4- ma’ruza. Meva va lazzatli maxsulotlar sifati reja: Xo’l meva va rezavor mevalar. Mevalarning klassifikasiyasi
Download 35.88 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq4-MARUZA MEVA VA LAZZATLI MAXSULOTLAR
4- MA’RUZA. MEVA VA LAZZATLI MAXSULOTLAR SIFATI Reja: 1. Xo’l meva va rezavor mevalar. 2. Mevalarning klassifikasiyasi. 3. Sabzavotlarning klassifikasiyasi. 4. Choy va choy ichimliklari. 5. Kofe va kofe ichimliklari. 6. Alkogolli ichimliklar. 7. Uzum vinolar Xo’l meva va rezavor mevalar inson organizmi uchun zarur moddalarga boydir. Ularda uglevod, kislota, minerallar, vitamin, oshlovchi, pektin va hushbo’y moddalar bor. Ulardan ba`zilari, masalan, yong’oq tarkibida oqsil va moy eng to’yimli moddalarga boy. Meva va rezavor mevalar yoqimli ta`m va hidga ega bo’lib, kishi organizmida oson hazm bo’ladi. Ba`zi mevalarning, masalan uzum, malina, chernika, qora smorodina, limonning shifobaxsh xususiyati katta. Barcha mevalar, tuzilishiga qarab, urug’li, danakli, rezavor mevalar, subtropiq tropik va yong’oq mevalarga bo’linadi. 2. Mevalarning klassifikasiyasi. Urug’li mevalar. Urug’li mevalarga olma, noq bexi shuningdeq dulana, va boshqalar kiradi. Urug’li meva pust, mag’iz va urug’ uyasidan iborat. Olma to’yimlilik qimmatiga ega, chunki unda 7 dan 15% gacha qand, 0,2 dan 0,8% gacha organiq kislotalar, 0,2 dan 0,8% gacha mineral moddalar. A, V, S vitaminlari, oshlovchi va pektin moddalar bo’ladi. Olma tabiiy iste`mol qilinishidan tashqari undan sharbat, vino va qoqi olish uchun qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishida foydalaniladi. Ertagi navlarga: “Lesnaya krasavisa”, “Rano”, “Podarok” va boshqalar, yozgi “Zimnaya nashvati 2”, “Sariq Go’zal” va boshqalar, kuzgi naviga -“El`sari”, “Yubileynaya” va boshqalar kiradi. Rezavor mevalar. Rezavor mevalar madaniy va yovvoyi turlarga bo’linadi. Madaniy rezavorlarga bog’ va mevazorlarda o’stiriladigan uzum, krijovniq smorodina, zemlyanika, qo’lupnay, malina kiradi. Yovvoyi o’simliklardan maymunjon iste`mol qiymati yuqori hisoblanadi. Rezavor mevalar to’yimli va yuqori ta`mlilik xususiyatlariga ega. Ularning tarkibida oson hazm bo’ladigan qand, organiq kislotalar, vitaminlar, mineral moddalar bor. Uzum, qora smorodina, malina singari rezavor mevalar shifobaxshlik xususiyatiga ega. Uzum ishlatilishiga qarab xuraki, mayizbop va vinobop turlarga bo’linadi. Xuraki navlarning ta`mi yaxshi, unda 15 dan 20% gacha qand (asosan, glyukoza) va 0,7% kislota bor. Mayizbop navda kamida 20% qand va xuraki navdagiga nisbatan kamroq kislota bo’ladi. Subtropik va tropik mevalar. Subtropik—sitrus mevalarga anjir, anor, xurmo; tropik mevalarga banan, ananas, xurmo kiradi. Subtropik mevalar O’rta Osiyo respublikalari yetishtiriladi, tropik mevalar esa bizning mamlokatimizda o’smaydi. Sitrus ekinlarga apel`sin, mandarin, limon va greyfrutlar kiradi. Ularning hammasi juda mazali bo’lib, qand moddasi (3 dan 9% gacha), kislota (1 dan 6% gacha), pektin, shuningdeq mineral moddalar (kal`siy, fosfor kabi) ko’p, S vitamini va undan birmuncha kamroq V, R va A vitaminlari bor. Apel`sin mevasining eti yumshoq va pusti qizg’ish bo’ladi. Barcha turdagi apel`sinlar tuzilishi va po’stining qalinligiga qarab, qalin va yupqa po’stli, shakliga ko’ra, yumaloq va ovalsimon; urug’ining bor-yo’qligi jihatidan urug’li va urug’siz; pishish muddatiga qarab, ertagi va kechki; yirik-maydaligi jihatidan yirik va o’rtacha hillarga bo’linadi. Mevaning eti sersuv, shirin yoki nordon ta`mli; 9—13 tilimchadan iborat. Mandarinning mevasi yassi - sharsimon yoki sharsimon shaklda; qo’ngir yoki to’q qo’ngir rangli, eti sersuv, 9—12 tilimchadan iborat, shirin yoki nordon ta`mli, hushbo’y hidli, urug’lik yoki urug’siz bo’ladi. 3. Sabzavot mahsulotlarining klassifikatsiyasi Sabzavotchilik kishloq xo’jaligining eng muhim tarmoqlaridan biridir. Savbazavot maydonlari yildan-yilga kengayib, sabzavot ekinlarining hosildorligi ortmoqda, kartoshka va sabzavotlarning yalpi hosili ko’payib bormoqda. Iste`mol mahsuloti sifatida sabzavotning roli juda muhimdir. Sabzavotlar tarkibida uglevod, mineral moddalar, organiq kislotalar, vitamin, glyukozid, fitonsid, hushbo’y va rang beruvchi moddalar bo’ladi. Barcha sabzavotlar ovqatga o’simlikning qaysi qismi ishlatilishi va boshqa belgilariga qarab, quyidagi gruppalarga bo’linadi: tuganaklilar, karamsimon sabzavotlar, ildizmevalar, qovoq, tomat, piyoz, bargi eyiladigan ziravor, desert, dukkakli va donli ekinlar 4. ChOY VA ChOY IChIMLIKLARI Lazzatli mahsulotlar klasifikasiyasi va assortimentlarini shakilanishi va tayorlash texnologiyasi bo’yicha pedagogik texnologiyalar orqali “mazgovaya ataka” bilan hamda “muloqat” uslubi orqali talabalar bilan dars o’tiladi. Choy. Choy yoqimli ta`mi va hushbo’yligi, shuningdeq sog’lomlashtiruvchi hamda parxez xususiyatlari tufayli juda keng tarqalgan ichimlik hisoblanadi. Choyning sifati ko’k choy bargining ximiyaviy sostaviga bog’liq Choy bargi tarkibida: choyga ta`m, rang va shira beradigan oshlovchi moddalar; asablar sistemasini qo’zg’atuvchi kofein; choyga yoqimli, hushbo’y hid beradigan efir moyi bo’ladi. Shuningdeq choy bargi tarkibida oqsillar, uglevodlar, kislotalar, pektin va mineral moddalar, vitaminlar va fermentlar bor. Tayyor choyning sifatiga, shuningdeq terilgan bargga ishlov berish usuli ham ta`sir qiladi. Ishlov berish usuliga ko’ra bayxa (sochma) va presslangan choy (taxta choy va tosh choy) larga bo’linadi. Choy bargini fermentasiya qilinishiga ko’ra choy famil ko’k; sariq va qizil; ustirilgan joyiga ko’ra - Gruzin, Ozarbayjon, Krasnodar, Xind, Seylon choyi va boshqalarga bo’linadi. Boyxoli famil choy o’simlikning uchidagi yosh, rivojlanmagan barglari (fleshlar) dan tayyorlanadi. Terib olingan barglar sifatiga qarab navlarga ajratiladi, so’litiladi, buraladi, fermentasiya qilinadi va quritiladi. 5. KOFE VA KOFE IChIMLIKLARI Kofe. Kofe tropik iklimdagi mamlokatlarda o’sadigan kofe daraxti mevasining urug’dan olinadi. Kofe daraxtining mevasi olcha kattaligida bo’lib, ikkita, ba`zan bitta urug’i bo’ladi. Kofe mevasi terib olingandan keyin etidan ajratiladi, silliqlanadi, sifatiga qarab navlarga ajratiladi va qoplarga joylab uzoq muddat saqlanadi. Masalan, Yava va Liberiya kofelari kamida bir yil, Mokko kofesi uch yilgacha, Braziliya kofesining ayrim navlari 10—12 yilgacha saqlanadi. Kofe kancha uzoq saqlansa ta`mi shuncha yaxshi va hushbo’y bo’ladi. Kofening turi juda ko’p bo’lib, odatda ular o’zi o’sadigan-joyning nomi bilan ataladi. Arabistonning Mokko, Braziliyaning Santos, Hindistonning Malbdr kofelari va Seylon, Kolumbiya, Gvatemala kofelari yaxshi kofelardir. Savdoga hom yoki qovurilgan urug’lari, tuyulgan, cho’kmasiz eriydigan kofe va konsentratlangan kofe chiqariladi. Tuyulgan hom urug’lardan kofe ichimligi tayyorlanmaydi, chunki uning ta`mi juda yoqimsiz burushtiradigan bo’ladi. Shuning uchun kofe avval qovuriladi, keyin maydalab un qilinadi. 6. ALKOGOLLI IChIMLIKLAR Tarkibida etil spirti bo’lgan ichimliklar alkogolli ichimliklar deyiladi. Aroq, likyor-aroq mahsulotlari, uzum va meva rezavorlardan tayyorlangan vinolar, kon`yak alkogolli ichimliklardir. Aroq va likyor-apok mahsulotlari. Aroq va likyor-aroq mahsulotlari uchun etil spirti asosiy homashyo bo’lib xizmat qiladi. U tarkibida kraxmal bo’lgan (kartoshka, don va boshqalar) yoki qand bo’lgan har hil mahsulotlar, drojji yordamida achitib olinadi. Iste`mol uchun o’tkirligi kamida 96,5% bo’lgan, yaxshi tozalangan yoki rektifikasiya qilingan spirt ishlatiladi. Tozalanmagan spirt faqat texnikaviy maqsadlarda qo’llaniladi. Likyor-aroq mahsulotlari. Likyor-aroq mahsulotlariga damlamalar, nalivkalar, likyorlar va punshlar kiradi. Ularga spirt, suv, qand, shifobaxsh va hushbo’y o’tlar, mevalar, rezavorlar, sharbatlar, morslar, efir moyi moddalari homashyo bo’lib xizmat qiladi. Damlamalar tarkibidagi spirt va qandga ko’ra achchiq, yarim shirin va shirin bo’ladi. Achchiq damlamalar suv qo’shilgan va rektifikasiyalangan etil spirtiga har hil hushbo’y o’tlar, urug’lar, sitrus mevalarining po’sti va boshqalar qo’shib uzoq saqlash yo’li bilan hosil qilinadi. Hosil bo’lgan spirtli damlama suv bilan aralashtiriladi, ozuqa bo’yoqlari bilan rang beriladi va ozroq qand (1—2%), ayrim navlariga esa hushbo’yligini oshirish uchun efir moyi qo’shiladi. Achchiq damlamalar, ya`ni o’tkir aroq mahsulotlari tarkibida 30 dan 45% gacha spirt bo’ladi. Ularga: “Gorniy dubnyak”, “Zubrovka”, “Zveroboy”, “Anisovaya”, “Vishnevaya”, “Tminnaya”, “Myatnaya”, “Limonnaya” va boshqa turlari kiradi. Yarim shirin damlamalarning tarkibida 25—30% spirt va 2—3% qand bo’ladi. Ularga “Vishnevaya”, “Ryabinovaya”, “Yantarnaya” turlari kiradi. 7.Uzum vinolari. Uzum vinolari tarkibida spirtdan tashqari qand, organiq kislotalar, oshlovchi, rang beruvchi, hushbo’y, mineral moddalar va B1, B2 hamda S vitaminlari bor. Uzum vinolari g’oyat lazzatli bo’lib, ulardan ba`zilari hatto davolash uchun ham qo’llaniladi. Mamlokatimizda uzum vinolari juda ko’p ishlab chiqariladi. Vinolar tarkibida uglekisliy gazi bo’lmagan (yumshoq) va gazli vinolarga ajratiladi. Yumshoq vinolar katta assortimentda ishlab chiqariladi. Ular savdoga oddiy butilkalarda chiqariladi. Sifatiga ko’ra yumshoq vinolar markali oddiy (ordinar), kolleksiyali turlarga bo’linadi. Markali vinolar uzumning ma`lum bir navidan ishlab chiqariladi. Ular vino ishlab chiqaradigan rayonga xos va doimiy sifat ko’rsatkichlari bilan farqlanadi. Odatda markali vinolar 2 yildan 6 yilgacha va undan ham ko’proq saqlab etiltiriladi. Markali vino solingan butilkaning tomog’iga uzum hosili yig’ilgan yil ko’rsatilgan yorliq yopishtiriladi. Oddiy vinolar sifatiga ko’ra markali vinodan ancha past va ularning doimiy sifat ko’rsatkichlari bo’lmaydi. Oddiy vinolar uzumning har hil navidan qilinadi va faqat 3 oydan bir yilgacha saqlanadi. Bir yildan ortiq saqlangan oddiy vinolar etilgan oddiy vino hisoblanadi, ammo markali vino sanalmaydi. Kolleksiyali vinolar kamida 6 yil, shu jumladan, butilkalarda kamida 3 yil saqlangan a`lo sifatli markali vinolardir. Uzum vinolari odatda stoloviy, o’tkirlashtirilgan, hushbo’ylantirilgan va gazli vinolarga bo’linadi. Download 35.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling