Mavzu: korxona balansi likvidligi to’lovga layoqatliligi tahlili reja: Kirish


-jadval :Balans aktiv va passiv moddalarining harakatchanligini (likvidliligini)tahlili


Download 0.53 Mb.
bet7/8
Sana26.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1127085
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5406848378048874155

3-jadval :Balans aktiv va passiv moddalarining harakatchanligini (likvidliligini)tahlili

Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, biz tahlil qilayotgan korxonada


balans likvidligiga qo‘yilgan to‘rtta shartdan birinchisi yil boshida ham, yil oxirida
ham bajarilmagan, ya’ni korxonaning doimiy harakatdagi aktivlari uning muddati
kelgan to‘lov majburiyatlarini qoplashga yetishmas ekan. Bu esa korxona
balansining tez likvidlikka ega emasligidan dalolat beradi. Qolgan shartlar esa yil
boshiga ham, yil oxiriga ham bajarilgan. Bundan ko‘rinadiki, korxona balansi
mutlaq likvidlikka ega bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari ma’lumotlar shuni
ko‘rsatadiki, korxona balansining likvidligi yil boshiga nisbatan yil oxirida bir qadar
yaxshilangan. Bunday natijalarni ijobiy baholasa ham bo‘ladi. Umuman olganda,
quyidagi shartlarga amal qilinsa, korxona mablag‘i harakatchan deb baholanadi:

a) doimiy harakatdagi aktivlar > muddati kelgan to‘lov


majburiyatlar;

b) tez sotiluvchi aktivlar > qisqa muddatli passivlar;

v) sekin sotiluvchi aktivlar > o‘rta va uzoq muddatli passivlar;

g) qiyin sotiluvchi aktivlar < doimiy passivlar



Aylanma mablag‘larning aylanishini tahlili

Aylanma mablag‘lar aylanuvchanligi deganda ularning pulga aylanish tezligi


tushuniladi. Aylanma mablag‘lar aylanuvchanligi koeffitsiyenti joriy aktivlarning
moddiy aktivlar va debitorlik qarzlariga bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi. Bu
ko‘rsatkichlar bevosita korxonaning bozordagi faolligini tavsiflaydi. Aylanma
mablag‘larning aylanuvchanligi korxona faoliyatining samaradorligini tavsiflovchi
ko‘rsatkich bo‘lib, u asosida biznesni boshqarishda resurslar cheklanganligi va
ulardan unumli foydalanish darajasi tahlil qlinadi va uning muhim yo‘nalishlari
belgilanadi. Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanishning muhim
yo‘nalishlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

- mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish hajmini o‘stirish;

- mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)larni iste’molchilarga yetib borishi va
ular bo‘yicha hujjatlar aylanishini tezlashtirish;

- aylanma mablag‘lar bo‘yicha me’yoriy zaxiralar saqlanishiga amal qilish


- aylanma mablag‘larning me’yordan ortiqchaligini maqsadli boshqarishni yo‘lga
qo‘yish (mollarni imtiyozli shartlarda sotish, ijaraga berish va hokazolar);

- aylanma mablag‘larni qayta baholashni balans tuzish sanasiga hisobga olish va


to‘g‘ri belgilash;

- aylanma mablag‘larni hisobdan chiqarishning xalqaro usullaridan foydalanish;

- korxonaning hisob siyosatini, shuningdek, aylanma mablag‘larini baholash usulini
belgilashda tarmoq rivoji va texnologik jarayonlarning murakkabligiga ahamiyat
berish;

- tugallanmagan ishlab chiqarishni to‘g‘ri baholash;

- aylanma mablag‘lar normativini belgilash;

- aylanma aktivlar aylanishini tezlashtirish maqsadida tovar va moddiy boyliklarni


sotish bo‘yicha hisob-kitoblarning zamonaviy shakllaridan foydalanish;

- mahsulotlarni markazlashgan holda sotib olish, sotuvchi va sotib oluvchining


monopolligini cheklash;

- moddiy aylanma mablag‘lardan samarali foydalanishda texnik va texnologik


yangilanishni ta’minlash va hokazolar.

Moliyaviy tahlilning muhim qismi aylanma mablag‘lardan samarali


foydalanganlikni o‘rganish egallaydi, bunda, aylanma mablag‘lar, ayniqsa, ishlab
chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, debitorlik
qarzlari, pul va valuta mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar harakatini o‘rganish
muhimdir.

Aylanma aktivlarning aylanishi va ularning samaradorligiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:

· mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)larni sotishdan olingan sof tushum summasining o‘zgarishi;

· moddiy aylanma mablag‘larining o‘rtacha yillik qiymatini o‘zgarishi va hokazo.



Xulosa
Iqtisodiyotimizning barcha jabhalarida bo‘lgani kabi, buxgalteriya hisobi borasida ham ulkan o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Keyingi yillar mobaynida halqaro standartlarga to‘la-to‘kis javob beruvchi buxgalteriya hisobi tizimini yaratish borasida ko‘pgina islohotlar olib borilmoqda. Buxgalteriya hisobidan foydalanuvchilar doirasi ancha kengayib borayotganligi, integratsiya jarayonlari chuqurlashayotganligi, qo‘shma korxonalar barpo etilayotganligi, jahon moliya bozoriga chiqilayotganligi sarmoyalar, ishchi kuchi va valyutaning ayrim mamlakatlar o‘rtasida erkin harakatlanishi zarurligi buxgalteriya hisobi tizimini jahon standartlariga ko‘chirishni yanada qattiqroq talab qilmoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning xilma xil shakllarining vujudga kelishi hamda xo’jalik yuritishning zamonaviy usullarining joriy etilishi, shuningdek, jahonda sodir bo’lgan va haligacha davom etayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz barcha korxonalarda buxgalteriya hisobi borasida talaygina muammolarni vujudga keltirdi. Bugungi kunning talabi nuqtayi nazaridan olib qaraydigan bo’lsak, asosiy e’tibor xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda buxgalteriya hisobi borasidagi muammolarni bartaraf etish hamda bu boradagi ishlarni takomillashtirishga qaratilmoqda. Ayniqsa, moliyaviy natijalarni buxgalteriya hisobini to’g’ri tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, hisobning barcha ob’ektlarida bo’lgani kabi moliyaviy natijalarning shakllanishi va tasimlanishi hisobi borasida ham hisob ishlarini zamonaviy talablar asosida qurishga intilish, shak-shubhasiz, bu boradagi muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Moliyaviy natijalarni shakllantirish va sof foydani oshirishda iqtisodiy tahlilning ahamiyati, bugungi kundagi naqadar zarurligi yoritib berildi. Tahlil davomida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar mantiqan bog’langan tizim asosida tasniflab berildi. Sanab o’tilgan vazifalarni ushbu tasbiflash bo’yicha uzviy ketma-ketlikda amalga oshirish tahlil ishlarini soddalashtirishda va ishonchli natijalarga erishishda xizmat qiladi.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling