Mavzu: Teodolit syomkasi planini tuzish tarkibiy qismlarining asosiy
Download 1.13 Mb.
|
201-G, Norboyev Sarvar,YTKG1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teodolit syomkasi planini tuzish tarkibiy qismlarining asosiy elementlari komponovkasi
Tayyorladi: 201-Guruh talabasi Norboyev Sarvar Mavzu: Teodolit syomkasi planini tuzish tarkibiy qismlarining asosiy elementlari komponovkasi Fan: Yer tuzishda kompyuter grafikasi Plan komponovkasi 1 Plan chizmasi elementlarini qalam bilan jihozlash 2 Original-plan chizmasi va yozuvlarini tush bilan chizish 3 Planni rangli jihozlash. 4 Teodolit syomkasi planini tuzish tarkibiy qismlarining asosiy elementlari komponovkasi Catalog Teodolit syomkasi turli xil maqsadlar va o‘lchami har xil hududlar uchun bajariladi. Shunga muvofiq teodolit syomkasida o‘zining planidan tashqari qog‘oz varag‘iga ma’lumotlar ham joylashtiriladi. Yer tuzish planini ishlab chiqishda foydalaniladigan teodolit syomkalarning asosiy vazifasi yerdan foydalanish planlarini tuzishdir. Teodolit poligonlar qoidaga ko‘ra, yerdan foydalanish chegaralari bo‘ylab qo‘yiladi. Poligonning punktlari sifatida chegara belgilari ishlatiladi. Yer tuzish maqsadlari uchun bajarilgan teodolit syomkasi planini jihozlash ham hududni tasvirlashda, ham planning asosiy elementlari tarkibida va ularni joylashtirishda o‘ziga xosliklarga ega. Yer usti topografik syomkasi natijasida olingan planning asosiy elementlariga plan chizmasi, sarlavha (nomi), eksplikatsiya, boshqa yozuvlar, ramka kiradi. Yer tuzish planini ishlab chiqishda turli xil grafik materiallarni tayyorlash yuqorida aytib o‘tilgan asosli elementlarni joylashtirish bilan boshlanadi. Ko‘pchilik holatlarda dastlab bu joylashtirish sxematik chizmada bajarilib, u komponovka maketi deb ataladi.Plan komponovkasi yoki boshqa grafik hujjat deganda ishlab chiqarishda qabul qilingan jihozlash standartiga muvofiq komponovkalar, sarlavha (nomi) joylashtirish, eksplikatsiya, qo‘shimcha kartalar, grafik va matnlar, chizmaning varaqlari va tarkibiy qismlarining grafikasi sxemalariga nisbatan qog‘oz varag‘ida tasvirlanayotgan hududning oqilona, muvozanatlashtirilgan joylashuv joyini aniqlash tushuniladi. qarab, hamma tomonlardan bir xil qilib o‘rnatiladigan (masalan, 0,5 sm dan 3 sm gacha) hoshiya kengligi va ramkalar o‘rtasida o‘rnatilgan masofaga rioya qilish zarur. Ramkadan o‘ng va chap tarafdagi hoshiya kengligi 0,5 sm dan 2,0 sm gacha tepadan va pastdan esa 1,5 sm dan 3,0 sm gacha bo‘lgan variant mumkin. Yer tuzishning har qanday grafik hujjatini tayyorlash va jihozlash har doim qog‘oz varag‘iga uning hamma asosiy elementlarini joylashtirish bilan boshlanadi. Asosiy elementlar oqilona joylashtirish uchun avvalo qog‘oz varag‘iga ramka-hudud tasviri yoki chizmaning boshqa qismlarini chegaralovchi chiziqlar tizimi tuziladi. Bunda ichki va tashqi ramkalar farqlanadi. Varaqning ishchi maydonini chegaralovchi ichki ramka va tashqi ramka turli xil qalinlikdagi yalpi chiziqlar bilan chiziladi. Bunda qog‘oz varag‘ining o‘lchami va ramka ichidagi kenglik to‘lib ketganligiga Qoidaga ko‘ra, tashqi ramkaning qalinligi ichki qalamning qalinligidan katta bo‘lishi kerak. Teodolit syomkasi planini jihozlash uchun ramkalar qalinligi bo‘yicha quyidagi o‘lchamlar o‘rnatilishi mumkin: tashqi — 1...2 mm, ichki — 0,2...0,4 mm. Ramkalar o‘rtasidagi oraliq 1...5 mm dir. Keyin grafik hujjatning boshqa asosiy elementlari ramkasi ichidagi komponovkasi bajariladi. Teodolit syomkasi plani komponovkasida ramka joylashtirilgandan so‘ng birinchi navbatda plan (chizma)ni o‘zini joylashuv joyi aniqlanadi. Tasvirlanayotgan hududni o‘lchash, uni konfiguratsiyasi, eksplikatsiya, ma’lumotnoma, izohlash va boshqa yozuvlarda mavjud axborot tizimi, grafiklar va boshqa ma’lumotlar, shuningdek hujjatlardan foydalanish va saqlash usullariga ko‘ra komponovkaning juda xilma-xil variantlari mumkin. Grafik materiallarni jihozlash bo‘yicha korxonaning turli xil standartlari mavjud. Biroq qandaydir bir aniq standartga yo‘nalmasdan yer tuzish grafik hujjatlarini jihozlashning o‘ziga xos xususiyatlari va qoidalarini ajratish mumkin. Umumiy tasavvurga ega bo‘lish va grafik jihozlash malakalariga ega bo‘lish uchun ulardan ba’zilarining komponovka qoidalari bilan tanishish yetarlidir. Teodolit syomkasi plani quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan: plan (chizma)ning o‘zi, yozuvlar, ramkalar, Plandagi yozuvlarga sarlavha, shartli belgilarga ega eksplikatsiya, begona kishilar tomonidan foydalanish man etilgan uchastkalar haqidagi ma’lumotlar, aralash yerdan foydalanish chegaralari tasviri, masshtab, shtamp kiradi. Ma’lumotnoma va eksplikatsiya odatda varaqning yuqori qismini egallaydi. Ularni pastki ramka oldiga joylashtirish maqsadga muvofiq emas. Sarlavhaga nisbatan ta’kidlash mumkinki, ba’zi holatlarda masalan, yerdan foydalanish chegaralarining ixcham bo‘lmagan konfiguratsiyasida yoki cho‘zilib ketgan chegaralarda sarlavha yuqori qismiga joylashtirilishi, varaqning vertikal o‘qiga nisbatan chapga yoki o‘ngga siljitilishi mumkin, eksplikatsiya va boshqa yozuvlar esa qolgan bo‘sh joylarga joylashtirilishi mumkin. Agar bu grafik materiallarni jihozlash bo‘yicha korxona standarti tomonidan nazarda tutilgan bo‘lsa, sarlavha shtampga joylashtirilishi mumkin. Sarlavha va eksplikatsiyani varaqning yuqori qismiga joylashtirishda quyidagi o‘lchamlarga rioya qilinadi: ichki ramka va sarlavhaning birinchi qatori o‘rtasidagi masofa taxminan 2 sm bo‘lishi, qatorlar va ular o‘rtasidagi oraliqlarining jami balandligi bo‘yicha butun sarlavha 3...5 sm ni egallash, sarlavha va eksplikatsiya jadvali o‘rtasidagi oraliqlar taxminan 3...4 sm bo‘lishi. Bu oraliqda eksplikatsiya jadvalining sarlavha osti sarlavhasi joylashtiriladi, uning o‘lchami balandligi bo‘yicha 7...10 sm ni tashkil etadi. Jadval uzunligi ajratilgan yer va boshqa obyektlar soniga bog‘liq. Plan (koordinata to‘riga ega chizma) aralash yerdan foydalanish chegaralarining tasviri va boshqa yozuvlar qog‘oz varag‘ining qolgan uchdan ikki qismiga joylashtiriladi. Bu maydondagi plan chizmasi (asosiy chizma) eng kerakli, qoidaga ko‘ra markaziy joyni egallaydi. Hisoblashda sarlavha uchun balandlik bo‘yicha taxminan 15 mm va qatorlar orasidagi oraliqni o‘z ichiga olgan holda bir qator uchun 8...10 mm qabul qilinishi mumkin. Ramkadan chegaralar tasvirigacha 15...20 mm interval qoldiriladi. Masshtab ham asosiy chizma ostiga ramkaning janubiy tomoni yaqiniga, shtamp chizmaning janubiy-sharqiy burchagiga joylashtiriladi. Planning o‘ng tomonida poligon nuqtalari koordinatalari jadvali keltirilishi mumkin (kamdan-kam hollarda). Planning tarkibiy qismi asosiy qismlari va elementlari kompanovkasini oqilona bajarish yaxshi o‘ylangan va muvozanatlashtirilgan kompozitsiya taassurotini uyg‘otadi. Kompanovkaning optimal varianti unda chizma qog‘ozi varag‘ining bo‘sh maydoni chiziqlar bilan chegaralangan ramkaning umumiy maydonini 30% ni tashkil etadigan variant hisoblanadi. Plan kompanovkasida nafaqat uning hamma asosiy elementlarini joylashtirishga, balki ularning tarkibiy qismlarini batafsil joylashtirishga ham e’tibor qaratish zarur. Eng muhimi alohida so‘zlarni joylashtirish hisoblanadi, qo‘llaniladigan shriftlarning xususiyatlari va o‘ziga xosligini hisobga olish zarur. O‘qish uchun qulaylik (kartani o‘qish jarayonida shriftni qabul qilish tezligi va osonligi) hamma planlar va kartalar uchun va foydalanilgan har qanday shrift turiga majburiy talabdir. shriftning ixchamligi uning rasmi, harflar kengligi, alohida elementlar qalinligi, harflar o‘rtasidagi masofaga bog‘liq. Estetikligi hamma kartografik shriftlarining ajralmas sifatidir. Zamonaviy estitek talablarning asosi rasmlar go‘zalligi, o‘qish uchun qulayligi, proporsiya oqilonaligi, jihozlash rusumi bilan plan yoki kartaning boshqa elementlari jihozlanishining uyg‘unligidir. Birinchi navbatda e’tibor sarlavhaga qaratilishi kerak. Shuning uchun shrift turi, uning o‘lchami, rasmi, shuningdek nomning joylashuv joyi aniq ko‘rgazmali va estetik bo‘lishi kerak. Balandlik bo‘yicha o‘lchamni varaqning vertikal tomonidan 1/20...1/50 intervalda chizmadagi (mazkur joyda 1/20... 1/50 “plan” so‘zi) eng yirik yozuv uchun tanlanishi tavsiya etiladi. Odatda 1) 35 ga teng o‘rtacha ifoda tanlanadi. Sarlavha va boshqa yozuvlarning qolgan qatorlari uchun o‘lcham yozuv balandligi bo‘yicha eng yirigiga nisbatan taxminan 2...3 marta kichiklashtirilishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlar Oymatov R.Q., Hikmatullayev S.I., Mamatqulov Z.J. YER TUZISHDA KOMPYUTER GRAFIKASI 49-54-Betlar Eʼtiboringiz uchun tashakkur Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling