Mavzu: Kadastr xizmatida topo-geodezik ishlar turlari va ularga bo‘lgan talablar Reja


Download 10.8 Kb.
bet1/3
Sana02.06.2024
Hajmi10.8 Kb.
#1835633
  1   2   3
Bog'liq
3-4-Ma\'ruza Kadastr xizmatida topo geodezik ishlar turlari va ularga

Mavzu: Kadastr xizmatida topo-geodezik ishlar turlari va ularga bo‘lgan talablar

Reja:

  • Kadastr syomkasini bajarishdagi geodezik ishlar tartibi. Ularga bo‘lgan talablar.
  • Yer uchastkasi kadastr syomkasiga bo‘lgan talablar.
  • Kadastr syomkasini bajarishdagi tayyorgarlik ishlari.

Kadastr va kadastr ishlari tushunchalari hali Qadimgi Misr davridayoq paydo bo‘la boshlagan. O‘shanda joyning chegaralari va ularning maydonlarini o‘lchash kadastr ishlariga kirgan. Bundan ikkita maqsad bo‘lgan: yer to‘g‘risidagi hisob-kitob ishlarini olib borish va yer uchun soliqlarni undirish.
O‘rta asrlarda kadastr syomkalari va kadastr olib borishning mazmuni deyarli o‘zgargani yo‘q – yerlar syomkasi chiziqli bo‘lib qoldi va arqon hamda jezl (aniq o‘lchamli hassa) yordamida olib borilgan, geometrik bilim va hisob-kitoblar kam ishlatilgan. 1718 yildan boshlab Rim kadastri namunasidan foydalanib Djovanni Djakomo Marioni ilmiy usullarni qo‘llash asosida birinchi kadastrni ishlab chiqdi.
Triangulyasiya va poligonometrik tarmoqlar usulini qo‘llab, joy chegaralarini aniqlashni kiritdi. Bu kadastr 1760 yil 1 yanvardan boshlab asosan Evropa mamlakatlarida namuna sifatida kuchga kirgan.
Kadastr ishi texnigi faoliyatining maqsadi – yer va boshqa ko‘chmas mulk obektlarini baholash, ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish, shahar, tumanlar hududini kadastr un s’yomka qilishdan iborat.

Shuningdek, geoinformatsion va kadastr tizimlarini yaratish, ularni ishga tushirish, aholi punktlarida yer-joylardan foydalanish bo‘yicha davlat nazoratini olib borish, yer-joy va ko‘chmas mulk ustida olib boriladigan ishlar monitoringini amalga oshirish vazifalari ham ushbu kasb egalariga tegishli.

Shuningdek, geoinformatsion va kadastr tizimlarini yaratish, ularni ishga tushirish, aholi punktlarida yer-joylardan foydalanish bo‘yicha davlat nazoratini olib borish, yer-joy va ko‘chmas mulk ustida olib boriladigan ishlar monitoringini amalga oshirish vazifalari ham ushbu kasb egalariga tegishli.


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 31 dekabrdagi 543- sonli “O'zbekiston Respublikasi Davlat yer kadastrini yuritish to'g'risida” gi qarori Nizomining 3-bob 29-bandiga asosan hududiy kadastr xizmatlariga topografiya-geodeziya ishlarini va yer uchastkalarni tegishli masshtablarda xaritaga olishni tashkil qilish hamda O'zbekiston Respublikasining «Davlat yer kadastri to'g'risida» gi qonuniga asosan kadastr uchun suratga olish, yer kadastri xaritalari va planlarini tuzish, yer resurslari to'g'risidagi fazoviy muvofiqlashtirilgan ma'lumotlarni to’plash,ular ustida ishlash, ularni aks ettirish va tarqatishni amalga oshiruvchi avtomatlashtirilgan jo'g'rofiy axborot tizimini yaratish vazifalari yuklatilgan.
Ushbu vazifalarni joylarda amalga oshirish uchun har bir yer uchastkasi belgilangan tartibda xatlovdan o'tkazilib, kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishi va yer uchastkasiga bo'lgan huquq davlat ro'yxatidan o'tkazilishi shart.
Joylarda hududiy kadastr xizmatlari “yagona oyna” tamoyili asosida kadastr hujjatlarini mulk egasi (yuridik yoki jismoniy shaxslarning) arizasiga asosan rasmiylashtirish ishlarini amalga oshirishmoqda.
Kadastr hujjatini tayyorlashda birinchi navbatda, «Yer uchastkasi pasporti» tayyorlanadi, bu jarayonda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
-yer uchastkasiga tegishli bo'lgan huquqiy hujjatlar o’rganiladi (mahalliy hokimiyat yoki sud qarori, davlat orderi, oldi sotdi shartnomasi,
- yer uchastkasiga tegishli mavjud arxiv materiallari o’rganiladi;
-yer uchastkasining kadastr syomkasi bajariladi
-yer uchastkasi xatloviga asosan “yer uchastkasi pasporti” rasmiylashtiriladi
-yer uchastkasining chegarasini o'rnatish, belgilash va kelishish hamda davlat kadastri raqamini berish dalolatnomasi tuziladi
-yer uchastkasi chegarasi ta'rifi, sxemasi tuziladi
-yer uchastkasi chegara belgilarini saqlashga topshirish dalolatnomasi tuziladi
-yer uchastkasi, yer uchastkasi servituti va himoya zonasi aniqlanadi,chegarasi ta'rifi, sxemasi tuziladi
-yer uchastkasi huquqi davlat ro'yxatidan o'tkaziladi
-yer hududining navbatchi xaritasiga mazkur yer uchastkasi tasviri kiritiladi.

Download 10.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling