4- mavzu: Huquq o’qitishning tashkiliy shakllari. Dars uning turlari va tuzilishi


Download 99 Kb.
bet1/5
Sana02.01.2022
Hajmi99 Kb.
#198792
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mAVZU


4- Mavzu: Huquq o’qitishning tashkiliy shakllari. Dars uning turlari va tuzilishi.

1
    • Dars- ta`limning yetakchi shakli.

2
    • Huquq darslarining tuzilishi.

3
    • O’qituvchi ish rejasi.

Dars deb bevosita o‘qituvchining raxbarligida muayyan o‘quvchilar guruxi bilan olib boriladigan ta’lim mashg‘ulotiga aytiladi. Dars-o‘quv ishlarining asosiy tashkiliy shaklidir. Dars-o‘quv ishlarining markaziy qismidir.

Dars inson tafakkuri mahsulini, Fan va texnika, san`at va adabiyot yutuqlarini, Vatanimiz tarixi hamda xalqimizning milliy madaniyatini yoshlarga singdirishning asosiy shaklidir.

Darsning asosiy belgilaridan biri bu ilmiylikdir. Darslarda o’rganiladigan bilimlar hozirgi zamon Fani yutuqlarini o’zida aks ettirishi, ta`lim jarayoni maqsadi hamda o’quvchilarning real bilish imkoniyatlariga mos bo’lishi zarur.

Ta`limning boshqa shakillariga o’xshab darsga ham qator talablar qo’yiladi. Yu.K.Babanskiy va N.A.Sorokin darsga qo’yiladigan talablarni uch guruhga ajratishadi:

1. didaktik (yoki ta`limiy) talablar

2. tarbiyaviy talablar

3. tashkiliy talablar

I. Didaktik yoki ta`limiy talabga quyidagilar kiradi:

1. Har bir darsning ma`lumot berish, rivojlantirish maqsadini aniq belgilash, uning darslar tizimidagi o’rnini qat`iy aniqlash.

2. Darsning optimal mazmunini, o’rganiladigan bilimlar ko’lami, shakllantiradigan ko’nikma va malakalarni oldindan aniqlab qo’yish.

3. Darsni tashkil etishga oid ratsional ta`lim metodlarini, vositalarini tanlash, o’quvchilar bilish faolligini rag’batlantirish, o’quv topshiriqlari, mustaqil ishlarni ta`limga optimal tadbiq etish.

4. Ta`lim printsiplarini (ilmiylik, faollik, predmetlararo aloqa) og’ishmay amalga oshirish.

II. Darsga qo’yiladigan tarbiyaviy talablar qo’yidagilar:

1.Darsda o’rganiladigan o’quv materiallari bo’yicha tarbiyaviy xulosalar chiqarish.

2.Nazariy bilimlar asosida ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish.

3.O’quvchida o’qishga oid ijobiy mativlarni uyg’otish, bilish, o’rganishga havas, ishtiyoq, qiziqishni shakllantirish.

4. Dars jarayonida pedagogik takt qoidalariga rioya qilish.

    • 1.Dars uchun puxta o’ylangan konspekt yoki reja tuzish.
    • 2.Darsning logikasiga (dars etaplarining o’zaro bog’likligi, darsda amalga oshiriladigan ishlar) rioya qilish.
    • 3.Dars tempini o’quvchilarning tayyorgarligiga moslashtirish.
    • 4.Dars uchun ajratilgan vaqtdan ratsional foydalanish.
    • 5.Darsda ongli intizomni tashkil etish.

III. Tashkiliy talablar:

B.P.Esipov, I.T.Ocherdnikov quyidagi dars tiplarini tavsiya etadi:

1. Yangi bilim berish darsi.

2. Malaka va ko’nikmalarni shakllantirish darsi.

3. Umumlashtirish darsi.

4. Takrorlash va mustahkamlash darsi.

5. Kontrol dars.

6. Aralash dars.



Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling