4- mavzu: Faoliyat va motivatsiya. Muloqot. Asosiy savollar: Faoliyat qida tushuuncha


Download 21.13 Kb.
Sana18.05.2020
Hajmi21.13 Kb.
#107429
Bog'liq
Qultoyev Feruz UP 4-mavzu


4- Mavzu: Faoliyat va motivatsiya. Muloqot.

Asosiy savollar:

  1. Faoliyat qida tushuuncha.

Faoliyat-anglangan maqsad bilan boshqariladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) harakatlar yig‘indisiga aytiladi.

            Adabiyotlarda faollik va harakat tushunchalari o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgani bilan ular o‘rtasidagi ayrim farqli belgilar kuzatiladi. Jumladan, faoliyatning mazmuni to‘la-to‘kis uni yuzaga keltirgan tabiiy-biologik va ma’naviy ehtiyojlar bilan shartlashmaganligi tufayli uning psixologik mexanizmi ham o‘zgacha negizda qurilishi mumkin.

            Ikkinchidan, faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlash uchun psixik narsa va hodisalarning xususiyat obyektiv xossalarni aks ettirishi, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘l-yo‘riqlarini aniqlab berish lozim.

            Uchinchidan, faoliyat shaxsning xulq-atvorini maqsadga qaratilgan harakatlarni ruyobga chiqarish, yuzaga kelgan ehtiyojlarni va yordamga muhtojligi, faollikning imkonini beradigan boshqarishni uddalash lozim. Shuning uchun faoliyatni bilish jarayonlarisiz, irodaviy zo‘r berishsiz amalga oshirish juda mushkul. Aynan ikkala omil o‘zaro uzviy aloqaga kirgandagina yaratuvchanlik xususiyatini kasb etadi.

            Odamni ishlashga majbur qiluvchi motiv uning ovqatlanish ehtiyoji bo‘lishi mumkin. Biroq odam, masalan, dastgohni ochlik ehtiyojini qondirish uchun boshqarmaydi. Inson faoliyatining mazmuni jamiyat talab qiladigan biron mahsulotni tayyorlash maqsadi bilan belgilanadi. Faollik  manbai bo‘lgan faoliyat yaxshi anglab olingan  maqsad bilan belgilanadi.

            Yuqoridagi jadvalda inson faoliyati bilan hayvonlar hatti-harakati o‘rtasidagi farqlar aks ettirilgan. Faoliyat faollikni anglab olingan maqsad bilan boshqaradi. Faoliyatni anglash qanday darajada bo‘lmasin maqsadni anglash hamma vaqt ham zaruriy belgi sifatida qolaveradi. 



  1. Faoliyat turlari.

Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki-psixologik, ham tashki muvofiklik nuktai nazaridan ongi tomonidan boshkarilib boradi. Har qanday faoliyat tarkibida ham aqliy, ham jismoniy–motor harakatlar mujassam bo‘ladi .Masalan, fikrlaetgan donishmandni kuzatganmisiz?. Agar o’ylanayotgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, undagi yetakchi faoliyat aqliy bulgani bilan uning peshonalari, kuzlari, hattoki, tana va kul harakatlari juda muxim va jiddiy fikr xususida bir tuxtamga kelolmaetganidan, yeki yangi fikrni topib, undan mamnuniyat xis kilaetganligidan darak beradi. Bir qarashda tashki elementar ishni amalga oshiraetgan – misol uchun ,uzum kuchatini ortikcha barglardan xalos etaetgan bogbon harakatlari ham aqliy komponentlardan xoli emas, u kaysi bargning va nima uchun ortikcha ekanligidan anglab bilib turib olib tashlaydi

Aqliy harakatlar-shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli – tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot kilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham uz ichiga oladi.Bunday harakatlar kuyidagi ko’rinishlarda bulishi mumkin:



pertseptiv-ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning okibatida atrofdagi predmetlar va xodisalar to’g’risida yaxlit obraz shakllanadi;

mnemik faoliyat – narsa va xodisalarning moxiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab kolinishi, esga tushirilishi hamda esda saklab turilishi bilan boglik murakkab faoliyat turi;

fikrlash faoliyati - akl, faxm – farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboklarni yechishga karatilgan faoliyat;

imajitiv – («image»-obraz suzidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasida xozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni takozo etadi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday faoliyat ham tashki harakatlar asosida shakllanadi va motor komponentlardan iborat bulishi mumkin. Agar tashki faoliyat asosida psixik jarayonlarga utish ruy bergan bulsa, bunday jarayonni psixologiyada interiorizatsiya deb ataladi, aksincha, aklda shakllangan goyalarni bevosita tashki harakatlarda yoki tashki faoliyatga kuchirilishi eksteriorizatsiya deb yuritiladi.



  1. Motiv va motivatsiya.

Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o‘zini qanday tutishi, egalagan mavqei ham sababsiz, o‘z-o‘zidan ro‘y bemaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs hulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada «motiv» va «motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi.

«Motivatsiya» tushunchasi «motiv» tushnchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Motivatsiya – inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi, ya’ni: «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?» degan savollarga javob qidirish- motivatsiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivatsion tasnifini yoritishga olib keladi.

Shaxsning jamiyatda odamlar orasiidagi xulqi va o‘zini tuutishi sabablarini o‘rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan narsa bo‘lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi: a) ichki sabablar, ya’ni hatti-harakat egasining sub‘ektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo‘ljallar, istaklar, qiziqishlar va hakozolar); b) tashqi sabablar – faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Ya’ni, bular ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan tashqi stimullardir.

Shaxs xulq-atvorini ichkaridan, ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish odatda shaxsiy dispozitsiyalar ham deb ataaladi. Ular shaxs tomonidan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Ya’ni, ba’zan shunday bo‘ladiki, shaxs o‘zi amalga oshirgan ishi yoki o‘zidagi o‘zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning haqiqiy sababini o‘zi tushunib yetmaydi, «Nega?» degan savolga «O‘zim ham bilmay qoldim, bilmayman», deb javob beradi. Bu anglanmagan dispozitsiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi. Agar shaxs biror kasbga ongli tarzda qiziqib, uning barcha sir-asrorlarini egallash uchun astoydil harakat qilsa, bunda vaziyat boshqacharoq bo‘ladi, ya’ni, dispozitsiya anglangan, ongli hisoblanadi.

Shu nuqtai nazardan motiv – konkrketroq tushuncha bo‘lib, u shaxsdagi u yoki bu hulq –atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. Mashhur nemis olimi Ko’rt Levin motivlar muammosi, ayniqsa, shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari borasida katta keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqlaganki, har bir odam o‘ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil bo‘ladi. Shunisi ajablanarliki, o‘sha bir konkret vaziyat xususidagi turli shaxslarning baholari ham turlicha bo‘ladi.


  1. Muomala haqida tushncha

Til muomalaga kirishuvchilar o‘rtasidagi kommunikasiya  ta`minlaydi, chunki uni axborot beruvchi ham, uni qabul qiluvchi ham birday tushunadi. Boshqa kishiga axborot beruvchi (kommunikator) va uni qabul qiluvchi (resipient) muloqot jarayonida bir xil tildan foydalanishi kerak, aks holda bir-birini to‘g‘ri tushunolmaydi. Axborot almashish muomala qatnashuvchilariga tushunarli belgi va mazmunga yega bo‘lishi kerak. Til so‘z belgilari yig‘indisidan iboratdir. So‘zning ma`nosi uning mazmuniy tomonidir. Har bir alohida odamning harakatlari va faoliyatlarini alohida odamning harakati va faoliyatlarini 3 ta muhim omil belgilaydi.

Birinchidan, butun insoniyatning yoki bir muncha tor doiradagi kishilar jamoasining ijtimoiy-tarixiy tajribasi belgilaydi. Kichkina bola dunyoni mustaqil ravishda bilib olmaydi. U ota-onasiga savollar beradi va ular unga javob beradilar, bu javoblardan bola o‘z faoliyatini keyinchalik foydalanadigan umumiy bilimlarning faqat ozgina qismini oladi. Umumiy bilimlarning bu ozginagina qismini bola til shaklida, til yordamida so‘z belgilari tizimida hosil qila oladi. Maktabda ham xuddi shunday bo‘ladi, o‘quvchi olam haqida barcha bilimlarni o‘qituvchining tushuntirishidan yoki darslikdan, yani til yordamida o‘zlashtiradi. Bu yerda til o‘zining muhim vazifalaridan birini bajaradigan, ya`ni yashash vositasi ijtimoiy-tarixiy tajribani berish va o‘zlashtirish vositasi tarzida namoyon bo‘ladi.

Ikkinchidan, har bir alohida odamning ish-harakati va faoliyati ko‘pincha ijtimoiy qiymatga yega bo‘lmagan o‘zga kishilarning bevosiga tajribalari belgilaydi. Masalan, men oshxona tomon yo‘l olaman. Yo‘lda o‘rtog‘im uchrab menga: «oshxona yopilgan», deydi. Shu paytda bu xabar mening faoliyatimni ma`lum bir tarzda boshqaradi: men qayrilib, boshqa oshxona tomon jo‘nayman. Bu yerda til o‘zining boshqa muhim vazifasi bilan, ya`ni vosita yoki kommunikatsiya usuli yoki olamning xatti-harakatlarini boshqaruvchi bir vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Natijada har qanday kommunikatsiya, har qanday munosabat suhbatdoshiga tasir qilishdan iboratdir.

Uchinchidan, har bir alohida odamning ish-harakatlari va faoliyatlarini har bir ayrim kishilarning shaxsiy tajribasi belgilaydi. Odam­ning «shaxsiy» tajribasi, o‘z individual tajribasi boshqa kishilarning tajribalari va ijtimoiy tajribaning o‘ziga xos aralashmasidan iborat. Odam hayvondan farqli o‘laroq, o‘z harakatlarini rejalashtira oladi. Bunday rejalashtirishdan va umumiy fikriy masalalarni hal qilishning asosiy quroli tildir. Bu yerda biz tilning uchinchi vazifasi aqliy faoliyatning (idrok, xotira, tafakkur, xayol) quroli sifatidagi vazifasiga to‘qnash keldik. So‘z belgilari tizimi sifatida tildan nutq faoliyatida foydalaniladi.



Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikasiya o‘rnatish o‘z harakatla­rini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. Til aloqa vositasi yoxud quroldir, nutq faoliyati yoki nutq yesa aloqa jarayonining o‘zidir. Bu jihatdan nutqning   faol va passiv turlari farqlanadi. So‘zlovchining nutqi faol nutq, tinglovchining nutqi passiv nutq hisoblanadi. Nutq ichki va tashki nutqga bo‘linadi. Tashqi nutq – yozma va og‘zaki nutqga, og‘zaki nutq yesa monolog va dialogik nutqga bo‘linadi. Monolog – bir kishining o‘ziga yoki boshqalarga qaratilgan nutqidir. Bu o‘qituvchining bayoni, o‘quvchining to‘laroq javobi, doklad va boshqalardir.
Download 21.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling