1-laboratoriya ishi. Shtrix kodlarni о’rganish va hisoblash Ishning maqsadi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/14
Sana16.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1359578
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Лаборатория ТАЛАБАлар учун

vositalarini qiyoslash deyiladi. 
Shunday qilib, o‘lchash vositalarini darajalash, kalibrlash, qiyoslash bilan 
kattalik birligi o‘lchamlarini o‘lchash vositalariga uzatish amalga oshiriladi. Bu 
metrologik amallar berilgan o‘lchash vositalari yordamida olingan kattalik qiymati, 
shu kattalikka tegishli aniqroq ma’lum qiymati bilan solishtirib o‘tkaziladi.
Bu amallar yordamida o‘lchash vositalarini yuqori aniqlikdagi o‘lchash 
vositalari bilan solishtirilishi natijasida birlik o‘lchamlari tegishli etalonlarda qayta 
yaratilgan va (yoki) saqlanadigan birlik o‘lchamiga keltiriladi.
O‘lchash vositalarini darajalashda, kalibrlashda, qiyoslashda davlat etalonlari 
qo‘llanilmaydi.
Bu unikal vositalar davlatni texnik mustaqilligining asosi, milliy iftixori 
hisoblanadi.
Shuning uchun kattalik birligini markazlashtirilgan qayta tiklashda yuqori 
talabli, metrologik o‘zaro tobe, ierarxik birlik o‘lchamlarini uzatish tizimi 
yaratilgan. 


Bu tizimda birlik o‘lchamlari etalonlardan maxsus mo‘ljallangan namunaviy 
o‘lchash vositalari yordamida uzatiladi. 
2-rasm. Kattalik birliklari o‘lchamlarini uzatish tizimining strukturasi 
Namunaviy o‘lchash vositalarining o‘ziga xos xususiyligi shundan iboratki, 
bu o‘lchash vositalari faqat birlik o‘lchamlarini uzatish amallarida ishlatiladi. 
Namunaviy o‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlarini (tavsiflarini) uzoq 
muddatli barqarorligini ta’minlash maqsadida ularni boshqa maqsadlarda ishlatish 
man etiladi.
Birlik o‘lchamlarini uzatish bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘lchashlar uchun 
qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari ishchi o‘lchash vositalari deb ataladi.
O‘lchash vositalarini namunaviy va ishchi vositalarga bo‘linishi, qandaydir 
darajada, shartli bo‘lib, o‘lchash vositalarining faqat metrologik vazifasidan 
aniqlanadi va ko‘p hollarda, ularning konstruktiv yoki boshqa xususiyatlari bilan 
bog‘liq bo‘lmaydi. Faqat juda kam (chegaralangan sondagi) sonli o‘lchash 
vositalarining turlari maxsus loyihalanadi va namunaviy o‘lchash vositalari sifatida 
ishlab chiqariladi. O‘lchash vositalarining asosiy massasi ularning metrologik 
funksiyasini ko‘rsatmasdan ishlab chiqariladi. Keyin ekspluatatsiya jarayonida 
o‘lchash vositalarining muayyan nusxalari namunaviy o‘lchash vositalari sifatida 
qo‘llanilishi uchun tanlab olinadi.
O‘lchash vositalarini namunaviy o‘lchash vositalari (NO‘V) sifatida 
tasdiqlash, davlat metrologik xizmati organi tomonidan bu o‘lchash vositalarini 
metrologik attestatlash jarayonida ularning xossalarini har tomonlama tekshirish 
asosida amalga oshiriladi. 
1-toifali namunaviy 
o`lchash vositalari 
2-toifali namunaviy 
o`lchash vositalari 
3-toifali namunaviy 
o`lchash vositalari 
Etalonlar 
Past 
aniqlikdagi 
ishchi 
o`lchash 
O`rta 
aniqlikdagi 
ishchi 
o`lchash 
Yuqori 
aniqlikdagi 
ishchi o`lchash 
vositalari 
Eng yuqori 
aniqlikdagi 
ishchi o`lchash 
vositalari 


O‘lchash vositalarini namunaviy o‘lchash vositalari (NO‘V) sifatida 
tasdiqlashda asosiy belgilovchi kriteriyasi bo‘lib metrologik xususiyatlarining vaqtli 
barqarorligi va boshqa nusxadagi bir turli o‘lchash vositalariga nisbatan xatolikning 
tasodifiy tashkil etuvchisini kichikligi hisoblanadi. 
O‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlarini barqarorligi ko‘pincha 
ularni ekspluatatsiya qilish intensivligi bilan aniqlanadi, shuning uchun hattoki 
yuqori aniqlikdagi ishchi o‘lchash vositalarini muddatidan oldin metrologik at-
testatlamasdan birlik o‘lchamlarini uzatish amallarida ishlatish man etiladi. 
Namunaviy o‘lchash vositalari o‘zaro metrologik tobeligi bo‘yicha va demak, 
aniqligi bo‘yicha toifalarga bo‘linadi. Birlik o‘lchamini bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) 
etalonlardan olinadigan namunaviy o‘lchash vositalari birinchi toifali etalonlar deb 
hisoblanadi, keyin aniqligi pasayishi bo‘yicha ikkinchi, uchinchi va h.k. toifali 
etalonlar deb yuritiladi. 
Namunaviy o‘lchash vositalari toifalarining soni va har qaysi toifadagi 
namunaviy o‘lchash vositalari (NO‘V) ning soni birlik-o‘lchamini barcha o‘lchash 
vositalariga uzatish uchun yetarli bo‘lishi kerak. 
Shuni ta’kidlash kerakki, birlik o‘lchamini bir o‘lchash vositasidan 
boshqasiga uzatishni har bir bosqichida xatoliklarni to‘planishi kuzatiladi. Shuning 
uchun, qanchalik namunaviy o‘lchash vositalarining toifalari soni ko‘p bo‘lsa, 
shunchalik past aniqlikni kafolatlash mumkin va aksincha, namunaviy o‘lchash 
vositalarini toifalari soni kam bo‘lsa, birlik o‘lchamini operativ tarzda ta’minlash 
maqsadida har bir toifali namunaviy o‘lchash vositalarining sonini ko‘paytirish 
kerak bo‘ladi. Bu holda etalonni ishlatilishini intensivligini oshiradi, bu esa 
etalonning talab etiladigan metrologik xususiyatlarini muddatidan oldin buzilishga 
olib keladi. 
Shuning uchun namunaviy o‘lchash vositalarining toifalarini optimal sonini 
aniqlash o‘lchanadigan kattaliklarning har biri uchun murakkab texnik-iqtisodiy 
masala bo‘lib hisoblanadi. 
Namunaviy o‘lchash vositalarining toifa sonini aniqlashda etalonni aniqligi 
bo‘yicha zaxirasi, ekspluatatsiya qilinadigan o‘lchash vositalarining har bir aniqlik 
darajasi bo‘yicha umumiy soni va o‘lchash vositalarining vazifasi, shu o‘lchash 
vositalari yordamida nazorat qilinadigan maxsulot narxi va ishchi o‘lchash 
vositalarining talab etiladigan aniqligi hisobga olinadi. 
Shunday tartibda, birlik o‘lchamini uzatish strukturasi har bir o‘lchanadigan 
kattalik uchun MI 83-76 xolatiga muvofiq shakllantiriladi va maxsus sxema 
qiyoslash sxemasi ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling