4- laboratoriya mashg'uloti. Yuqx usulida dori preparatlarining
Download 16.73 Kb.
|
4- LABORATORIYA M ASHGULOTI.
4- LABORATORIYA MASHG'ULOTI. YUQX USULIDA DORI PREPARATLARINING TAHLILI Laboratoriyamashg‘ulotining rejasi 1.YUQX usulida dori preparatlarining tahlili 2. YUpqa qatlam sorbentli plastinkalar tayyorlash. Aktivlik darajalarini oshirish va aktivliginianiqlash sharoitlarini taxlil qilish. Mashg’ulotmaqsadi:Laboratoriya mashg‘ulotida talabalarni YUQX usulini dori moddalar tahlilida qo‘llashni o‘rganish. Laboratoriya mashg’ulotini bajarish davridakutilayotgan natijalar: Talabalarni yupqa qatlam xromatografik jarayonida sodir bo‘ladigan fizik xodisalar, usulni dori moddalarni aralashmalardan tozalashda, moddalar sifatini aniqlashda qo‘llash, uning axamiyati, yupqa qatlam xromatografik taxlil turlari, Rf va Rfst ko‘rsatkichlari, uni aniqlash shartlari bilan tanishtiriladi. Laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazish uchun zarur asbob-uskunalar:Darslik, ma’ruzamatni, o‘quvqo‘llanmalar,xromatografik plastinkalar, kolonka, qozg’aluvchi fazalar, chizg’ich, purkagich, UB-lampa, turli ochuvchi reagentlar, voronka, probirkalar, reaktivlar, ko‘rgazmalimateriallarlar, skotch, qog‘oz Laboratoriya jihozlari : Maxsus laboratoriya vositalari bilan jixozlangan xona Yupqaqatlamlixromatografiyalashusullari.Kislotali, neytral, kuchsiz asos va asos xossali dori moddalarini yupqa qatlam xromatografik «skrining» usulida aniqlash. Mashg‘ulotda talabalar kislotali neytral va kuchsiz asos xossali dori moddalarni yupqa qatlam xromatografik tanlov («skrining») yordamida bir-biridan ajratish va aniqlash usullari bilan tanishtiriladi. SHuningdek ayrim berilgan topshiriq asosida kofein xamda uning hosilalarini yupqa qatlam xromatografik ajratish va aniqlash usullarini bajariladi. 251 Yupqa qatlamli sorbent qoplangan shisha plastinkalarda moddalarni bir-biridan oz vaqt sarflab, tez va oson ajratishga asoslangan bo‘lib, dorishunoslikda dori vositalari chinligini, tozaligini va shu asosda miqdori sifatini aniqlashda keng qo‘llaniladi. Usul uchun sorbent va qo‘zg‘oluvchi fazani to‘g‘ri tanlash moddalar taxlilini to‘g‘ri bajarishda katta axamiyatga ega. Sorbent va unga shimilgan namlik (suv) va ayrim xollarda maxsus shimdirilgan erituvchilar va ularning aralashmalari qo‘zg‘olmas faza xisoblanadi. Qo‘zg‘oluvchi faza plastinkadagi qoplangan sorbent qatlami bo‘ylab xarakatlanishi jarayonida qo‘zg‘olmas faza saqlovchi sorbentga tomizilgan aralashma komponentlarini eritadi va ularni modda xarakteriga bog‘liq xolda xar xil masofalarga taqsimlab joylashtiradi. Xromatogrammani olish uchun kamera sifatida og‘zi zich yopiladigan, tagi yassi turli xajmdagi shisha idishlar ishlatiladi. Idish ostiga 5-7 mm qalinlikda taxlil uchun tayyorlangan qo‘zg‘oluvchi faza vazifasini o‘tovchi erituvchi sistemasi qo‘yiladi. Kamera ichki xajmini erituvchi pori bilan to‘yintirish maqsadida, uning yon devoriga erituvchi bilan xo‘llangan filtr qog‘oz yopishtiriladi va 20-30 daqiqa yopiq xolda saqlanadi. Kamerani erituvchi sistema pori bilan to‘yintirish tekshiriluvchi aralashmani ayrim komponentlarga to‘g‘ri va sifatli taqsimlanishiga yordam beradi. YUpqa qatlam xromatografiyasi.Asosiy terminlar va variantlari. YUpqa qatlamli xromatografiya - xromatografiyaning bu varianti shisha plastinkalardagi yupqa qatlamda joylashtirilgan adsorbent qavatida bajariladi. Ikki yo‘nalishli xromatografiya - dastlab bir yo‘nalishlarda keyin unga perpendikulyar yo‘nalishda amalga oshiriladi. Ikki yo‘nalishli xromatografiyada jarayonlar turli xil qo‘zg‘oluvchi fazalarda amalga oshiriladi. Qarama - qarshi fazali xromatografiyada qo‘zg‘olmas faza qutbsiz, masalan: sorbent qatlami uglevodorodlar yoki silikon shimdirilgan bo‘lishi, qo‘zg‘oluvchi faza esa qutbli bo‘lishi mumkin. Ekstraksion xromatografiya - xromatografik jarayon bajarilgach, modda yig‘ilgan zonasidan birikmalarni erituvchilar bilan sorbentdan ekstraksiyalash bilan qayta eritib olib amalga oshiriladi. Xromatografik dog‘ - xromatografik analiz qilinuvchi birikma tahminan yumaloq formada yig‘ilib, to‘plangan joyi. Start nuqtasi (yoki chizig‘i) - sorbent qavatiga xromatografiyalanuvchi moddalarni o‘tkaziladigan qism plastinka qirg‘og‘idan 2-2,5 sm masofada belgilab olinadi. Plastinka ustida joylashtirilgan yupqa qatlamda nuqta yoki chiziq shaklida tekshiriluvchi eritmani kapillyar naycha yordamida joylashtirish bilan amalga oshiriladi. Xromatografik kameralar - qo‘zg‘oluvchi faza pori bilan xromatografik kamerani to‘yinishi shart. Erituvchi fronti - erituvchi sistemasi ko‘tarilib borgan chegara. R f - kattaligi start va dog‘ zonasining markazi va qo‘zg‘oluvchi faza fronti orasidagi masofalar nisbati, kattalik «O» dan kichik qiymatga ega. Yopishtirilgan plastinkalar tayyorlashda sorbsion massani tarkibiga kiradigan biriktiruvchi modda sorbent va suv aralashmasidan tayyorlangan massa plastinkaga bir xil yuzada yoyiladi. Yopishtirilmagan plastinkalarda esa bog‘lovchisiz sorbsion xususiyatli modda plastinka yuzasiga bir xil qatlamda yoyiladi. Ko‘tariluvchi xromatografiya - erituvchini kapillyar kuchi yordamida plastinka bo‘ylab pastdan yuqoriga ko‘tarilishi. Tushuvchi xromatografiya - erituvchini plastinkadan yuqoridan pastga tushishi. Gorizontal xromatografiya - plastinkani kamerada gorizontal joylashishi. YUpqa qavatli xromatografiya uchun adsorbentlar - YUQX uchun alohida adsorbentlar yuqori tozalikdagi bog‘lovchi qo‘shilmasi bilan xamda qo‘shimchasiz, shuningdek UB nur ta’sirida nurlanuvchi 284 nm 366 nm gacha fluoressensiya beruvchi qo‘shimcha moddalar bilan birga tayyor xolda chiqariladi. 252 Xromatografik plastinkaga tekshiriluvchi aralashma namunasini o‘tkazish va ularni plastinkada taqsimlanish mexanizmi. Tayyor yupqa qatlamli xromatografik plastinkaga tekshiriluvchi bir yoki ko‘p komponentli eritma namunasini o‘tkazish uchun avval plastinkaning pastki qismidan 2,0-2,5 sm yuqorisida qalam yoki boshqa ninasimon predmet yordamida start nuqtalari (yoki chiziq) belgilanadi. So‘ngra aniqlanuvchi eritma maxsus tomizgich yoki kapillyar yordamida start nuqtasiga (yoki chiziqqa) tomiziladi. Nuqtalar diametri 0,5 sm dan ortib ketmasligiga axamiyat berish kerak. Eritma tomizib bo‘lingach plastinkadan erituvchini xona xaroratida bug‘latilib, so‘ngra uni tayyorlab qo‘yilgan qo‘zg‘oluvchi faza pori bilan to‘yintirilgan kameraga vertikal joylashtiriladi. Plastinkadagi sorbent qatlami yaxshi xo‘llanishi uchun qatlam 0,5 sm gacha erituvchi ichiga tushishini ta’minlash lozim. Erituvchi sorbent qatlami bo‘ylab xarakatlanishi davomida start nuqtasidagi moddalarni eritadi va o‘zi bilan siljitib start chizig‘idan turli masofalarga taqsimlaydi. Erituvchining ko‘tarilish chegarasi (front) start chizig‘idan 10 -15 sm ga etganda moddalarni taqsimlash jarayoni tugallanadi. So‘ng plastinka kameradan chiqarib olinib, xona xaroratida quritiladi va moddalarning taqsimlanishi oddiy ko‘rish bilan, UB nurida, so‘ngra rangli birikmalar hosil qiluvchi moddalarga xos reaktivlarni purkash bilan amalga oshiriladi. Xromatogrammada tekshiriluvchi kislotali,neytral va kuchsiz asos xossali moddalarni aniqlash Kislotali, neytral va kuchsiz asosli xossaga ega bo‘lgan moddalarni aniqlash uchun quyidagi reagentlar tanlangan: I.Simob sulfat eritmasi bilan so‘ng difenil karbozidni xloroformdagi eritmasi bilan purkash (barbitur kislotasi hosilalari bo‘lganda ko‘kimtir rangli dog‘ xosil qiladi;sezgirlik 1 mkg). II.G‘eCl3 10% eritmasi (aromatik karbol kislotalar va pirazolon hosilalari bilan qizil ko‘kimtir rangli dog‘ xosil qiladi, sezgirlik aramatik karbol kislotalar uchun 1,5 mkg, pirazolon hosilalari uchun 1,0 mkg) Dragendorf reaktivi (uchlamchi aromatik yoki geterotsiklik azot atomi saqlagan dorivor moddalar bilan qo‘ng‘ir rangli dog‘ xosil qiladi,reaksiya sezgirligi noksiron va butadion uchun 2 mkg, antipirin va kofein uchun 1,5 va 4,0mkg, diazepam, nitrozepam va xlordiazepoksid uchun 1,0 mkg). Taxlilning olib borish xususiyatlariga ko‘ra umumiy qo‘llaniladigan reaktivlarni birin-ketin qo‘llash maqsadga muvofiqdir. O‘tkazilgan tajribalar natijasida o‘rganilgan reagentlarni kislotali, neytral va asos xossali dorivor moddalarni aniqlashda qo‘llash mumkinligi ko‘rsatilgan.Bunda olingan xromatogrammalarni UB-nurlar bilan nurlantirib va tavsiya etilgan reagentlar bilan birinketin ishlash lozim: Ushbu usul faqat meprobomatni aniqlash imkonini bermaydi. Meprobomatni vanilinning 1% metanoldagi eritmasi bilan aniqlash mumkin. Kofein, teobromin va teofilinni yupqaqatlam xromatografik aniqlash. Silikagel bilan qoplangan xromatografik plastinkaning (12x18 sm) start chizig‘iga tekshiriluvchi eritmadan tomizilib, undan 2 sm o‘ngda start chizig‘iga standart eritma (0,01% kofeinning xloroformdagi eritmasi) tomiziladi. Plastinka iliq xavo oqimida quritiladi va efiratseton-25% ammiak (40:20:1) erituvchilar aralashmasi bilan to‘yintirilgan xromatografik kameraga tushiriladi. Kamera qopqoq bilan zich yopiladi. Erituvchi 10 sm yuqoriga ko‘tarilgandan keyin plastinkani kameradan olinib, iliq xavo oqimida quritiladi. So‘ngra Dragendorf reaktivi bilan purkaladi. Amidopirinni yupqa qatlam xromatografiya usuli bilan aniqlash. Silikagel bilan qoplangan xromatografik plastinkaning (12x18sm) start chizig‘iga tekshiriluvchi eritmadan tomizilib,undan 2 sm o‘ngda start chizig‘iga standart eritma tomiziladi. Plastinka iliq xavo oqimida quritiladi va xloroform-atseton (9:1) erituvchilar aralashmasi bilan to‘yintirilgan xromatografik kameraga tushiriladi. Kamera qopqoq bilan zich yopilib, erituvchi 10 253 sm yuqoriga ko‘tarilgandan keyin olinib, iliq xavo oqimida quritiladi. So‘ngra 10% G‘eSl3 reaktivi bilan purkaladi. Xromatogrammada amidopiringa xos qo‘ng‘ir rangli dog‘lar hosil bo‘ladi (Rf= 0,15-0,17). Xininni yupqa qatlam xromatografiya usuli bilan aniqlash. Silikagel bilan qoplangan xromatografik plastinkaning (12x18 sm) start chizig‘iga tekshiriluvchi eritmadan tomiziladi. Undan 2 sm o‘ngda start chizig‘iga standart eritma tomizilib, plastinka iliq xavo oqimida quritiladi va efir-atseton-25% ammiak (40:20:2) erituvchilar aralashmasi bilan to‘yintirilgan xromatografik kameraga tushiriladi. Kamera qopqoq bilan zich yopib, erituvchi 10 sm yuqoriga ko‘tarilgandan keyin olinib, iliq xavo oqimida quritiladi. So‘ngra UB-nurida nurlantiriladi so‘ng Dragendorf reaktivi bilan purkaladi. Xromatogrammada xinin bo‘lsa, UB - nurda tovlanish va Dragendorf reaktivi purkalganda qo‘ng‘ir dog‘ (Rf=0,25) xosil bo‘ladi. Mustaqil tayyorlanish uchun savollar. I.YUpqa qatlamli xromatografiya deganda nimani tushunasiz? 2.Ikki yo‘nalishli xromatografik jarayonni tushuntiring. 3.Qarama-qarshi fazali xromatografiya jarayoniga izox bering. 4.Ekstraksion xromatografik jarayonni izoxlang. 5. Xromatografik dog‘ deganda nimani tushunasiz? 6.Xromatografik jarayondagi start nima? Uni qanday belgilash mumkin? 7.Xromatografik kameralar qanday tanlanadi? 8. Xromatografik kameralarni qo‘zg‘aluvchi faza pori bilan to‘yintirishni izoxlang. 9.Xromatografiyadagi front nima? 10.Rf-kattaligiga izox bering.U qanday aniqlanadi? II.Tekshiriluvchi namuna eritmasini xromatografik plastinkaga o‘tkazish tartibini izoxlang. 12.YUpqa qatlamli plastinkalar yordamida xromatogrammalar tartibini izoxlang. 13.Moddalarni yupqa qatlamli xromatografik jarayonda taqsimlanish mexanizmi qanday? 14.Kofein, teobramin va teofillinni yupqa qatlam xromatografik aniqlash qanday bajariladi? 15.Amidopirin xususiy YUQX taxlili jarayonini izoxlang. 16.Xininni xususiy YUQX taxlili jarayonini izoxlang. Download 16.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling