4 – amaliy mashG‘ulot mavzu: metallmas materiallar va ulardan tayyorlanadigan detallarni o‘rganish Ishdan maqsad
Download 309.5 Kb. Pdf ko'rish
|
4 - амалий машғулот
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy ma’lumot
- Plastmassalar.
4 – AMALIY MAShG‘ULOT MAVZU: METALLMAS MATERIALLAR VA ULARDAN TAYYoRLANADIGAN DETALLARNI O‘RGANISh Ishdan maqsad: Xalq xo‘jaligida metallmas konstruksion materiallar sifatida qo‘llaniladigan polimer, shisha, rezina va yog‘och materiallari tuzilishini o‘rganishdir. Umumiy ma’lumot: Konstruksion materiallar zaxirasini hosil qilish uchun birinchidan, ularni tejab ishlatish, ikkinchidan, yangi xom ashyo turlarini izlab topish hamda ularning asosida konstruksion materiallarini ishlab chiqarish talabi qo‘yilmoqda. Ana shunday materiallarga plastmassalar, rezinalar, shishalar, sopol va yog‘och kiradi. Metallmas materiallarning asosiy tarkibiy yuqori bog‘lanish (polimer)lardan iborat bo‘lib, katta molekulyar massaga ega bo‘lgan murakkab moddalardir. Sun’iy ravishda tayyorlangan, muayyan temperaturada bosim ostida plastik xossalarga ega bo‘lgan materiallarga plastmassalar deyiladi. Polimerlar tabiiy natural kauchuklar, jun, ipak, sellyuloza, smolalar va boshqalar. Sun’iy va tabiiy polimerlarni qayta ishlash orqali olinadi va sintetik fenolformaldegid va karbamidli smolalar, polietilen, polistirol, poliamidlar, epoksidli smolalar va boshqalar kiradi. Plastmassalar. Plastmassalarni tarkibiga ko‘ra quyidagi ikki guruhga bo‘lish mumkin: 1. Oddiy plastmassalar, asosan, bir komponentli smoladan iborat bo‘ladi (pleksiglas, polistirol, polietilen). 2. Murakkab plasmassalar. Bular bir necha komponentdan iborat bo‘lib, ularning xar biri ma’lum funksiyani bajaradi (fenoplastlar, ftoroplastlar, tekstolitlar, stekloplastiklar). Murakkab plastmassalrning tarkibida juda ko‘p komponentlar bo‘lishi mumkin, bu komponentlar ma’lum bir funksiyaga mo‘ljallangan. Masalan, bog‘lovchi moddalar plastmassa tarkibidagi ayrim zarrachalarni o‘zaro bog‘lashga xizmat qiladi. Bog‘lovchi moddalar sifatida smolalar, bitumlardan foydalaniladi. To‘ldiruvchilar plastmassalarning fizik - ximiyaviy xossalarini yaxshilaydigan va narxini arzonlashtiriadigan moddalardir. To‘ldiruvchi sifatida yog‘och, yog‘och uni, to‘qima, chiqindi iplari, qog‘oz ishlatiladi. Plastifikatorlar - ularning tarkibiy qismi bo‘lib, ularning plastikligini oshiradi. Bunga kamfora, kana - kunjut moyi kiradi. Katalizatorlar esa polimer metallarning qotish jarayonini tezlashtiradi, bunga oxak va boshqalar kiradi. Bo‘yoqlar plastmassa buyumlarga dekorotiv tus berishga ishlatiladi. Ularga xrom va rux oksidlari, aluminiy kukuni, oxra kiradi. Plastmassalar o‘zlarining fizik-mexanik xossalariga ko‘ra termoplastik va termoreaktivga bo‘linadi. Termoplastik plastmassalar oddiy gruppa plastmassalari bo‘lib, ular ma’lum temperaturada qizdirilsa yoki sovitilsa, o‘zining agregat xolatini o‘zgartira oladi. Termoplastlarga fotoplast, organik shisha, sellyuloid, viniplast, kapron, polietilen, polistirol kiradi. Bunday plastmassalar chiziqli, tarmoqlangan, fazoviy, zanjirli strukturali bo‘lib, bu strukturalar o‘zaro molekulalararo kuchlar bilan bog‘langan va ayrim makromolekulalardan iborat bo‘ladi. Termoraektiv plastmassalar - reaktoplastlar bir marta qizdirilib, bosim bilan ishlagandan so‘ng qayta suyuqlanmaydi. Fenolformaldegid termoreaktiv plastmassalarning asosini tashkil etadi. Bularga tekstolit, absotekstolit, getinoks, eposplastlar, aminoplastlar kiradi. Download 309.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling