4- laboratoriya ishi. Xom-ashyolarning granulometrik tarkibini aniqlash. Xo‘l va quruq usuldagi elaklar taxlili


Download 236.88 Kb.
bet2/2
Sana12.03.2023
Hajmi236.88 Kb.
#1263220
1   2
Bog'liq
4- lobaratoriya ishi silikat

Sedimentatsion analiz.
Mayin tuyulgan mahsulotni suvda yoki havoda cho’kish tezligiga qarab tahlil qilish sedimentatsion analiz deyiladi. Sedimentatsion analizning eng sodda usuli tindirish hisoblanadi. Analiz uchun 20-50g mahsulot balandligi 150 mm gacha bo’lgan stakanga solinadi. Stakan yuqori belgisigacha suv bilan to’ldiriladi. Analiz uchun tayyorlangan bo’tana zarrachaning erkin tushishini ta’minlash uchun suyuq (10:1) bo’lishi kerak Bo’tana tingandan keyin ustki qismi diametri 6-10 mm li sifon trubka orqali S idishga tushirib olinadi. Analiz quyidagicha bajariladi: A stakandagi bo’tana yaxshilab aralashtiriladi. Aralashtirish tamom bo’lishi bilan sekundomer yoqiladi va ma’lum muddatga bo’tana eng mayda fraktsiya (-10 mk)ni cho’kishi uchun tinch holda ushlab turiladi. Ma’lum vaqt o’tgandan keyin sifon trubkaning qisqichi ochiladi va cho’kma ustidagi suyuqlik qo’yib olinadi. Stakan yana suv bilan to’ldiriladi va bu operatsiyalar ajratib olinayotgan suyuqlik tiniq holga kelguncha qaytariladi. "S" idishdagi hamma suyuqlik bitta qilib yig’iladi va tindiriladi, undan keyin suv to’kib olinadi, qoldiq quritiladi va tortiladi. Xuddi shu tartibda boshqa sinflar (-20 mk) ham tindiriladi.
Elaklar analizi.
Qumning donadorlik yoki granulometrik tarkibi unda mavjud turli yiriklikdagi donalar bilan xarakterlanadi va o‘rtacha qum namunasini standart elaklardan elab aniqlanadi. Qumni elash quyidagi ko‘zli standart elaklarda amalga oshiriladi:
10mm; 5mm; 2,5mm; 1,25mm; 0,63mm; 0,315mm; 0,16mm. 10mm va 5mm elaklar qum tarkibidagi shag‘al va chaqiq toshlarni ajratish uchun ishlatiladi. 10mm dan katta donalar 0,5%( massa bo‘yicha)gacha ruxsat etiladi, 5mm dan yirigi esa: - tabiiy qumda – 10% gacha; - maydalash chiqindilari asosidagi qumda - 19% gacha; - boyitilgan qumlarda - 5% gacha.
Qumlarning donadorlik tarkibi 5mm ko‘zli elakdan elab, yirik qo‘shimchalarni ajratib aniqlanadi.
Ishni bajarish tartibi: Quruq qumdan olingan namunaning 1000g massasini 2,5mm li elakka solinadi, uning ostida boshqa ko‘zli elaklar joylashtiriladi (kichik ko‘zli elaklar ketma-ketligida) va ostiga chiqindini yig‘ish idishi qo‘yiladi. Qum namunasini elaklar to‘plamidan mexanik usulda va qo‘lda titratib o‘tkaziladi, natijada elaklarda qolgan ayrim qoldiq aniqlanadi. Ayrim qoldiq qum namunasining umumiy massasi bo‘yicha foizda beriladi. SHundan so‘ng elaklardagi to‘la qoldiq aniqlanadi. To‘la qoldiq shu elakdagi va nisbatan yirik ko‘zli barcha elaklardagi ayrim qoldiqlarning yig‘indisi bilan ifodalanadi.

Qumning donadorlik tarkibi yiriklik moduli bilan xam ifodalanadi: Mk=∑A/100, Bu erda:
∑A-nazorat elaklarida qolgan to‘la qoldiq yig‘indisi, % (rasm 1.1ga qarang); ∑A=A2,5+A1,25+A0,63+A0,315+A0,16=5a2,5+4a1,25+3a0,63+2a0,315+a0,16;
Bundan ko‘rinadiki ∑Aga teng elaklardagi qumning ayrim qoldiqlari a ko‘proq ta’sir etadi. Qum qanchalik yirik bo‘lsa, ∑A va yiriklik moduli xam katta bo‘ladi. Yiriklik modulini nazariy noldan (agar qumning barcha donalari 0.16mm dan kichik bo‘lsa) qabul qilish mumkin. Amaliy yiriklik modulini o‘zgarishi kamdir. 8736-93 “qurilish ishlari uchun qum. texnik shartlar”. O‘ZRST da qumning yiriklik moduli va 0.63mm qum elakda qolgan to‘la qoldiq bo‘yicha guruxlarga bo‘linishi nazarda tutiladi.
Download 236.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling