Atmosfera havosini ifloslovchi manbalar uchta asosiy guruhga bo'linadi. Bular: binolarning isitilishi, avtomobillar va sanoatdir.
Binolami isitish Atmosfera havosining ifloslanishida, asosan, shaharlarda isitish mavsumida binolami isitish sezilarli ulushini qo‘shadi. Isitishda asosan toshko‘m irdan foydalaniladi va uning yonishi natijasida atmosferaga katta miqdorda tutun, qurum, CO va S 0 2 lar ajralib chiqadi. Binolami markazlashtirilgan holda issiqlik markazlari yordamida isitish so'zsiz foyda beradi.Bunday tizimlar yoqilg‘i yonganda qurum hosil bo'lmasligini ta’minlaydi. Bunda S 0 2 chiqindisi kamaymaydi, birgina hosil bo'layotgan gazlar yuqori tutun quvurlari yordamida atmosferaning yuqori qatlam lariga chiqarib yuboriladi. N atijada yerning yuza qatlamida chiqayotgan gazlarning havo bilan hosil qilgan aralashm asida zararli m oddalarning konsentratsiyasi birm uncha kamayadi. Havo gigiyenasi nuqtayi nazaridan binolami isitishning eng istiqbolli usuli gidroelektr stansiyalari (GES) yoki atom elektr stansiyalari (AES) dan olinadigan elektr toki yordamida isitishdir.
Atmosfera havosining ichki yonuv dvigatellaridan chiqayotgan gazlar bilan ifloslanishi
Shahar atmosfera havosining ifloslanishida, benzinli yoki dizelli dvigatellarga asoslangan m otorli transportdan ajralayotgan gazlar hal qiluvchi rol o ‘ynaydi. Havoning uglerod oksidi CO, parafin va olefin qatori uglevodorodlari, yuqori qaynaydigan yarim siklik, aromatik m oddalar va qurum , aldegidlar, N O , q o ‘rg‘oshin oksidlari kabi m oddalar bilan ifloslanishida ichki yonuv dvigatellari bevosita m anba hisoblanadi. Ushbu tutun gazlari atmosfera havosi bilan aralashib, ayniqsa jadal quyosh radiatsiyasi t a ’sirida fotokimyoviy reaksiyaga kirishishi va natijada smog (tum an) hosil bo'lishiga olib kelishi m um kin. Turli laboratoriyalarda olib borilgan laboratoriya natijalari benzin dvigatellarida hosil bo‘ladigan tutun gazlari tarkibida arom atik m oddalar mavjudligini isbotladi. Bu moddalar va ayniqsa 3,4 benzopiren potensial konserogen hisoblanadi. Serqatnov ko‘chalar tepasida hosil bo‘layotgan tutun gazlar va changlar plyonkali quyosh yorug'ligining ultra binafsha nurlarini yutishi hisobiga inson salomatligi uchun zararlidir.
Avtomobildagi tutun gazlari tarkibidagi zararli m oddalar konsentratsiyasini kamaytirish bo'yicha bir necha yo'nalishlarda izlanishlar olib borildi: birinchidan, dvigatelning silindrlarida yoqilg'i yonish jarayonini takomillashtirish; ikkinchidan, qo'shim cha havo va katalizator ishtirokida tutun gazlarini batamom yondirib, yoqilg‘ining yonmay qolgan kom ponentlari m iqdorini kamaytirish; uchin chid an , yoqilg‘ining ekologik turlarini: spirtlar, o ‘simlik yog'lari va boshqalami ishlatish; to'rtinchidan, elektr avtomobillarni ixtiro qilish.
Atmosfera havosining sanoatdagi ishlab chiqarish hisobiga ifloslanishi
Ifloslantiruvchi manbalar. Havoni sanoat ifloslovchilarining asosiy manbasi bo‘lib toshko'm irda ishlab, atmosferaga qurum, kul, S 0 2 chiqaradigan issiqlik elektr stansiyasi (IES), atmosferaga ajratayotgan gazlari bilan birga qurum , chang, tem ir oksidi va S 0 2, ayrim hollarda ftoridlar chiqaradigan metallurgiya zavodlari, ko‘p m iqdorda chang chiqaruvchi m anba hisoblanadigan sement zavodlari hisoblanadi. Anorganik moddalar ishlab chiqaradigan korxonalar atmosferani SO,,
SiF4, H F , NO, N 0 2 kabi gazlar bilan ifloslaydi. Selyuloza ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash korxonalari atmosferaga yomon hidli gaz holatdagi chiqindilarni tashlaydi. Bundan tashqari, barcha sanoat korxonalari o‘z energiya tizimlariga ega b o ‘lib, ulardan ajralayotgan gazlar ham havoni ifloslaydi.
Kimyo sanoati korxonalarining atmosferani ifloslashini bir necha guruhlarga bo‘lish mumkin:
1. M ahsulotni to'liqsiz chiqishi yoki xomashyoning 100% ini ishlatishga imkon bermaydigan reaksiyaning o ‘ziga xos xususiyatlari (masalan kontakt usulida H 2S 0 4 ishlab chiqarish) yoki so‘nggi mahsulotni yo‘qotish (sement yoki ko'm ir sanoatidagi chang, N H 3 ni oksidlash yo‘Ii bilan H N 0 3 ishlab chiqarishda N O x ning to ‘liqsiz yuvib chiqarilishi).
2. Xomashyoda mavjud bo'Igan chiqindi va ifloslarni atmosferaga tashlash. M asalan, ftorni tabiiy fosfatdan, ruda va keramik xom ashyodan N F va SiF4 ko‘rinishida, oltingugurtni tabiiy gaz, xom neft va toshko'm irdan va yana S 0 2 va H 2S ko 'rin ishida sulfid saqlovchi rudadan, kaliy birikmalarini sement, margimush, selen ishlab chiqarishda va H 2S 0 4 ishlab chiqarishda oltingugurt kolchedonini atmosferaga tashlash.
3. Ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatiladigan qator moddalarni, masalan sun’iy shoyi va viskoza tayyorlashda uchuvchan organik erituvchilar, CS2 va H2S Iarni, kamerali va minorali usullarda H2S 0 4 ishlab chiqarishda NOx larni, AL ishlab chiqarishda F birikmalarini yo'qotish.
4. Oksidlanish jarayonlari, qizdirish yoki quritish natijasida atro f- u h itg a hidli yoki oksidlanish m a h su lo tlarin in g tushishi, natron niy selluloza tayyorlashda qaynatish jarayonida merkaptan va H 2S ajralishi, nordon azot tuzlaridan olinadigan katalizatorlarni kuydirishda N O x larning, karbonatlardan CO, C 0 2 larning tushishi.
Yashash va ish joylari havosi
Yashash uylari va ish joylarida atmosfera havosiga qaraganda zararli ifloslovchilar k o ‘p bo‘ladi. Bu shu bilan bog‘liqki, birinchidan, binolarda ishlatilayotgan ko‘pgina m aterial va qurilm alar zararli moddalar ajratadi, ikkinchidan, bino germetik yopiqligi sababli zararli m oddalar xavfli darajagacha yig‘ilib qolishi mumkin. U chinchidan,binoning ichida zararli moddaning ta ’siri, ochiq havodagiga nisbatan uzoqroq bo‘ladi.
0 ‘rtacha olganda inson o ‘z vaqtining 70—80% ini binolarda o'tkazadi, ayniqsa hom ilador ayollar, yosh bolalar, keksalarda bu foizlar undan ham ko‘proq bo'ladi. Yashash joylarida havoni ifloslovchilarning ko‘pgina turlari mavjud
b o ‘lib quyida ulardan b a ’zilarini ko‘rsatib o ‘tamiz:
— faner va D SP larni kleylash uchun va yana g'ovakli rezinalar va plastikali qoqiladigan m ateriallar uchun q o ‘shim cha sifatida q o ‘llaniladigan fenol, formaldegid va boshqa sintetik organik birikmalar;
— organik m oddalam ing pechlar va kaminlarda yonishi natijasida hosil bo‘ladigan turli xil m ahsulotlari (CO, N O x, uglevodlar va boshqalar);
— yuvuvchi m odda, yelimlar, pestitsidlar, havoga xushbo'ylik beruvchi, dezinfeksiyalovchi m oddalar, barcha turdagi aerozollar sifatida q o ‘llaniladigan turli xildagi kimyoviy moddalar;
— radon — yer qarida radioaktiv moddalarni pontanli parchalanishi natijasida hosil b o ‘ladigan radioaktiv gazdir. U yer ustiga chiqib tabiiy radioaktiv fonni hosil qiladi. Uylarning tom lari orasidan issiq havo chiqqanida havo bo ‘shlig‘i paydo bo‘lib, radon pastki qavatlarga kiradi, xonalarda ushlanib qolib havfli konsentratsiyalami hosil qilishi mumkin.Oziq m oddalarni pishirish va yondirish uchun qo‘llaniladigan tabiiy gaz, qurilish m ateriallari va suv ham radon hosil qiluvchi
m anba boMishi mumkin.
— Asbest-tolali kristallardan tashkil topgan tabiiy material. Uni bug' bilan isitish quvurlariga qoplama, binolarning ustki qismiga qoplam a, dazm ol doskalariga qoplam a va boshqalarga issiqlik saqlovchi va o ‘tga chidamli material sifatida, b a’zi b o ‘yoqlarda va tom ni yopadigan m ateriallarda q o ‘llaniladi.
— Chekish sanab o'tilgan har qanday moddaning o'rtach a ta’siriga nisbatan solishtirib bo‘lmaydigan katta xavfga olib keladi va bino ichidagi boshqa ifloslovchilar bilan birga sinergetik samara berishi mumkin. Chekish chekmaydiganlarga ham o ‘zining xavfli ta ’sirini oshirishi isbotlangan. — 0 ‘lcham i 2,5 m km d an kichik m uallaq m o d d alar sigaret tutunida, turli aerozol tovarlarida va yana boshqa ichki m anbalarda 2 — I X. Ayubova va boshq.mavjud bo‘lib o'ziga quyosh yorug‘ligining ultrabinafsha nurlarini
yutadi. Bakteriyalar o ‘simlik urug‘lari va viruslarida ham muallaq moddalar holida mavjuddir. Ularning konsentratsiyasi binodagi insonlarning hayot faolligi va sharoitiga mos keladi. Havo kondensionerlari va bug‘lantiruvchi muzlatgichlar patogen organizmlar yig‘ilishi mumkin bo'lgan va keyinchalik «tirik aerozol» sifatida chiqishi m um kin b o ‘lgan apparatlar hisoblanadi. Ishlab chiqarish binolari havosining ifloslanishi kimyoviy moddalarning turli- tumanligi va yuqori konsentratsiyaligi bilan ham farq qiladi. Ishlab chiqarish sharoitida zararli moddalarning ta ’siri tashqi muhitning turli qo'shim cha omillari (havoning yuqori harorati, shovqin, tebranish va boshqalar) hisobiga og‘irlashadi.
|