1-laboratoriya ishi. Shtrix kodlarni о’rganish va hisoblash Ishning maqsadi


 Asosiy ma’lumotlar, materiallar va о’lchash vositalari


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana16.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1359578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Лаборатория ТАЛАБАлар учун

3. Asosiy ma’lumotlar, materiallar va о’lchash vositalari. 
О’lchash xatoligi- о’lchash natijasini chinakam (haqiqiy) qiymatdan 
chetlashuvini (og’ishuvini) ifodalovchi о’lchashning sifat mezoni. 
О’lchash xatoliklari va ularning tabaqalanishi. 
О’lchash xatoliklari turli sabablarga kо’ra turlicha kо’rinishda namoyon 
bо’lishi mumkin. Bu sabablar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 
– о’lchash vositasidan foydalanishda uni sozlashdan yoki sozlash darajasini 
siljishidan kelib chiquvchi sabablar
– о’lchash obyektini о’lchash joyiga (pozitsiyasiga) о’rnatishdan kelib chiquvchi 
sabablar; 
– о’lchash vositalarining zanjirida о’lchash ma’lumotini olish, saqlash, 
о’zgartirish va tavsiya etish bilan bog’liq sabablar; 
– о’lchash vositasi va obyektiga nisbatan tashqi ta’sirlar (temperatura yoki 
bosimning о’zgarishi, elektr va magnit maydonlarining ta’siri, turli tebranishlar 
va hokazolar) dan kelib chiquvchi sabablar; 
– о’lchash obyektining xususiyatlaridan kelib chiquvchi sabablar; 
– operatorning malakasi va holatiga bog’liq sabablar va shu kabilar. 
О’lchash xatoliklarini kelib chiqish sabablarini tahlil qilishda eng avvalo 
о’lchash natijasiga salmoqli ta’sir etuvchilarini aniqlash lozim bо’ladi. 
О’lchash xatoliklari u yoki bu xususiyatiga kо’ra quyida keltirilgan turlarga 
bо’linadi: 
I. О’lchash xatoliklari ifodalanishiga qarab quyidagi turlarga bо’linadi: 
Absolyut (mutlaq) xatolik. Bu xatolik kattalik qanday birliklarda ifodalanayotgan 
bо’lsa, shu birlikda tavsiflanadi. Masalan, 0,2 V; 1,5 

m va h.k. Mutlaq xatolik 
quyidagicha aniqlanadi: 

 = A
x
 - A
ch
 

 A
x
 - A
o

bunda, A
x
- о’lchash natijasi; 
A
ch
- kattalikning chinakam qiymati; 
A
o
- kattalikning haqiqiy qiymati. 
Absolyut xatolikni teskari ishora bilan olingani tuzatma (- popravka) deb 
ataladi. 
-

= δ;
 
Odatda, о’lchash asboblarining xatoligi keltirilgan xatolik bilan belgilanadi. 


Absolyut xatolikni asbob kо’rsatishining eng maksimal qiymatiga nisbatini 
protsentlarda olinganiga keltirilgan xatolik deb ataladi. 
%
100
A
max
x
k






Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling