Mavzu: korxona balansi likvidligi to’lovga layoqatliligi tahlili reja: Kirish
Download 0.53 Mb.
|
2 5406848378048874155
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Kirish
Mavzu: KORXONA BALANSI LIKVIDLIGI TO’LOVGA LAYOQATLILIGI TAHLILI Reja: Kirish . 1. Korxona balansining likvidligi haqida tushuncha 2.Korxonaning to’lov qobiliyati tahlili 3. Mol-mulk va mablag‘lar harakatchanligi tahlili 4.Aylanma mablag‘larning aylanishini tahlili Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Kirish Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalar yuqoridaromad olishi va iqtisodiyotda faol ishtirok etishi ularning faoliyatini davomiyligiga bog’liq. Korxonalarda hisob yuritishni samarali tashkil etilishi bir qancha me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etilgan bo’lib, ular buxgalteriya hisobini to’g’ri va ishonarli yuritilishini ta minlaydi. Shu boisdan baxgalteriyada hisob yuritilishi takomillashib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” jamiyat hayoti barcha sohalari uchun asosiy dasturamal bo‘lib hisoblanadi.1 PrezidentimizSh.M.Mirziyoyev ana shu islohotlar natijasida yalpi ichki mahsulotimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2000 yildagi 31 foizdan bugungi kunda 56,7 foizdan oshgani yoki 1,8 barobar oshganini alohida ta’kidlashlozim. Hozirgi paytda ushbu sohada jami sanoat mahsulotlarining uchdan bir qismi, qishloq mahsulotlarining 98 foizi ishlab chiqarilmoqda. Ish bilan band jami aholimizning 77 foizdan ortig’i – shunga e’tibor bering – mazkur tarmoqda mehnat qilayotgani, o’z peshona teri bilan nafaqat o’z oilasini boqayotgani, balki mamlakatimiz boyligiga boylik qo’shayotgani , avvalo, mustaqillik bizga ochib bergan imkoniyatlarning yaqqol isboti, desak, ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz. Bu esa iqtisodiyotimizdagi korxonalarning yanada barqaror suratlar bilan oshib borishini ta minlaydi. Hozirgi kunda korxonalarni moliyaviy natijalarini shakllanishi, ular hisobini yuritishni takomillashtirish hamda birmuncha yangiliklar kiritish va shu bilan birgalikda hisob-kitob ishlarini ixchamlashtirish mumkin. Qayd qilib o’tish joizki, moliyaviy natijalarning shakllanish va ularni hisobga olish tartibi bozor munosabatlari rivojlanishi bilan vujudga kelgan tarkibiy o’zgarishlar natijasida takomillashtirishga muhtojdir. Korxona va tashkilotlarda moliyaviy natijalar va tahlilini tashkil qilish va takomillashtirishning zaruriyati shundaki, moliyaviy natijalar ular faoliyati samaradorligini belgilab berishi bilan birga xo’jalik yurituvchi sub’yektning yashovchanlik ko’rsatkichidir. Iqtisodiyotning izchil va barqaror rivojlanishini ta’minlashda kelgusi davr uchun puxta va har tomonlama asoslangan chora-tadbirlar, muhim vazifa va yo'nalishlar, turli darajalardagi iqtisodiy taraqqiyot dasturlarning ishlab chiqilishi va aniq belgilab olinishi muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Ayni paytda, bosib o'tilgan yo’l - oldingi davrdagi erishilgan yutuq va natijalarni tanqidiy baholash orqali tegishli xulosalar chiqarish, ular asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini yanada takomillashtirib borish ham muhim prinsipial ahamiyat kasb etadi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling