Fizika bilimlarini nazorat qilish va baholashning innovatsion usullarini loyihalash” mavzusidagi kurs ishi ilmiy rahbar: Fizika kafedrasi o’qituvchisi: Farg’ona 2022


Download 0.68 Mb.
bet1/19
Sana28.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1022300
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
A\'zamova Durdona loyihalashtirish



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-TEXNIKA FAKULTETI
Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi yo’nalishi
18.11-guruh talabasi
A’ZAMOVA DURDONAXONning
“Fizika va astranomiya o’qitishni loyihalashtirish metodikasi”
fanidan
Fizika bilimlarini nazorat qilish va baholashning innovatsion usullarini loyihalash” mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar:Fizika kafedrasi o’qituvchisi:
Farg’ona 2022


Mundarija:


K I R I S H 3
I bob. Fizik bilimlarni nazorat qilish 6
1.1.Fizika fanini o’qitishning ahamiyati va uning tuzilishi 6
1.2.Fizikadagi bilimlarni nazorat qilishning an’anaviy va noan’anaviy shakllari 11
Ta'lim nazoratining funktsiyalari 14
Boshqaruv vositalarining xilma-xilligi 14
Talabalarning bilim va malakalarini nazorat qilish shakllari. 15
Nazorat usullari 16
Nazorat turlari 17
II bob. Fizika bilimlarini baholashning innovatsion usullarini loyihalashtirish 19
2.1. Eng so’ngi baholash usullari haqida ma’lumotlar 19
2.1. Fizika fanidan bilimlarni baholashni loyihalashtirish 26
10-sinf uchun fizikadan "Turli muhitda elektr toki" mavzusidagi darsni baholash 26
Xulosa 41
Foydalanilgan adabiyotlar: 42

Aziz farzandlarim! Xalqimiz,Vatanimiz sizlardan buyuk ishlar kutayotganini hech qachon yodingizdan chiqarmang! Yurtning yuksak ishonchi va umidini to’la oqlash, unga munosib bo’lish dunyodagi eng ulug’ baxtdir. Shunday sharaf barchangizga nasib etsin.


Sh.Mirziyoyev.

K I R I S H


Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatdoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobilyatlarini to’liq amalga oshirishga e’tibor berishga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun bu masalada har doim davlatlarning uzoq muddatli rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan barcha strategiyalarda aks ettirilgan. O’zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillrda rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasi ham bu borada istisno bo’lmadi.Unda alohida bo’lim davlatning yoshlar siyosatini takomillashtirishga bag’ishlangan.U O’zbekistonning 10 million fuqarosi yoki mamlakat aholisining 31 foizini tashkil etuvchi yoshlarga nisbatan davlat siyosatining samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator ustivor vazifalarni qamrab oladi.
Shu nuqtai nazardan, O’zbekiston Yoshlaqr Ittifoqini tashkil etish zarurati hayotning o’zi tomonidan belgilab qo’yildi, u tashkilotdan yoshlar hayotidagi eng dolzarb masalalarni hal qilishni talab qiladi, ayniqsa uyushmagan yoshlar hayotda o’z o’rnini toppish uchun munosib sharoitlar yaratish, yoshlarni har tomonlama qo’llab-q uvvatlash, kasb hunarga yo’naltirish va bandligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini rag’batlantirish shular jumlasidan.
O’zbekiston Yoshlaqr Ittifoqi tashkil etilgan kun 30-iyunni yoshlar kuni sifatida e’lon qilinishi ham juda ramziydir.Bizning fikrcha, ushbu shior shubhasiz tasodifan tanlanmagan u O’zbekiston prezidentining davlatning rivojlanish istiqbollari haqidagi strategiyasida prinsipial yondashuvni ifodalaydi.Shavkat Mirziyoyev asosiy e’tiborni yoshlarga qaratmoqda.Bu O’zbekiston rahbari tomonidan O’zbekiston prezidenti Devonida yoshlar siyosati masalalari xizmati tashkil etilgani bilan ham isbotlanadi.
Yuqorida aytib o’tilganlar O’zbekistionda yoshlarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi o’rnini kuchaytirish bo’yicha yo’nalish belgilanganini aytish imkonini beradi.Shu bo’yich adavlat va yoshlar tashkilotlaridan yoshlar tashabbuslarini to’liq qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor berilmoqda. Bunga tayanib, O’zbekistonning rivojlanishidagi yangi bosqichda yoshlar alohida o’rin tutishini ta’kidlash mumkin.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling