4 – laboratoriya ishi shaharlarda uch fazali tarmoqning nosimmetriya yuklamalarini simmetriyalash tartibini o‘rganish ishdan maqsad
Download 166.17 Kb.
|
4 – LABORATORIYA ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba ishini bajarish tartibi
Tajriba qurilmasining tavsifi
Tajriba qurilmasining sxemasida (3-rasm) sanoat korxonasining elektr ta’minoti sistemasining modeli ko‘rsatilgan. Kuch transformatorini modeli sifatida 2, 5 kVA transformatori olingan, u uch fazali 380/220 V tarmoq kuchlanishini 36/24 V ga o‘zgartiradi. Tajriba qurilmasi uch fazali o‘zgaruvchan tokdan ta’minlanadi. Tajriba ishini bajarish uchun quyidagi elementlardan foydalanadi: S tenddanga Rl qarshiliklari uch fazali liniyani qarshiliklari vazifasini bajaradi. 3-rasm. Nosimmetrik yuklamani simmetriyalash. O‘zgaruvchan qarshilik Rn - bir fazali aktiv qarshilik. SHteynmets sxemasini tashkil etuvchilari sifatida reaktiv elementlar L va C qabul qilinadi . Uch fazali tarmoqda nosimmetriyali yuklama sifatida aktiv-induktiv qarshiliklar ZAB, ZBC, ZCA ishlatiladi. Aktiv-induktiv yuklamalarni va reaktiv quvvatni kompensatsiyalash uchun CAB, CBC, CCA kondensator batareyalar qo‘llaniladi. Tajriba qurilmasiga kuchlanishni berish, nosimmetriya aktiv-induktiv yuklamani ulash, CAB, CBC, CCA kondensator batareyalarini ulash uchun 1SF, 2SF, 3SF avtomatik o‘chirgichlar ishlatiladi. Tajriba ishini bajarish tartibi. 1. Tajriba ishida ishlatilgan asosiy tushunchalar, terminlarni va "Tajriba qurilmasining tavsifi" bulimini urganib chikilsin. Ishda foydalanilgan jihozlar bilan tanishib chikilsin. Tajriba qurilmasini tayyorligini tekshirish, buning uchun avtomatik o’chirgichlarni "выкл" holatida turganligiga ishonch hosil qilinsin. 1-rasmda ko‘rsatilgan sxemani yig‘ish va quyidagi ko‘rsatkichlarni olinsin: a) Faqat aktiv qarshilik Rn ulangandagi hamma o’lchov asboblarning ko‘rsatkichlarni yozib olinsin. b) O‘qituvchi ko‘rsatgan Rn har xil qiymatlardagi SHteynmets sxemasini ulangandagi jihozlarning ko‘rsatkichlarni yozib olinsin. Jadval 1 (2, 3, 4, 5, 6 qatorlarni) to‘ldiring. v) SHteynmets sxemasini o‘chirilib aktiv-induktiv yuklama 2 SF yordamida ulansin. Barcha jihozlarning ko‘rsatkichlarini yozib olinsin va jadval 1 ni 7 qatori to‘ldirilsin. g) Nosimmetriyali yuklamaga kondensator batareya Cab, Cbc, Cca lar ulansin va jadval 1 ni 8 qatori to‘ldirilsin. Download 166.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling