4 – laboratoriya ishi shaharlarda uch fazali tarmoqning nosimmetriya yuklamalarini simmetriyalash tartibini o‘rganish ishdan maqsad


Download 166.17 Kb.
bet2/4
Sana27.03.2023
Hajmi166.17 Kb.
#1299285
1   2   3   4
Bog'liq
4 – LABORATORIYA ISHI

Teskari ketma-ketlik

To’g’ri ketma-ketlik


2-rasm. Tok nosimmetriyasi.

Nosimmetriyaning mavjudligi toklarning teskari va nolli ketma-ketliklarini paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu toklar tarmoq elementlarda o‘z navbatida kuchlanish og‘ishini paydo bo‘lishiga olib keladi.


Tok nosimmetriyasi kuchlanish nosimmetriyasida ancha katta bo‘ladi. Toklar nosimmetriyasi sinxron generatorning rotorini qizishiga, uning ayrim qismlarini silkinishiga olib keladi. Fazalarni bir tekis yuklanmaganligi natijasida toklar nosimmetriyasi elektr uzatish liniyalarda va transformatorlarda o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kamaytiradi. Bu esa asinxron yuritkichlarni yarim o‘tkazgich qurilmalarini, elektr uzatish liniyalarini ishlarga yomon ta’sir ko‘rsatadi va elektr ta’minoti sistemasida o‘rnatilgan rele himoyasi ishini qiyinlashtiradi.
Nosimmetrik kuchlanishlar va toklar nosimmetriya koeffitsiyentlari Knsu va Knsi va toklar kuchlanishlarni muvozanatsizligi koeffitsiyentlari (Kou va Koi) bilan xarakterlanadi:
Knsu=U2/Un100% Kou=U0/Un100%


Knsi=I2/In100% Koi=I2/In100%

bu yerda, U2, I2, U0, I0 - kuchlanishlar va toklarning teskari va nol simmetrik tashkil etuvchilari.
Uch fazali elektr energiya iste’molchining qisqichlaida kuchlanish nosimmetriya koeffitsiyentlarini qiymati 2% dan oshmasligi lozim.
Kuchlanishni fazalararo nosimmetriyasi faqat teskari ketma-ketlik kuchlanishi bilan aniqlanadi. Faza kuchlanishrining nosimmetriyasi esa nol va teskari tashkil etuvchilari bilan aniqlanadi. Nolli ketma-ketlik toklari asosan, kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan tarmoqlarda mavjud.
Nosimmetriya rejimda faza va liniyalararo kuchlanishlar umumiy hollarda turlicha bo‘lgani uchun ularning bir vaqtning o‘zida o’lchash lozim.
3-rasmda nosimmetriya koeffitsiyentini aniqlash uchun nomogramma keltirilgan. Koordinata o‘qlarida liniyalararo kuchlanishlarini UBC va UCA UAB kuchlanishiga nisbati belgilangan. Nomogramma nosimmetriya koeffitsiyentini Kns va uning argumenti  kattaligini aniqlash imkonini beradi.
Masalan, quyidagi liniyalararo kuchlanishlar qiymatlari
UAB=385 V, UBC=380 V, UCA=375 V.
Uch fazali tarmoq uchun kuchlanishlar nosimmetriya koeffitsiyentini aniqlaymiz UCA /UAB 0,975 va UBC/UAB 0,99 hisobga olib nomogrammadan Kns = 0,015 va = 3100 aniqlaymiz.
Uch fazali tarmoqni simmetrik bo‘lishi uchun tok va kuchlanishlarining teskari va nol tashkil etuvchilarini bo‘lmasligi kerak. Shuning uchun simmetriyalash masalasini hal etilganda shu tashkil etuvchilarini kamaytirish uchun hamma choralar ko‘riladi. Bu esa, birinchi navbatda, alohida fazalarning yuklamalarini tenglashtirish, ayniqsa bir fazali katta quvvatli iste’molchini liniyalararo kuchlanishiga ulanganda uni yuklamasini uch fazaga tekis taqsimlash zarur.
Kuchlanishigi 1 kV gacha bo‘lgan tarmoqlarda nosimmetriyani teskari ketma-ketlikni qarshiligini kamaytirish yo‘li bilan pasaytirish mumkin. Bu nol chizig‘ini qarshiligi kamaytirish yo‘li bilan, transformatorni chulg‘amlarini yulduz-yulduz noldan (Y/Y0), uch burchak - yulduz nolga (/Y0) yoki yulduz - zigzag nol (Y/Z0) o‘tishi yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Nosimmetrik sistemaga ulangan uch fazali asinxron dvigateli simmetriyani saqlashga harakat qiladi Fazalararo nosimmetriyali ulangan kondensatorlar hisobiga simmeriyaga erishishi mumkin. Bunda kondensator batareyalari ikki vazifani bajaradi: yuklamani reaktiv quvvatini kompensatsiyalaydi va nosimmetriyani yo‘qotadi. Agar ko‘rsatilgan amallar kutilgan natijani bermasa turli simmetriyalovchi uskunalarni qo‘llaniladi.
Bir fazali yuklamani simmetriyalovchi sxemalardan keng tarqalganlardan biri SHteynmets sxemasidir (3-rasm). Fakat aktiv yuklamali Pn iste’molchi uchun
Qc=QL=Pn/3,
bu yerda, Pn - yuklamani aktiv quvvati. Agarda yuklama aktiv - induktiv xarakterga ega bo‘lsa, unga parallel ravishda kondensator batareyasi ulanidi.



Download 166.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling