4-§. Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallarining asosiy vazifalari va funksiyalari


Download 15.97 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi15.97 Kb.
#1249178
Bog'liq
DAVLAT KADASTRLAR PALATASI VAZIFALARI


4-§. Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallarining asosiy vazifalari va funksiyalari
16. Quyidagilar Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash xizmatlari ko‘rsatish;
bino va inshootlarning kadastr qiymatini belgilash.
17. Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
ko‘chmas mulk obyektlarining joylashgan joyidan qat’iy nazar, davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmalariga asosan kadastr yig‘majildini tayyorlash xizmatlari ko‘rsatadi;
bino va inshootlarning kadastr qiymatini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri hamda hududlar davlat kadastrini yuritish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va axborotlarni Integratsion axborot tizimiga kiritadi;
(17-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
yer uchastkasining chegarasini chizmalarda qayd etadi va naturada (joyning o‘zida) belgilaydi;
yer uchastkalarining chegaralariga aniqlik kiritadi, yer uchastkalarini bo‘lish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi;
ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlar va axborotlarni Integratsion axborot tizimiga kiritadi;
Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat va tariflarga muvofiq qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatadi;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkalarining kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olinishini ta’minlash maqsadida davlat yer kadastrining elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirilishini ta’minlaydi;
yer fondi toifalarining yer turlari bo‘yicha Milliy hisobotni Milliy geoaxborot tizimida yuritilishini ta’minlaydi;
yer fondi holatidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash ustidan kuzatishlar tizimini amalga oshirilishini ta’minlaydi;
er hisobotini, tuman (shahar) yer kadastri daftarini faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritilishini ta’minlaydi;
har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori bo‘yicha yer kadastri elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirilishini ta’minlaydi.
Download 15.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling