4- mavzu: Borliq (ontologiya) va rivojlanish falsafasi Ma'ruza rejasi


-savol bayoni: Olamning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi


Download 248.18 Kb.
bet15/21
Sana10.11.2023
Hajmi248.18 Kb.
#1762592
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
4-savol bayoni: Olamning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi. Notirik tabiat o‘z shakllari va holatlarining son-sanoqsizligi va rang-barangligi bilan aqlni lol qoldiradi. U turli jismlar, predmetlar, zarralar, gazlar, maydonlar, xossalar, hodisalar ko‘rinishida amal qilar ekan, muttasil harakat va o‘zgarishlar jarayonini boshdan kechiradi.
Dunyoning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar so‘nggi 400 yil ichida vujudga keldi, galaktikalar va ularning to‘dalari, makro va mikrodunyoning hayratomuz rang-barangligi haqida odamlar XX asrdagina xabar topdilar. Olamning cheksiz bo‘shlig‘i qarshisida bizning dunyo haqidagi tasavvurlarimiz hozir ham dengizdan bir tomchi bo‘lib tuyuladi. Lekin, shunga qaramay, bugungi kunda biz bilgan va tushungan narsalar butun Olam va uning ayrim qismlari evolyusiyasi va muttasil o‘zgaruvchanligi haqida ancha asosli xulosa chiqarish imkonini beradi. Boshqacha aytganda, dunyo u yoki bu bosqichda ma'lum narsalar vujudga kelib, o‘z borlig‘ini kasb etadigan va qachondir yo‘q bo‘ladigan, ya'ni o‘zining avvalgi borlig‘ini yo‘qotib, modda va energiyaning saqlanish qonuniga binoan boshqa narsaga aylanadigan muttasil davom etuvchi jarayondir.
Notirik tabiatning hozirda mavjud bo‘lgan butun rang-barangligi o‘z asosiga ega, ya'ni u qachondir vujudga kelgan. Bu fikrni kengayib borayotgan Olam haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar ham tasdiqlaydi. Biroq, olimlar fikriga ko‘ra, biz yashayotgan Olam tarixi boshlanishiga asos bo‘lgan Katta portlash nazariyasi dunyoning mohiyati va uning tuzilishi xususida yangi va yangi masalalarni kun tartibiga qo‘ymoqda. Tabiiy fanlarning ma'lumotlari taxminan 15 milliard yil muqaddam ayrim osmon jismlari mavjud bo‘lmagani, bizning Olam deyarli bir jinsli kengayib borayotgan plazmadan tashkil topganidan dalolat beradi.
Endilikda bir-biridan uzoqlashayotgan galaktikalar tarkibiga kiruvchi yulduzlar, sayyoralar, asteroidlar va boshqa ko‘plab kosmik jismlar mavjud bo‘lib, bu galaktikalarning to‘dalarida vaqti-vaqti bilan fanga ma'lum bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ulkan tadrijiy va inqilobiy o‘zgarishlar yuz beradi.

Download 248.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling