4 -ma’ruza. Nuklein kislotalar, kimyoviy tarkibi. Nukleozid va nukleotidlar Reja
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
4-MA\'RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nuklein kislotalari (RNK va DNK) polimerlardir nukleotidlardan qurilgan. Ularning yordami bilan qafasda saqlanadigan va uzatiladigan genetik malumotlar; bundan
2. Nuklein kislota komponentlari. Ajratib olingan va tozalangan DNK va
RNK maxsus sharoitda kislota (DNK) va ishqor (RNK) bilan gidrolizlanadi; ko’pincha gidroliz polinukleotidlardagi fosfodiefir bog`larini uzadigan maxsus fermentlar – nukleazalar ishtirokida boradi. Nuklein kislotalarning fosfodiefir bog`lari gidroliz qilinganda ularning struktura monomerlari – azotli asos, pentoza va fosfat kislota qoldiqlaridan iborat mononukleotidlar ajralib chiqadi. Azotli asoslar. Nuklein kislotalarning azotli asoslari kimyoviy tuzilishiga ko`ra 2 guruhga – purin va pirimidinli guruhlarga bo`linadi. Ularning orasida asosiy va siyrak (minor) purin va pirimidinli asoslar mavjud. Eng muhim purinli asoslarga adenin va guanin; pirimidinliga esa – sitozin, urastil va timin kiradi. DNK tarkibiga A,G,S,T; RNK tarkibiga esa timindan boshqa shu asoslarning hammasi va urastil kiradi. Minor asoslar asosan tRNK va rRNK da uchraydi. Ularga qo`shimcha metillangan purin va pirimidinli asoslar kiradi. Nuklein kislotalari (RNK va DNK) polimerlardir nukleotidlardan qurilgan. Ularning yordami bilan qafasda saqlanadigan va uzatiladigan genetik ma'lumotlar; bundan tashqari, ba'zi RNK molekulalari ham ishtirok etadilar Supero'tkazuvchilar tarkibidagi yoki katalitik molekulyar komplekslar. ( Д. Нельсон, М. Кокс. Основы биохимии ленинджера 2006 г, 46-48 стр ) Nukleozidlar. Azotli asosning pentoza bilan birikishidan hosil bo`lgan moddaga nukleozid deb aytiladi. Nukleozidlar N-glikozidlarga mansub. Ularda pentozaning C-1 atomi purinning N-3 yoki pirimidinning N-1 atomi bilan bog`langan. pentoza turiga qarab 2 xil nukleozidlar – tarkibida 2-dezoksiriboza bo`lgan dezoksiribonukleozidlar va tarkibida riboza bo`lgan ribonukleozidlar farqlanadi. Dezoksiribonukleozidlar faqat DNK ga; ribonukleozidlar esa faqat RNK ga kiradi. pirimidin va purinli nukleozidlar o`ziga mos azotli asoslar tutadi. Nukleotidlar. Nukleozidlarning fosfat kislota qoldig`i bilan birikishidan nukleotidlar hosil bo`ladi, ya’ni nukleotid tarkibiga azot asosi, uglevod qoldig`i va fosfat kislota kiradi. Bu tartib (A-U-F) dagi nukleotid 2 xil gidroliz qilish bilan aniq tasdiqlanishi mumkin. Birinchi gidrolizda uglevod bilan fosfat kislota orasida bog` uzilib, azot asosi va uglevoddan iborat glikozid (nukleozid) hosil bo`ladi. Ikkinchi tur gidrolizda azot asosi erkin xolda ajralib, uglevod bilan fosfat kislotadan iborat monosaxarid-fosfat hosil bo`ladi. Demak, nukleotid molekulasida uglevod o`rtada joylashgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling