4- ma’ruza elektr termik jarayonlar va qurilmalar Reja


Download 272.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana16.06.2023
Hajmi272.2 Kb.
#1498475
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4- MA’RUZA



4- MA’RUZA 
Elektr termik jarayonlar va qurilmalar 
Reja 
3.1. Elektr termiyaning fizik xossalari. Elektr termik qizdirishning usullari 
3.2. Aktiv qarshiliklardan tok o‟tganda qizishi asosida hosil bo‟ladigan elektr 
qizdirish usuli
3.3. Bevosita va bilvosita qizish. Qarshilik elektr pechlari va qurilmalari. 
3.1. Elektr termiyaning fizik xossalari. Elektr termik qizdirishning usullari 
“Elektrotermiya“ - tushunchasi keng ma‟noga ega bo„lib, sanoatning turli 
sohalarida elektr energiyasini iste‟mol qilgan holda issiqlik ishlovi beruvchi 
ko„plab texnologik jarayonlarni o„zida mujassamlashtiradi
Organik yoqilg„i xisobiga issiqlik ishlovi berishga nisbatan elektr 
energiyasidan foydalanib issiqlik ishlovi berish jarayonlari qator afzalliklarga ega. 
Bular tashqi muhit ifloslanishining keskin kamayishi; haroratning aniq belgilangan 
qiymatlarini olish imkoniyati; aniq yo„naltirilgan intensiv issiqlik oqimlarini xosil 
qilish imkoniyati; ajralib chiqayotgan issiqlik energiyasining miqdorini qat‟iy 
nazorat qilish va aniq boshqarish imkoniyati; turli kimyoviy tarkibdagi gaz 
muxitlari va vakuumda issiqlik ishlovi berish imkoniyati; issiqlik ishlovi 
berilayotgan materialning o„zida bevosita issiqlik energiyasi ajralib chiqishini 
ta‟minlash imkoniyati; har qanday issiqlik ishlovi berish uchun belgilangan xajmda 
katta miqdordagi issiqlik energiyasi ajralib chiqishini ta‟minlash va x.k. 
Elektrotermiyada elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylanishini 
ta‟minlovchi quyidagi usullarni qayd etish mumkin.
 
Qarshilik usulda issiqlik ishlovi berish o„tkazuvchan materiallardan tok 
oqib o„tish oqibatida issiqlik ajralib chiqishiga asoslangan. Ushbu usul Djoul - 
Lens qonuniga asoslangan bo„lib, bevosita va bilvosita issiqlik ishlovi berish 
qurilmalarida qo„llaniladi.

Download 272.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling