Huquqning kelib chiqishiga doir nazariyalar.
1. Tabiiy huquq nazariyasi – huquq tabiatan mavjud, uni hech kim o`ylab topmagan, u xuddi insonning o`zi kabi tabiiydir deb hisoblaydi. Tabiiy huquq – davlatning huquq ijodkorligi intilishi zarur bo`lgan o`ziga xos ideal.
2. Huquqning tarixiy nazariyasi – huquq tarixan paydo bo`lgan va rivojlanadi deb hisoblaydi. Huquq tabiatdan kelib chiqmaydi. U yoki bu xalqning tarixiy hayoti huquqni qanday ko`rinishga keltirsa, u shunday bo`lib qoladi.
3. Huquqning psixologik nazariyasi – huquqning kelib chiqishi va rivojlanishini shaxs yoki shaxslar guruhining psixologiyasi bilan izohlaydi. Bunda, huquq psixologik yo`nalishlar, turli kechinmalar, hissiyotlar va institutlarning mahsuli, deb qaraladi.
4. Huquqning ijtimoiy nazariyasi-huquqning kelib chiqishini jamiyatda turli xil ijtimoiy qatlamlarning shakllanishi bilan bog`laydi.
5.Huquqning sinfiylik nazariyasi – huquqning kelib chiqishini jamiyatdagi hukmron sinf irodasining qonun darajasiga ko`tarilishi bilan izohlaydi. Bu iroda mazkur sinf hayotining moddiy sharoitlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |