Kirish. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiy qismlari
Download 99 Kb.
|
Kirish. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiy qismlari-fayllar.org
Kirish. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiy qismlari Kirish. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiy qismlari. Hozirgi postindustrial iqtisodni farqli xususiyati xizmatlar ulushini keskin oshib borishi bilan tavsiflanmoqda. Olimlar ta’biricha ertangi kun jamiyatida xizmatlar va informasiya ishlab chiqarish tovarlar ishlab chiqarishga nisbatan ancha ustun turadi. Bunday ijobiy jarayonni ro’y berayotganligi haqida hozirgi kunda xizmatlar sohasini ko’pgina rivojlangan davlatlar yalpi ichki mahsulotini asosiy qismini ta’minlayotganligi aniq dalolat bermoqda. Shu sababli Respublikamizda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish bo’yicha izchil choralar ko’rilmoqda. Xususan, “O’zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari“ to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 apreldagi qarori buni yaqqol isboti hisoblanadi. Qarorda yangi istiqbolli xizmat turlarini rivojlantirish bilan bir qatorda savdo va ovqatlanish xizmatlari hajmini 2010 yilda 2005 yilga nisbatan 2,2 marotaba oshirish nazarda tutilgan. Servis faoliyati holatini baholashda mahsulotlar va xizmatlar sifatini muammolari katta ahamiyatga ega. Xizmatlar va servis mahsulotini sifati uni kompleks xususiyatlari asosida shakllanib, xususan ularni ishlab chiqarish texnologik, fizikaviy xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Servis mahsulotlarini, jumladan, ovqatlanish servis mahsulotlarini sifatini tahlil etish, bu mahsulotlar xususiyatlarini me’yoriy hujjatlarda nazarda tutilgan ko’rsatkichlarga mos kelishini aniqlashni taqozo qiladi. Bu vazifani hal etishda ovqatlanish mahsulotlarini zamonaviy fizik-kimyoviy usullarini ahamiyati juda katta. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish tahlil xonasi sharoitida amalga oshiriladigan tizimli va yuqori saviyadagi organoleptik, mikrobiologik va fiziko-kimyoviy tadqiqotlari tayyor mahsulotlar sifatini talab darajasida saqlashni kafolatlaydi. Hozirgi paytda korxona tahlilxonalarida nazorat usullarini, xom-ashyo va tayyor mahsulotlarni sifat me’yorlarini yangi standartlariga muvofiq yangi inustremantal va ekspress metodlar joriy qiilnmoqda. Shu sababli maxsus ishlab chiqarish texnologik tahlilxonasini samarali faoliyati ko’pgina sharoitlarga bog’liq bo’lib, ular ichida tahlilxona ovqatlanish mahsulotlarini zamonaviy fizik-kimyoviy tadqiqotlarining ko’lami, tavsifi, mohiyati va bajarish texnikasini yoritishga qaratilgan metodik materiallar bilan ta’minlash katta ahamiyatga ega. Ovqatlanish korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni yuqori sifatini ta’minlash korxona ishchi xodimlarini zamonaviy fiziko-kimyoviy nazorat usullari haqida bilimlariga ega bo’lishlarini talab qiladi. Shu nuqtai nazardan “Oziq-ovqat mahsulotlarini tadqiqotlarining fizik-kimyoviy uslublari” fani “Servis (aholi va turistlarni ovqatlantirish xizmati)” ta’lim yo’nalishida ta’lim olayotgan bakalavriatura talabalari uchun alohida o’rin egallaydi. “Oziq-ovqat mahsulotlarini tadqiqotlarining fizik-kimyoviy uslublari” kursini dasturiga muvofiq, unda oziq-ovqat mahsulotlarini asosiy umumiy tadqiqot usullarini chuqur o’rganish nazarda tutilgan. Bunda har bir usulni aniq bajarish uslubini bayon etishdan oldin uni asosida yotuchi hodisa va jarayonlar mohiyatini batafsil yoritish maqsad qilib qo’yilgan. Kurs materialini bunday bayon etilishi usullar asosini tushunish va ulardan hohlagan oziq-ovqat mahsulotlarini tadqiqot etishda oqilona foydalanish imkonini beradi. Download 99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling