Mavzu: korxona balansi likvidligi to’lovga layoqatliligi tahlili reja: Kirish
Korxonaning to‘lov qobiliyati tahlili
Download 0.53 Mb.
|
2 5406848378048874155
Korxonaning to‘lov qobiliyati tahlili
Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoq va sohalarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jiohatdan qayta jihozlash tadbirlarining keng ko’lamda amalga oshirilishi raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Biroq, bu boradagi jiddiy muammo – ayrim mahsulotlarimiz tannarxining yuqoridarajada qolayotganligi ularing raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish ishlab chiqarishning doimo kengayishinini, uning texnikaviy darajasini muntazam ko’tarib turishni talab etadi. Buning uchun ishlab chiqarishda hamma vaqt foydaga erishilishi, realizatsiya qilinishi va undan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanish lozim. Foyda (daromad) iqtisodiy harakatning zaruriy sharti maqsadi sifatida qaraladi. Foyda bu daromadlar va xarajatlarning farqlanishidagi yuqori o’zgaruvchanlikdir. Ular orasidagi quyi o’zgaruvchanlik esa zararni ifodalaydi. Moliyaviy natijalar tahlilida daromad va xarajatlar o’zaro farqlanishidagi holatga baho beriladi. Moliyaviy natijalar foyda va zararlarning shakllanish qatorlari bo’yicha o’zgarishlari o’rganiladi. Foyda va zararlarning omillitahlili olib boriladi. Korxonada moliyaviy natijaviylikni yaxshilash yuzasidan ichki imkoniyatlarning mavjudligi va ularni yo’lga qo’yishning chora va tadbirlari belgilanadi. Korxonaning foydalilik darajaasini xarakterlovchi rentabellik ko’rsatkichi va uning omilli tahlili o’tkaziladi. Tahlil moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni o’qish, vertical tahlil, gorizontal tahlil, trendli tahlil va ko’rsatkichlarni aniqlash usullarida olib boriladi. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni o’qishda uning satrlar bo’yicha ko’rsatkichlar tartiblanishiga, moliyaviy natijaviylikni xarakterlovchi umumiy qatorlarning qiymat ifodasi, hisobot davri va o’tgan yilning shu davri bo’yicha ma’lumotlarga umumiy izoh beriladi. Vertikal tahlilda moliyaviy natijalarning shakllanishini bir qatorli va ko’p qatorli usullarida o’zaro farqlanishlarga va nisbiy o’zgarishlar baho beriladi. Gorizontal tahlilidaesa moliyaviy natijalarning bo’ylamasiga tarkiblanishi va ularning o’zgarishlari o’rganiladi. Asosli yoki trend tahlilida moliyaviy natijalar va ularning yillar bo’yicha o’zgarishi, dinamikasi yoki asos yiliga nisbatan o’zgarishlariga baho beriladi. Moliyaviy natijalar tahlili tashqi va ichki sub’ektlar tomonidan olib boriladi. Ichki sub’ektlar tomonidan olib boriladigan tahlil ichki moliyaviy tahlil qatoriga kiritilib faqat shu korxonaning xodimlari tomonidan olib boriladi. Ichki moliyaviy tahlilda korxonada ko’proq moliyaviy natijalarni yuzaga chiqish o’rni, shakli bo’yicha o’zgarishlariga ahamiyat beriladi. Ya’ni ularning analitik qatoriga ko’proq ahamiyat beriladi. Tashqi tahlil sub’ektlariga esa soliq organlari, bank tashkilotlari, aksionerlik, mulk egalari, investorlar, shuningdek, korxona faoliyati bilan bilvosita qiziquvchi uchinchi shaxslar, erkin soxibkorlar kiritilishi mumkin. Ularni ko’proq korxonaning foydalilik darajasi va uning yillar bo’yicha o’zgarishlari qiziqtiradi. Korxonalaring moliyaviy natijalarini tahlil etishda moliyaviy tahlilning eng asosiy vazifalari mavjud. Korxonalar ko‘p turdagi iqtisodiy aloqalarni, jumladan, xomashyo va materiallar sotib olish, tayyor mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan hisob- kitoblarni bajarishadi. Shuningdek, davlat budjeti, moliya,bank, sug‘urta va kreditorlar bilan munosabatda bo‘linadi. Ularga hisob berishni belgilangan muddatda amalga oshirish, moliyaviy tartib intizomiga rioya qilish katta ahamiyatga ega. To‘lov qobiliyati deyilganda, xo‘jalikning muddati kelgan to‘lov majburiyatlarni bajarish uchun zurur bo‘lgan mablag‘larni yetarli yoki kamchiligini aniqlash tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lishi muhim va bu uning o‘z vaqtida zarur bo‘lgan qarzlarni qaytarish imkoniyatlarini belgilaydi.Korxona balansi ma’lumotlarga asoslanib, to‘lov qobiliyatining qaymahvoldaligi hisoblanadi. Buning uchun korxonaning to‘lash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lari bilan qarz majburiyatlarini solishtirish mumkin. To‘lov mablag‘lariga pul mablag‘lari, jo‘natilgan tovar va mahsulotlar qiymati (hali pul kelib tushmagan), debitor sotishdagi tushum va boshqalar kiradi, shuningdek, qisqa muddatga olingan ssudalar ham vaqtincha to‘lov majburiyatlarni amalga oshirish uchun manba bo‘lishi mumkin. Qimmatli qog‘oz, aksiya, obligatsiya sotishdan olingan mablag‘ va qo‘shimcha korxonalarda qatnashishdan kelgan daromadlar ham to‘lov majburiyatlarini bajarishdagi manba bo‘lishi kerak. To‘lov majburiyatlariga mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga, budjet va sug‘urtaga, mehanat haqi, turli xil kreditorlarga bo‘lgan va boshqa turdagi qarzlar kiradi. Korxonaning ma’lum bir kundagi to‘lov qobiliyatini aniqlash uchun shu muddatdagi to‘lov majburiyatlari bilan mablag‘lar solishtiriladi. Korxona balansi aktividagi moddalarni pulga aylanishi aktiv likvidligi, to‘lovga qodirlik (to‘lov qobiliyati) esa muddatida va to‘liq hajmda qarzlardan uzulishni ifodalaydi. To‘lovga qodirlikning zarur va muhim sharti likvidlikdir. «To‘lovga qodirlik» so‘zi keng ma’noni anglatadi, chunki u aktivdagi moddalarni tez pulga aylanishidan tashqari, savdo, kredit va boshqa pul muomalalari bilan bog‘liq majburiyatlarni muddatida va to‘liq hajmda bajara olish qobiliyatini ham ifodalaydi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling