4- maruza Mavzu: Yassi va barabanli sim g’alvirlar ishlash prinsipi va turlari
Download 114.5 Kb.
|
4-Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faollashtiruvchi savollar
4- Maruza Mavzu: Yassi va barabanli sim g’alvirlar ishlash prinsipi va turlari Materialni saralash va boyitish, ya’ni uni keraksiz, begona jinslardan, zararli aralashmalardan tozalash tegirmondan chiqadigan tayyor mahsulotning sifatiga hamda bahosi (narxi)ga jiddiy ta ’sir ko‘rsatadi. Saralash jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1) materialni maydalashdan oldin m azkur m ashinada maydalash uchun yo‘l qo‘yiladigan olcham dan yirikroq parchalami ajratib tashlash. Tayyor mahsulot donalari (zarralari)dan maydaroq dona yoki zarralami ajratib olish; 2 ) material maydalangandan va tuyilgandan keyin materialni yirik-maydaligiga qarab to ‘dalarga ajratish, keyinchalik ulardan muayyan nisbatda massa yoki shixta tashkil etish, mashina yopiq siklda ishlatilganda yirik donalarni ajratib qo‘yish (keyinchalik ular qaytadan maydalanadi), materialni unga aralashgan metall buyumlar va qipiqdan tozalash, materialni boyitish. Silkinadigan yassi g‘alvirlar Bunday g‘alvirlar og‘irlik kuchi bilan inersiya va ishqalanish kuchlarining o ‘zaro ta ’sir ko‘rsatish prinsipida ishlaydi. Material saralanishi uchun g‘alvir yuzida (unga) nisbatan surilishi kerak. Ilgarilama-qaytma harakat qilib, ya’ni tebranib turadigan, yotiq o‘matilgan g‘alvirlar material zarur yo‘nalishda surilishi uchun maxsus assimetrik mexanizmlar uni oldinga va orqaga har xil tezlikda silkitibtebratib turm og‘i lozim. Agar g‘alvirni ekssentrikli oddiy simmetrik mexanizm harakatlantiradigan b o ‘lsa, bunday hollarda g‘alvir qiya vaziyatda joylashgan yoki prujinalanadigan qiya ustunchalarga o‘matilgan bo‘lishi kerak. Barabanli g‘alvirlar G ‘alvirlarning bu turi tolqonsim on m ateriallarni saralashga m oljallangan bo‘lib, qiya o‘rnatilgan silindr, ba’zan esa kesik konus yoki to ‘r stakanli ko‘pqirrali kesik prizma ko‘rinishidadir. K o‘pqirrali barabanli g‘alvirlar burat deb ataladi (22-rasm). Barabanli g‘alvirlaming afzalligi shundan iboratki, ular sekin va ravon aylanadi, sodda tuzilgan, lekin 1,3—3,5 mm yiriklikdagi zarralar uchun foydali ish koeffitsiyenti kichiklik qiladi. Tegirmon yopiq siklda ishlatilib, xomashyo h o ‘l usulda tuyilgan hollarda yuzasi yoysimon kolosnikli g‘alvirlardan foydalanish mumkin. Sement zavodlarida xomashyo ho‘l usulda tuyilganda bu agregatdan suyuq holdagi material aralashmasini tayyor mahsulotga va takror tuyiladigan chala mahsulotga ajratish uchun foydalaniladi. U b o ‘r yoki gilni ho‘l usulda dastlabki m arta tuyadigan agregatlar ketidan o ‘rnatiladi. G ‘alvirlar korpus 1 dan iborat bo‘lib, yuzasi yoysimon kolosnikli panjara shu korpus ichiga joylashtirilgan Xomashyo aralashmasining harakatlanish tezligi: bu yerda R — yoysimon yuzaning radiusi, m; g — og‘irlik kuchining jadallashuvi, m/s. Boshlang‘ich tezlik xomashyo oqimining kolosnikli panjaraga ko‘rsatadigan yo‘l qo‘yiladigan eng kichik bosimidan kattaroq bo‘lishi lozim. Faollashtiruvchi savollar Yassi barabanlan tuzilishini aytib bering? Barabanli sim g’alvirlar ishlash prinsipini aytib bering? Download 114.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling