Maktabgacha pedagogika”
Download 52.36 Kb.
|
2 5211039951440844378
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: 6-7 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari
- Termiz 2022 MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………….3 I BOB TAYYORLOV GURUHI TARBIYALANUVCHILARINING RIVOJLANISHINING ASOSLARI
- II BOB 6-7 YOSH BOLALARNING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI 2.1
- Xulosa
- KIRISH Kurs ishining dolzarbligi
O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVЕRSITЕTI PEDAGOGIKA INSITITUTI MAKTABGACHA VA TEXNOLOGIK TA’LIM FAKULTETI “MAKTABGACHA TA’LIM ” KAFEDRASI “Maktabgacha pedagogika” fanidan Himoyaga tavsiya etaman Fakultet dekani ___________ O.Begimqulov “____” ________ KURS ISHI Mavzu: 6-7 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari Talaba: 1-kurs 109-guruh talabasi Xasanova Zuhra Ilmiy rahbar: Berdiyeva Muhabbat Himoyaga tavsiya etildi “Maktabgacha ta’lim metodikasi ” kafedrasi mudiri Phd Berdiyeva M. __________ “______” ____________ Termiz 2022 MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………….3 I BOB TAYYORLOV GURUHI TARBIYALANUVCHILARINING RIVOJLANISHINING ASOSLARI 1.1 6-7 yoshli bolalar rivojlanishining Davlat satandartlari mazmun mohiyati…….7 1.2. 6-7 yoshli bolalarning jismoniy fiziologik rivojlanganlik darajasi……………11 II BOB 6-7 YOSH BOLALARNING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI 2.1 6-7 yoshli bolalarning aqliy tarbiyasining xususiyatlari……………………….13 2.2 Tayyorlov guruhi bolalarining maktab ta’limiga har tomonlama tayyorligini tekshirish………..…………………………………………………………...…….19 Xulosa………………………………. . …..………………………………………35 Tavsiyalar ………..………………………..……………....……………………..36 Foydalanilgan adabiyotlar ……………….……………….……………….……37 KIRISH Kurs ishining dolzarbligi: “Yosh avlodni tarbiyalash, kelajak hayotga tayyorlash o’z istiqboli, taraqqiyoti, ertangi kuni xususida qayg’uradigan har qanday mamlakat uchun eng ustuvor vazifalardan biri sanaladi”1 deydi yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab, shu bilan birga rang barangdir. Ta‘lim-tarbiya samaradorligiga erishishda maktabgacha ta‘lim tashkilotlaridagi har bir faoliyat turini to`g`ri tashkil etish lozim. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomilllashtirish borasida davlat miqiyosida amalga oshirilayotgan ishlar kelajak avlodni har tomonlama intellektual qobiliyatga ega bo‘lgan shaxslar bo‘lib yetishishiga zamin hozirlaydi. Zero, “Ayni paytda farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in hisoblangan Maktabgacha ta’lim tizimini zamon talablariga mos kelmasligi ham sir emas. Ushbu sohaga bir paytlar e’tiborimizni susaytirib yuborganimiz oqibatida ko‘pgina muammolar yig‘ilib qolganini ochiq aytish lozim. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyasini ko‘rgan bolaning ongi, dunyoqarashi qanday yuqori bo‘lishini bugun kimgadir isbotlab o‘tirishning, o‘ylaymanki, hech qanday hojati yo‘q2” Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy milliy, madaniy tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida va aqliy va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, bolalarda milliy g’urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni bilim olish extiyojini, o`qishga intilish manbalarini shakllantirish, ularni muntazam ravishdagi ta'lim jarayoniga tayyorlashdir. Bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o’zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish. Bugungi taraqqiy etib borayotgan zamonaviy axborot texnologiyalari asrida insonlar mehnat bozoridan joy olishlari uchun yuqori malakali, intellektual salohiyatli, iqtidorli, jismonan sog’lom, eng muhimi o’z kasbining yetuk mutaxassisi, kompyuter texnologiyalarini biluvchi yuqori malakali kadr bo’lishi kerak. Har bir narsaning mustahkamligi uning poydevoriga bog’liq bo’lganligidek, yoshlarning bilimli, salohiyatli bo’lishi uzluksiz ta’limning bosh bo’g’ini maktabgacha ta’limning qanday berilishiga va uning sifatiga bog’liq. Yurtboshimiz tomonidan muhim harakat yo’li sifatida qaratilayotgan 5 ta muhim tashabbus uchinchisi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Maktabgacha ta’limda sohasida qilinayotgan barcha islohotlar yoshlarning har tomonlama sog’lom intelektual salohiyatli erkin fikrlaydigan shaxs bo'lib tarbiyalanishini qaror toptirishdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan barcha faoliyatlar “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga qo’yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” o’quv dasturiga mos bo’lishi kerak. Shundagina olib boriladigan pedagogik jarayon ham kutilayotgan natija ham shunga yarasha bo’ladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etiladigan pedagogik jarayon maktabgacha ta’lim tashkilotida ishlayotgan pedagog xodimlar tomonidan olib boriladi, unga bevosita maktabgacha ta’lim tashkiloti metodisti va maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori ma’sul hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim tizimi uzluksiz ta'limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. “Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma'lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o‘zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida Maktabgacha ta’lim tashkilot tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Bunga qo‘shimcha isbot qidirib uzoqqa borishning hojati yo‘q. Maktabgacha ta’lim tahkilot tarbiyasini olgan bola bilan Maktabgacha ta’lim tahkilotga bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi o‘rtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas. Shuning uchun ham biz Maktabgacha ta'lim tizimini qayta ko‘rib chiqish masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bu borada katta ishlarni boshladik. Agar shu ishni har tomonlama puxta o‘ylab amalga oshirmasak, butun ta'lim tizimida sifat o‘zgarishiga erishishimiz, ta'limning uzluksizligini ta'minlashimiz qiyin bo‘ladi”, deya ta'kidladi Shavkat Mirziyoyev3. Bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri respublikamizda yosh avlodning intellektual salohiyatini yanada oshirish, ularni har tomonlama barkamol, yetuk shaxs etib voyaga yetkazishdir. Bola shaxsining yetuk inson bo`lib yetishi dastlab oiladan va maktabgacha ta‘lim tashkilotsidan boshlanadi. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida bolalar 3 yoshdan 6-7 yoshgacha ta‘lim-tarbiya oladilar. Ulardagi intellektual salohiyatni shakllantirishning dastlabki davri ham xuddi shu yoshning davrida boshlanadi. Bolalarda kompyuter savodxonligini oshirish, bolada intellektual salohiyat oshishiga sabab bo`ladi. Maktabgacha ta‘lim bola shaxsini sog`lom va yetuk, maktabda o`qishga tayyorlanadigan tarzda shakllantirish maqsadini ko`zlaydi. Download 52.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling