Har bir dars o’z ichida mantiqiy qismlarga ajratilgan. Darsning tarkibiy qismlariga dars bosqichlari deyiladi. Darsning bosqichlari o’quv materiali mazmuni, tanlangan ta`lim metodlari, vositalari, o’quvchilarning aqliy faoliyatiga ko’ra belgilanadi. Yangi o’quv materialini o’rgatish va mustahkamlash darslarida bilimlarni og’zaki bayon etish (hikoya, tasvir, lektsiya) suhbat, mustaqil ish kabi ta`lim metodlaridan foydalaniladi. Ta`lim metodi o’quv tarbiya jarayonini o’tkazish va boshqarishning ham tashqi, ham ichki tashkiliy vositasi sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |