4- ma’ruza. O‘rta osiyoning ibtidoiy jamoa va antik davrdagi tarixiy geografiyasi reja


Ahamoniylar hukmronligi va Aleksandr Makedonskiy


Download 56.85 Kb.
bet4/6
Sana21.04.2023
Hajmi56.85 Kb.
#1370962
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-maruzaTG

4. Ahamoniylar hukmronligi va Aleksandr Makedonskiy
yurishlari davrida O‘rta Osiyo tarixiy geografiyasi
Miloddan avvalgi VI asrning o‘rtalariga kelib, Ahamoniylar podshosi Kir II Bobil O‘rta Osiyo hududidagi davlat va viloyatlarni (Baqtriya, Xorazm, So‘g‘diyona, Marg‘iyona va boshqalar) va Misrni bosib olishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi.
Qadimgi dunyo muallifi Gerodot, Ksenofont ma’lumotlariga ko‘ra, miloddan avvalgi 545-539 yillarda Kir II Sharqiy Eron viloyatlari va O‘rta Osiyodagi Xorazm, Baqtriya va sak qabilalarini o‘ziga bo‘ysundiradi. Lekin shuni ta’kidlash lozimki. Kir II O‘rta Osiyoni qay tarzda bosib olganligi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar saqlanmagan. Kir II ikkinchi yurishi mahalliy aholining qattiq qarshiligiga uchragan va ko‘chmanchi massagetlar tomonidan tor-mor etilgan. Massagetlarga To‘maris boshchilik qilgan. Jangda Kir II halok bo‘lgan.
Miloddan avvalgi 522 yil Doro I ahamoniylar taxtiga o‘tirdi. U taxtga o‘tirishi bilanoq bosib olingan ko‘pgina viloyatlarda qo‘zg‘olonlar ko‘tariladi. 522 yil oxirida Marg‘iyonada ko‘tarilgan Frada qo‘zg‘oloni Baqtriya satrapi Dodarmish tomonidan ayovsiz bostirildi. Mil. avv. 519-518 yillar saklar Skunxa boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘taradi. Lekin bu qo‘zg‘olon ham bostiriladi.
Doro I ning saklarga qarshi yurishi muvaffaqiyatsiz tugaydi. Bosib olingan mamlakatlarni itoatda tutmoq uchun ahamoniylar butun davlatni alohida viloyat - satrapliklarga bo‘ladilar. Bu so‘z forscha “xshatra”- “viloyat” so‘zidan kelib chiqqan.
Viloyat boshlig‘i – satrapga cheklanmagan hokimiyat berilgan edi. Satraplarning ko‘pchiligi ahamoniylar sulolasi vakillari edilar. Har bir satrap o‘z viloyatining lashkarboshisi ham edi. U faqat shohga bo‘ysunardi. Barcha qo‘shinlarga shoh qo‘mondonlik qilgan.
O‘rta Osiyoning bosib olingan viloyatlari uch satraplikka bo‘lingan. Ular baqtriyaliklar, egllar, saklar, kaspiylar, parfiyaliklar, so‘g‘diylar va xorazmliklarining yerlari bo‘lgan. Har bir satraplik yillik xiroj to‘lagan. Bundan tashqari qaram xalqlar saroy va haramlar qurilishiga ham safarbar etilgan. Xirojni kumush bilan, chorvadorlar chorva bilan, hunarmandlar o‘z mahsuloti bilan, kiyim, teri bilan to‘laganlar.
Miloddan avvalgi 329 yilda makedoniyalik Aleksandr qo‘shinlari Amudaryodan o‘ta boshladi. Aleksandrning jangchilari bu to‘siqdan o‘tib oldilar. Qo‘shinlar qarshisida esa Navtaka (Qashqadaryo vohasining sharqiy qismi) Maroqand turar edi.
Miloddan avvalgi 329 yilda makedoniyalik Aleksandr qo‘shinlari Maroqandni egalladilar. Aleksandr qo‘shinlarning bir qismini qoldirib, o‘zi esa Qurushkat (Kiropolis) shahrini bosib olish uchun asosiy kuchlar bilan Sirdaryo qirg‘oqlari sari ketadi. Rivoyatga ko‘ra, bu shaharga fors shohi Kir II asos solgan ekan.
Sug‘diyona xalqi bosqinchilarga qarshi kurashga ko‘tarildi. Tez orada sug‘diylarga baqtriyaliklar, sak va massagetlar qo‘shiladilar. Qo‘zg‘olonga iste’dodli rahbar va qo‘mondon Spitamen boshchilik qiladi.
Ancha qo‘shin to‘plagan Spitamen Maroqandni qurshovga oldi. Aleksandr qamalda qolganlar uchun mingga yaqin jangchidan iborat qo‘shin jo‘natadi. Qadimda “Politimet” deb ham atalgan Zarafshon daryosi bo‘yida makedonlarga pistirma qo‘ygan Spitamen dushman guruhini tamomila qirib tashlaydi. Shunda Aleksandrning o‘zi qo‘zg‘olonni bostirishga otlanadi. Yunonlarning katta kuchlari yaqinlashib kelayotganidan xabar topgan Spitamen qamalni to‘xtatadi, o‘z qo‘shinlarini sahro sari boshlab ketadi. Saklar va massagetlarga qarshi kurash uchun Aleksandr Sirdaryo bo‘yidagi Xo‘jand yaqinida bir tayanch manzil barpo etish to‘g‘risida buyruq beradi. Bu qal’a Aleksandriya Esxata (Uzoq Aleksandriya) deb ataldi. Aleksandr Maroqandda garnizon - himoya kuchlarini qoldirib, asosiy qo‘shinlari bilan qishlov uchun Zariasp (Baqtriya)ga jo‘nadi. O‘sha yilning bahorida Aleksandr qo‘zg‘olonni bostirish chorasini ko‘radi. O‘z lashkarlarini uch qismga bo‘lib, Sug‘diyonaning u boshidan bu boshigacha kezib chiqadi va tinch aholining 120 ming nafarini qirib tashlaydi.
Miloddan avvalgi 328 yil kuzida Spitamenning Aleksandr bilan hal qiluvchi jangi bo‘lib o‘tdi. Kuchlar teng bo‘lmaganidan Spitamen yengilib, tag‘in cho‘lga chekinadi. O‘sha yerda ko‘chmanchi qabilalar boshliqlari xoinlarcha uni o‘ldiradi.
O‘rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun Aleksandr deyarli uch yil urindi, biroq uncha katta bo‘lmagan hududni: Marg‘iyona, Baqtriya, Sug‘diyona va hozirgi Bekobod va Xo‘janddan iborat Sirdaryo bo‘ylarini bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ldi. Xorazm, Toshkent vohasi va Farg‘ona mustaqilliklaricha qoldilar.
Spitamen qo‘zg‘oloni bostirilishiga qaramay, yunon-makedon qo‘shinlari birinchi bor qator mag‘lubiyatga uchradilar.
Yunon-makedon qo‘shinlarining bosqinchilik yurishlari O‘rta Osiyo yerlarini xarobazorga aylantirdi, aholining katta qismi qirilib ketdi. Ko‘plab shaharlar vayron etildi.
Yunon tarixchilarining yozishicha, Makedoniyalik Aleksandr O‘rta Osiyoda 12 ta shahar qurdirgan. Bu shaharlar uning nomi bilan Oksdagi Aleksandriya, Aleksandriya Esxata, Marg‘iyona Aleksandriyasi va hokazo tarzida atalgan. Ularning ba’zilari vayron etilgan Sug‘diyona va Baqtriya shaharlari o‘rnida, boshqalari esa tayanch qal’a sifatida yangidan qurilgan. Bu shaharlarda yunon-makedon piyoda, otliq askarlari joylashdi. Miloddan avvalgi 324 yildan boshlab bu askarlarning siyraklashgan saflari Makedoniya tartibida qurollantirilgan Baqtriya va Sug‘diyona yoshlari hisobiga to‘ldirilgan.

Download 56.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling