1-laboratoriya ishi. Shtrix kodlarni о’rganish va hisoblash Ishning maqsadi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana16.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1359578
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Лаборатория ТАЛАБАлар учун

Taqqoslash etaloni 
Nusxa etalon 
Guvoh etalon 
Ishchi etalon 
Birlamchi etalon 


Etalonlarning metrologik tavsiflari GOST 8.381-80 muvofiq ifodalanadi. 
Odatda etalonlar uchun o‘lchash natijalarini o‘rtacha kvadratik og‘ishi bo‘yicha 
ifodalangan birlikni qayta tiklashdagi tasodifiy xatoligini baxolanishi va 
yo‘qotilmagan muntazam xatoligini baxolanishi ko‘rsatiladi. 
Hozirda etalonlar uchun o‘lchash noaniqligini o‘rnatish, belgilash (aniqlash) 
majburiy talab bo‘lib qoldi. 
Kattalik birliklarini uzatish 
Istalgan o‘lchash amali o‘lchanadigan kattalikning noma’lum o‘lchamini aniq 
o‘lchami bilan solishtirishdan iboratdir. Aniq o‘lcham sifatida tegishli birlikning 
o‘lchami ishlatiladi.
Birlik o‘lchamining saqlovchisi, bu muayyan konkret o‘lchash amalini 
o‘tkazishda qo‘llaniladigan o‘lchash vositasidir. Birlik o‘lchami to‘g‘risidagi 
ma’lumot o‘lchash vositasining ko‘rsatkichida, shkalasida va h.k. ko‘rsatiladi. 
O‘lchash vositasini darajalash – o‘lchash vositasining darajalash tavsifini 
aniqlashdir. Ba’zi hollarda darajalash jadvallari yoki grafiklari tuziladi.
Qoida bo‘yicha, yuqori aniqlikdagi qator o‘lchash vositalari uchun o‘lchash 
natijalarini aniqlanishi uchun kiritiladigan tuzatishni topish zarur bo‘ladi. Buning 
uchun o‘lchov bilan qayta yaratilgan kattalikning xaqiqiy qiymati, yoki o‘lchash 
asbobini shkalasidagi belgilarga tegishli yoki o‘lchash o‘zgartkichlarini chiqish 
signaliga tegishli kattaliklarning haqiqiy qiymatlari aniqlanadi. Bunday metrologik 
muolaja o‘lchash vositalarini kalibrlash deyiladi. Kalibrlash o‘lchash vosi-
talarining haqiqiy metrologik tavsiflarini aniqlash va tasdiqlash maqsadida
belgilangan sharoitlarda bajariladigan amallar majmuidir. 
Kalibrlash natijalari o‘lchash vositasi ko‘rsatadigan, o‘lchanayotgan 
kattalikning haqiqiy qiymatlarini yoki uning ko‘rsatuvlariga kiritiladigan 
tuzatishlarni aniqlashga yoki bu vositalarning xatoligini baholashga imkon beradi.
O‘lchash vositalarining belgilangan texnik talablarga mosligini aniqlash va 
tasdiqlash maqsadida davlat metrologik xizmati idorasi yoki bu ishga vakolatli 
boshqa idoralar (tashkilotlar) tomonidan bajariladigan amallar majmui o‘lchash 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling