar bilan o‘zaro hamkorlik yuritish;
qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va muomalaga chiqarish hamda axborotni oshkor qilish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining davlat va boshqa vakolatli organlari bilan o‘zaro hamkorlik yuritish;
qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va muomalada bo‘lish va axborotni oshkor qilish jarayonida investitsiya vositachilari bilan o‘zaro hamkorlik yuritish;
qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va bitimlarning hisob reyestrini yuritish;
deponentlarga axborot xizmati ko‘rsatish;
Markaziy depozitariy deponentlariga qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish bo‘yicha depozitar xizmatlarni ko‘rsatish;
deponentlarning yagona bazasini yuritish.

Download 120.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling