Kirish. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiy qismlari
Almashtirilmaydigan aminokislotalar
Download 99 Kb.
|
Kirish. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiy qismlari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Almashtirilmaydigan yog’ kislotalari.
- Mineral (neorganik) moddalar
Almashtirilmaydigan aminokislotalar oqsil molekulalarini hosil bo’lishida ishtirok etadigan 20 ta tabiiy aminokislotalardan 8 tasi odam organizmida sintez qilinmaydi va almashinmaydigan hisoblanishadi. Bular: lizin, treonin, triptofan, metionin, fenilalanin, leysin, izoleysin va valin. Bu aminokislotlalarni barchasi organizmga oqsillar tarkibida kelib tushishadi. Ushbu aminokislotlalarga hayvon oqsillari juda boy. Almashinuvni normal darajasi uchun talab qilinadigan almashtirilmaydigan va almashtiriladigan aminokislotalarni o’zaro nisbati o’simlik va hayvon oqsillarini oziq-ovqatdagi 9:10 nisbatida kuzatiladi.
Almashtirilmaydigan yog’ kislotalari. Almashtirilmaydigan yog’ kislotalariga tarkibida guruhi mavjud bo’lgan to’yinmagan kislotlalar tegishlidir. Ushbu kislotalar hujayra membranalarini qurish uchun zarur. Ulardan eng ma’lumlari linolat va linoleant kislotalari bo’lib, ular zig’ir, soya, chigit va boshqa o’simlik yog’larida va ba’zi fosfolipidlarda uchraydi. Almashtirilmaydigan yog’ kislotlalari organizmga o’simlik asosidagi oziq-ovqat mahsulotlaridagi yog’ va yog’simon moddalari tarkibida kelib tushadi. Oziq-ovqatdagi o’simlik va hayvon yog’larini optimal o’zaro nisbati 3:7 hisoblanadi. Vitaminlar. Vitaminlar organizmda kechadigan murakkab metabolik jarayonlarda ishtirok etib, qator muhim biokimyoviy funksiyalarni bajaradi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, biokatalizatorlar, fermentlar ishtirokida organizmda kechadigan ko’pgina reaksiyalar har bir shunday katalitik reaksiyalar uchun ma’lum bo’lgan vitaminlarni (koferment) ishtirokisiz kechmaydi. Vitaminlar organizm uchun unchalik katta bo’lmagan miqdorlarda zarur bo’ladi. Vitaminlarni organizm uchun zarur bo’lgan miqdorlari milligrammda, hattoki mikrogrammda ifodalanadi. Mineral (neorganik) moddalar organizmda turli funksiyalarni bajaradi. Ular suyak va tishlarni strukturaviy komponenti hisoblanadi, qon va to’qimalardagi suv-tuz ballansini me’yorida saqlashda ishtirok etishadi va ko’pgina fermentativ reaksiyalar kechishini rostlaydi. Mineral moddalar makro- va mikroelementlarga bo’linadi. Mikroelementlar (kalsiy, magniy, fosfor va boshqalar) organizmga gramm miqdorlarida talab qilinsa, mikroelementlarga (temir, mis, rux va boshqalar) bo’lgan talab esa milligramm yoki hatto mikrogrammlarda o’lchanadi. Shunday qilib, oziq-ovqat mahsulotlarini sifatini baholash va “foydaliligi”ni tavsiflash uchun “oziqaviy qiymat” tushunchasi kiritilgan. Oziqaviy qiymat mahsulot xususiyatlari majmuasi bo’lib, uni organizmni oziqaviy moddalar va energiyaga bo’lgan fiziologik ehtiyojlarini qondira olish qobiliyatini belgilaydi. Oziqaviy qiymat avvalo oziq-ovqat mahsulotini kimyoviy tarkibiga bog’liq. Mahsulotlarni oziqaviy qiymati mahsulotni eng muhim har bir komponentlarini oqilona ovqatlanish formulasiga mos kelishi foizini (integral skor) hisoblash yo’li bilan aniqlanadi. Oqilona ovqatlanish formulasi 1.1-jadvalda keltirilgan. Oqilona ovqatlanish deyilganda organizmni nefaqat yetarli miqdorda energiya, oqsil, yog’, uglevodlar, mineral moddalar, vitaminlar va boshqa almashtirilmaydigan ovqatlanish omillari bilan ta’minlanganligi, shuningdek bu moddalarni oqilona nisbatlarda kelib tushishi ham tushuniladi. Masalan, oqilona ovqatlanish formulasiga ko’ra oqsil, yog’, uglevodlar o’rtasidagi 1:1:4, o’simlik va hayvon yog’lari o’rtasidagi 1:3, kalsiy va fosfor o’rtasidagi 1:1,5÷1,8, kalsiy va magniy o’rtasidagi 1:0,6, oqsil va S vitamini o’rtasidagi 1:1000 (ya’ni 1 g oqsilga 1 mg S vitamini kelib tushishi kerak) va hokazo nisbatlar optimal hisoblanadi. Integral skorni energiya birliklarida ifodalashda ovqatlanishni eng muhim omillarini hisoblash mahsulotni ma’lum energetik qiymatida (300 kkal (1255 kJ) yoki 1000 kkal (1255 kJ)) amalga oshiriladi. Hisoblash uchun 300 kkal (1255 kJ) eng qulay bo’lib, u kunlik energiya sarflarini o’rtacha 10 %ni tashkil etadi. 1.1-jadval Oqilona ovqatlanish formulasi*
* - formula ba’zi qisqartirishlar bilan keltirilgan. Integral skorni hisoblash sut misolida keltirilgan bo’lib, uni 100 grammini kimyoviy tarkibi va energetik qiymati 1.2-jadvalda keltirilgan. Jadvaldan 100 g sut 58 kkal (243 kJ) ga mos kelishi ko’rinib turibdi. Demak, 300 kkal (1255 kJ) 517 g sutda mavjud bo’ladi. Shuning uchun, 517 g sutda mavjud bo’lgan oqsil, yog’, mineral moddalar va vitaminlar miqdori oqilona ovqatlanish formulasini tegishli ko’rsatkichlari bilan taqqoslanadi va kunlik ehtiyojni qondirish foizi hisoblanadi. 1.2-jadval Sutni integral skorini hisoblash
Download 99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling