1-laboratoriya ishi. Shtrix kodlarni о’rganish va hisoblash Ishning maqsadi
Download 0,61 Mb. Pdf ko'rish
|
Лаборатория ТАЛАБАлар учун
Shtrixli kodlash sohasida:
turli tashuvchilar va firmaga oid o'zi yopishadigan etiketka va yorliqlarda shtrixli kodlarning original-maketlarini tayyorlash; original-maket va upakovkalarda shtrixli kodlar verifikatsiyasi; etiketka, upakovka va tovarda shtrixli kodlar bosilishining sifatini tekshirish; • O‘zbekiston Respublikasida chiqarilgan mahsulotning shtrixli kodlarini Davlat reestriga kiritish; avtomatik tarzda identifikatsiyalash va shtrixli kodlash sohasidagi masalalar bo‘yicha seminar, yig'ilishlar o'tkazish; shtrixli kodlash texnologiyalarini qo'llagan holda avtomatlashtirilgan tizimlarni loyihalashtirish va joriy qilish. Firmaning o’zi yopishadigan etiketka va yorliqlar va turli tashuvchilarda shtrix kodlarning original-maketlarini tayyorlashga talabnoma Davlat interaktiv xizmatlarining yagona portali va “Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi” DK sayti orqali interaktiv shaklda berilishi mumkin. Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan davlatimizda О’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan tovarlarni shtrixli kodlash kiritilmoqda. “GS1 International” (YEAN Uzbekistan) (Belgiya, Bryussel) xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan bizning mamlakatimizga 478 raqamli identifikatlashtirish kodi berildi. U bо’yicha bu tovar qayerda ishlab chiqarilganligini aniqlash mumkin. Mamlakat kodidan keyingi raqamlar tovarni ishlab chiqarayotgan yoki realizatsiya qilayotgan korxonani belgilaydi. Keyingi beshta raqamlar bilan mahsulotning iste’molchilik xossalari о’lchami, massasi, tarkibi, shakli, о’ramining kо’rinishi va boshqa ma’lumotlar shifrlab qо’yilgan. Bu raqamlar qatoriga muvofiq kompyuter yordamida shtrixli kod shakllantiriladi. Oxirgi 13-raqam tekshirish uchun va barcha kiritilgan axborotning shtrixli kodini skaner bilan о’qilishi tо’g’riligini tekshirish uchun ishlatiladi. Shtrixli kodga о’zgarib turuvchi, masalan, sifati va bahosi haqidagi kо’rsatkichlar kiritilmaydi. Asosan EAN ning ikki kodidan kо’proq foydalaniladi:13 razryadli va 8 razryadli raqamli kodlar. Bunda eng ingichka shtrix birlik sifatida olinadi. Har bir raqam (yoki razryad) ikki shtrix va ikki probeldan iborat bо’ladi (1 va 2- rasmlar). 13 razryadli kodning tarkibida quyidagi kodlar kо’rsatiladi: davlat kodi ("davlat bayrog’i"); korxona (firma) - tayyorlovchi kodi; mahsulotning kodi; nazorat soni. Tayyorlovchi korxonaning kodi har bir davlatda tegishli organlar tomonidan tuziladi. Odatda, bu kod beshta raqamdan iborat bо’lib, davlat kodidan keyin keladi. Mahsulot kodi tayyorlovchi tomonidan tuziladi va u ham beshta raqamdan iborat bо’ladi. Bu kodning rasshifrovkasi standart emas, u mahsulotga taalluqli bо’lgan muayyan hususiyatlarni (belgilarni) yoki faqat tayyorlovchining о’zigagina ma’lum bо’lgan va shu mahsulotning qayd etish tartib raqamini ifodalashi ham mumkin. EAN-8 kodi uzun kodlarni belgilab bо’lmaydigan kichik о’ramlar (upakovkalar) uchun mо’ljallangan. EAN-8 kodi quyidagi kodlar tartibidan iborat: davlat kodi (“davlat bayrog’i”); korxona (firma) - tayyorlovchi kodi; nazorat soni. Ba’zan, tayyorlovchi korhona kodining о’rniga mahsulotning qayd etish tartib raqami keltirilishi ham mumkin. Raqamlar qatori skaner uchun emas, balki xaridorlar uchun mо’ljallangan. Talabgor (xaridor) uchun ma’lumot faqat mahsulot tayyorlangan davlatni bildirish bilan chegaralanadi, chunki davlat kodi maxsus nashrlarda va ma’lumotnomalarda keltirilib turadi yoki ma’lumot bazalarida va banklarida saqlanishi mumkin. Tо’liq shtrixli kod tashqi savdo tashkilotlariga yoki savdo obyektlariga mahsulotning aniq kelib chiqish rekvizitlarini bilish va kerak bо’lsa mahsulotning kontrakt (shartnoma) talablariga mos kelmaydigan parametrlari va kо’rsatkichlari borasida aniq manzilga raddiya yoki norozilik bildirish imkoniyatini yaratadi. Nazorat soni EAN algoritmi bо’yicha kodni skaner vositasida tо’g’ri о’qilganligini tekshirish uchun xizmat qiladi. Davlat kodi Tayyorlovchi kodi Mahsulot kodi Nazorat soni 1-rasm. 13 razryadli EAN kodi Markaziy shtrixlar Chetki shtrixlar 890 1069 04555 6 2-rasm 8 razryadli EAN EAN коди 5 0 1 2 3 4 5 2 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling