1-laboratoriya ishi. Shtrix kodlarni о’rganish va hisoblash Ishning maqsadi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana16.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1359578
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Лаборатория ТАЛАБАлар учун



1-LABORATORIYA ISHI. 
 Shtrix kodlarni о’rganish va hisoblash 
1. Ishning maqsadi 
Talablarga shtrix kodlarni о’rgatish va hisoblash usullarini о’rgatishdan iborat. 
2. Asosiy ma’lumotlar
Shtrix-kod ketma-ket almashinib keluvchi qora (shtrix) va oq (probel) rangli, 
turli qalinlikdagi chiziqlardan iborat bо’lib, bu chiziqlarning о’lchamlari 
standartlashtirilgan. Shtrix-kodlar maxsus optik qurilmalar - skanerlar yordamida 
о’qishga mо’ljallangan. Uning vositasida, mikroprotsessorlar orqali shtrixlar 
raqamlarga dekoderlanib, mahsulot haqidagi ma’lumotlar kompyuterga uzatiladi. 
EAN assotsiatsiyasi turli davlatlar uchun kodlar ishlab chiqqan bо’lib, ushbu 
kodlardan foydalanish uchun markazlashgan tarzda litsenziyalar tavsiya etadi. 
Masalan, Fransiya uchun davlat kodi sifatida 30-37, Italiya uchun 80-87 oraliqlari 
tavsiya etilgan. Ba’zi davlatlarning kodlari uch xonali sondan iborat. Masalan, 
Gretsiya -520, Rossiya - 460, Braziliya - 789. 
O'zbekiston Respublikasi shtrixli kodlash tizimi EAN xalqaro tovar 
raqamlash tizimi doirasida ishlab chiqilgan va faoliyat yuritadi, milliy va xalqaro 
kodlash tizimining mos kelishini hamda axborot almashish uchun yagona tilni 
ta'minlaydi 
EAN shtrixli kodlaridan foydalanish ustidan nazorat 
GS1 UZBEKISTAN (EAN 
UZBEKISTAN) 
assotsiatsiyasi va O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish 
agentligi huzuridagi “Shtrixli kodlash markazi” DK tomonidan birgalikda amalga 
oshiriladi 
GS 1 UZBEKISTAN (EAN UZBEKISTAN) (Belgiya, Bryussel) Xalqaro 
assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizga 478 raqamli identifikatsion kod berilgan 
GS 1 UZBEKISTAN assotsiatsiyasi korxonaga unga ro'yxatga olish raqami 
berilgani to'g'risida guvohnoma va EAN tizimiga ko'ra tovar kod tuzilmasini beradi 
O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi 
“Shtrixli 
kodlash va axborot texnologiyalari markazii” DK
 tomonidan o'rnatilgan tartibga 
muvofiq shtrixli kod original-maketi tayyorlanadi va beriladi.Original-maketning 
yuqori qismida albatta 
Davlat reestridagi ro'yxatga olish
 raqami ko'rsatilgan bo'lishi 
kerak. Bu raqamsiz shtrixli kod haqiqiy deb hisoblanmaydi va foydalanishga yo'l 
qo'yilmaydi 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling